Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
YaF
к = T р - T т Bu yerda: YaF к – XYuSning yalpi foydasi; T р – tovarlar, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum; T т – sotilgan tovarlar, mahsulotlar va xizmatlarning tannarxi. SOF к = YaF к - TX – BX Bu yerda: SOF к – XYuSning sotuvdan olgan foydasi; YaF к – XYuSning yalpi foydasi; TX – tijoriy xarajatlar; BX – boshqaruv xarajatlari. 276 STF к = SOF к + BD – BX Bu yerda: STF к - soliqqa tortilgunga qadar XYuSning foydasi; SOF к - XYuSning sotuvdan olgan foydasi; BD - boshqa daromadlar; BX - boshqa xarajatlar. SF к = STF к - FOS Bu yerda: SF к - XYuSning sof foydasi; STF к - soliqqa tortilgunga qadar XYuSning foydasi; FOS - foydadan olingan soliq. Foydadan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lan- ganidan so‘ng uning qolgan qismi XYuS tomonidan mustaqil ravishda taqsimlanadi va foydalaniladi. Foydaning bu qismi investitsion, ishlab chiqarish va sotsial xarakterdagi ehtiyojlarga sarflanishi mumkin. Uni taqsimlash jarayonida, albatta, XYuSning investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyoji hisobga olinmog‘i lozim. Shuning uchun ham bozor konyunkturasini hisobga olgan holda foydadan ishlab chiqarishni rivojlantirish fondiga ajratmalarning miqdori aniqlanadi va ular kapital qo‘yilmalar, aylanma mablag‘larni ko‘paytirish, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlarini ta’minlash, yangi texnologiyalarni joriy etish uchun foydalaniladi. Foyda hisobidan rezerv fondi ham shakllantiriladi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmonlik tavakkalchiliklarining darajasi keskin oshadi. Bu fond har yillik ajratmalar hisobidan tashkil qilinadi. Ajratmalarning miqdori esa XYuSning ta’sis hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling