Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
Joriy baho deyilganda shu davrda mahsulotni yetkazib
berish amalga oshirilgan baho tushuniladi. Bunday baholar bir shartnoma doirasida o‘zgarishi mumkin va ular bozorning holatini o‘zida aks ettiradi. 284 muhim omili hisoblanadi, tovarlar va xizmatlar bozorida talab va taklif o‘rtasidagi ma’lum bir nisbatning o‘rnatilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va shuning uchun ham u talab va taklifni muvozanatlashtirish (balanslashtirish) funksiyasi bilan uzviy bog‘langan. Baho funksiyalarining bunchalik ko‘pligi, ba’zan alohida olingan unga tegishli bo‘lgan funksiyalar maqsadlari va vazifalarining o‘zaro qarama-qarshiligi shunga olib keladiki, bahoning barcha funksiyalarini muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish mumkin bo‘lmay qoladi. Ratsional va hatto, optimal baholar xususida gapirib turib, odatda uning bir funksiyasi yoki funksiyalarning shunday hamkorligini nazarda tutish kerakki, ular ma’lum darajada amalga oshgan bo‘lsin. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotida bahoning ayrim funksiyalari kamroq yoki ko‘proq yuklama bilan “ishlaydi”. Masalan, mahsulotni qiymat ifodasida ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilishni rejalashtirishda foydalaniladigan bahoning funksiyalari aralash iqtisodiyotda davlat sektoridagidek emas, balki unga nisbatan kamroq faollikda namoyon bo‘ladi. Shu munosabat bilan bu yerda baho barcha funksiyalarining bir-biri bilan o‘zaro bog‘langanligi va o‘zaro ta’sirchanligini, real hayot (amal)da bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan dinamik tizim sifatida namoyon bo‘layotganligini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. 13.2. Baho turlari, uning tarkibiy tuzilmasi va baholarni shakllantirish metodlari Bozor iqtisodiyotida tovarlarning turli guruhlariga mos ravishda baholarning harakatchan tizimi amal qiladi. Baho turlarini tizimlashtirish uchun turli belgilar bo‘yicha ularni tasniflash amalga oshiriladi. Baholarni quyidagi belgilarga ko‘ra tasniflash mumkin: • aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo‘yicha; • o‘rnatilishi (belgilanishi)ga qarab; • vaqt omiliga ko‘ra; • baholar xususida ma’lumotlarni olish usuliga muvofiq; • bozor turi (ko‘rinishi)ga bog‘liq ravishda; • hududiy bozorlarga bog‘liqligini nazarda tutib; 277 • o‘z kapitalining rentabelligi; • aylanma aktivlarning rentabelligi; • aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi; • investitsiyalarning rentabelligi. Sotuv (sotish) rentabelligi XYuS sotuvi (sotishi)ning hajmida sof foydaning salmog‘ini ko‘rsatadi va uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin: Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling