Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Aylanma mablag‘larni me’yor (norma)lashtirish


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

11.3. Aylanma mablag‘larni me’yor (norma)lashtirish 
Aylanma kapitalni rejalashtirish va undan foydalanishni 
tashkil qilish uchun unga nisbatan bo‘lgan ehtiyojni aniqlash 
usullari va rejalashtirish tizimini ishlab chiqmoq lozim. Moddiy 
resurslar va ular zaxiralarining harakatini boshqarish tizimini 
avtomatlashtirish xususida o‘ylamoq, aylanma kapital va uni 
shakllantirish manbalaridan samarali foydalanish, materiallarning 
sarflanishi va ularning saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlash 
kerak. 
Yuqoridagilarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilish 
uchun aylanma mablag‘lar quyidagi ikki ikki guruhga bo‘linadi: 
• me’yor (norma)lashtiriladigan aylanma mablag‘lar; 
• me’yor (norma)lashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar. 
Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag‘larga aylanma ishlab 
chiqarish fondlari va realizatsiya qilinmagan tayyor mahsulot 
zaxiralari kiradi. Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar esa 
ombordagi tayyor mahsulot zaxiralaridan tashqari muomala 
fondlarining barcha elementlarini o‘z tarkibiga oladi. Aylanma 
kapitalning o‘lchamini optimallashtirish uchun moddiy aylanma 
mablag‘larning rejalashtirilishi amalga oshiriladi. 
Moddiy aylanma mablag‘larni rejalashtirishning asosini 
normativ usul tashkil etadi. Unga ko‘ra aylanma mablag‘larning 
normativi belgilanadi, transport, sug‘urta, tayyorgarlik, texnologik, 
joriy zaxiralarni ham qo‘shgan holda zaxiralar normalashtiriladi, 
moddiy resurslarning barcha ko‘rinishlari, tugallanmagan ishlab 
chiqarish, ombordagi tayyor mahsulotga nisbatan xarajatlar 
normasi o‘rnatiladi. 


258 
Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish jarayoni bir necha 
bosqichlardan iborat. Dastlab, aylanma mablag‘larning har bir 
elementi bo‘yicha ishlab chiqarish zaxiralarining normasi ishlab 
chiqiladi. Ishlab chiqarish zaxiralarining me’yori ishlab chiqarish 
jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi ularning ilmiy asoslangan 
rejali hajmidan iborat bo‘lib, u eng avvalo, quyidagilarni o‘z ichiga 
oluvchi XYuS ish sharoitiga bog‘liq: 
• ishlab chiqarish siklining uzoq-yaqinligi; 
• ishlab chiqarishga materiallarni kiritish davri; 
• mol yetkazib beruvchilarning uzoqligi; 
• mol yetkazib berish partiyalarining kompleksligi yoki hajmi; 
• materiallar sifati; 
• hisob-kitoblar tizimi; 
• va boshqalar. 
Norma (me’yor) normalashtiriladigan moddiy resurslarga 
(ularning har bir turi bo‘yicha) bo‘lgan o‘rtacha kunlik 
ehtiyojlarning hajmi va mol yetkazib berishlar o‘rtacha intervali 
(oraliq)ning uzunligini hisobga olgan holda kunlik zaxiralarda 
o‘rnatiladi (belgilanadi). Demak, agar ana shu oraliq, masalan, 24 
kunga teng bo‘lgan bo‘lsa, shunga mos ravishda zaxiralar shu 
kunlar oralig‘ida ishlab chiqarish siklining normal (sog‘lom) 
rivojlanishini ta’minlashga yetarli bo‘lmog‘i lozim. 
Kunlarda ifodalangan zaxiralar va ma’lum bir ko‘rinishdagi 
tovar-moddiy boyliklar xarajatlarining normasi (me’yori) asosida 
normalashtiriladigan zaxiralarni yaratish uchun zarur bo‘lgan 
aylanma mablag‘larning hajmi aniqlanadi. Agar me’yor kunlarda 
aniqlansa (belgilansa), u holda aylanma mablag‘larning normativi 
XYuSning sog‘lom (normal) faoliyat ko‘rsatishi uchun minimal 
darajada 
zarur 
bo‘lgan 
tovar-moddiy 
boyliklarning 
pulda 
ifodalangan rejalashtirilgan zaxiralaridan iboratdir. 
Qandaydir bir resurslarning zaxiralariga avanslashtiriladigan 
aylanma mablag‘lar normativining formulasi quyidagi ko‘rinishga 
ega: 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling