Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

preykurant baholar deb ataladi. 
Hisob-kitobli baholar individual buyurtmalar bo‘yicha 
noandazaviy asbob-uskunalarning shartnomalarida, bitimlarida 
qo‘llaniladigan baholardir. Bunday baholar mol yetkazib beruvchi 
tomonidan har bir aniq buyurtma uchun uning texnikaviy va tijorat 
shart-sharoitlarini hisobga olgan holda hisob-kitob qilinadi va 
asoslanadi. 
Bozor turi (ko‘rinishi)ga bog‘liq ravishda baholarning 
quyidagi turlari mavjud: 
auksion baholar
• birja baholari ( birja kotirovkalari); 
• savdolar baholari. 
Sotib oluvchi tomonidan oldindan ko‘rib chiqilgan tovarlar 
partiyasi (loti)ga maksimal taklif qilingan daraja bo‘yicha ommaviy 
sotish bahosi auksion baholar deyiladi. Bunday baholar talab va 
taklif o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi natijasida belgilanadi. 
Birja 
orqali 
sotiladigan 
standartlashtirilgan 
(ando-
zalashtirilgan) bir xil (toifa)dagi tovarlarning (shu jumladan
qimmatli qog‘ozlarning ham) bahosi birja baholari (birja 
kotirovkalari) deb ataladi. 
Savdolar 
baholari 
ixtisoslashtirilgan 
savdo 
alohida 
shakllarining bahosidan iborat. Savdoning bu shakli maxsus hujjat 
(tender)da oldindan e’lon qilingan shartlarga ko‘ra tovarlarni 
yetkazishga buyurtmalar berish yoki ma’lum bir ishlarni amalga 
oshirish uchun pudratlarni olishga asoslangan bo‘ladi. 
Hududiy 
bozorlarga 
bog‘liqligini 
nazarda 
tutib 
baholarning turlari quyidagicha farqlanadi: 
• yagona (yaxlit) baholar; 
• mintaqaviy baholar; 
• mahalliy baholar. 
Yagona (yaxlit) baholar mamlakatning barcha hududlarida 
amal qiladi. Ular davlat tomonidan o‘rnatiladi (belgilanadi) va 
tartibga solinadi. 
Mintaqaviy baholar mamlakatning ayrim hududlarida 
shakllanadi. Bunday baholarning tarkibiga qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari va xomashyo, gaz, elektroenergiyaning baholarini 
kiritish mumkin. 


286 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling