Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
K
рата = (SF к : UMA к ) x 100% Bu yerda: K рата – XYuS aylanmadan tashqari aktivlari- ning rentabelligi; SF к – XYuSning sof foydasi; UMA к – XYuSning uzoq muddatli (yillik o‘rtacha) aktivlari. Investitsiyalarning rentabelligi koeffitsiyenti XYuS raqobatbardoshligi va innovatsionligining eng muhim indikatorlaridan biri hisoblanadi. Uni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin: K ри = SF к : (O‘K + UMM) x 100% Bu yerda: K ри – XYuS investitsiyalarining rentabelligi; SF к – XYuSning sof foydasi; O‘K – XYuSning o‘z kapitali; UMM – XYuSning uzoq muddatli majburiyatlari. Rentabellikni oshirish yo‘nalishlari omillarning quyidagi guruhlari bilan bog‘liq: • foyda summasini ko‘paytirish; • xarajatlarning darajasini va foydani olish uchun resurslarni kamaytirish. Bu yo‘nalishlar har bir XYuSda konkretlashtirilishi va rentabellikni oshirishning rezervlarini qidirib topish va ulardan foydalanish asosida amalga oshirilishi mumkin. Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar • “Ishlab chiqarish xarajatlari” va “ishlab chiqarish chiqimlari” tushunchalari bir xil ma’noni anglatadimi? Ularning farqli jihatlari nimalardan iborat? • Ishlab chiqarish chiqimlarini qanday guruhlarga bo‘lish mumkin va ular qanday nomlanadi? 283 baholarning past darajasi esa (masalan, bolalar va keksa yoshdagi qariyalarga mo‘ljallangan tovarlar) ana shunday sotib oluvchi (iste’molchi)lar foydasiga mablag‘larning qayta taqsimlanishiga olib keladi. Bir tomondan, mamlakatda sanoat ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lgan ko‘plab tovarlarga nisbatan baholarning erkinlashtirilishi va ikkinchi tomondan, bir necha qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan baholarning davlat tomonidan tartibga solinishi qishloq xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan daromadlar bir qismining sanoatning ayrim tarmoqlari foydasiga qayta taqsimlanishiga imkon beradi. Shunday qilib, demak, ulgurji baholarni oshirish yoki pasaytirish orqali tarmoqlar, XYuSlar, mintaqalar, ijtimoiy guruhlar va oilalarning daromadlari va foydasini qayta taqsimlash mumkin. Aynan bahoning tartibga solish funksiyasi orqali bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish va iste’mol, taklif va talab o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi (amalga oshiriladi). Shunisi xarakterliki, tartibga soluvchi baho tartibga solish jarayonining o‘zida vujudga keladi va uning o‘zi ham tartibga solinuvchi hisoblanadi. Shuning uchun ham bu yerda muvozanatli, ya’ni o‘z-o‘zidan o‘rnatiluvchi, darajasi talab va taklifning tenglashishiga muvofiq keladigan baho yordamida tovar-pul jarayonlarini o‘z-o‘zidan tartibga solish funk- siyasi xususida gapirish aniqroq bo‘lur edi. Oila byudjetining o‘zgarishi, aholi daromadlari va xarajatlarini qayta taqsimlash munosabati bilan chakana baholar o‘zgarganda bahoning ijtimoiy funksiyasi vujudga keladi. Buning natijasida ijtimoiy ne’matlar va xizmatlarning u yoki bu turlariga nisbatan iste’mol qilish hajmlari oshadi yoki kamayadi. Chakana baholarning oshishi turmush darajasini pasaytiradi va aksincha, deb e’tirof etilgan. Biroq, agar bir vaqtning o‘zida chakana baholar bilan birgalikda ulgurji baholar va aholi daromadlari ham o‘zgarsa, bu “manzara” ko‘p omilliga aylanadi va baholar dinamikasining turmush darajasiga ta’siri xususida xulosa chiqarish uchun yanada chuqurroq tahlil o‘tkazish zarur bo‘ladi. Bahoning rag‘batlantiruvchi funksiyasi ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish, mahsulotning ma’lum bir turini ishlab chiqarish yo‘nalishlarida rag‘batlantirish orqali namoyon bo‘ladi. Bunday baholar agar ular iste’molchi uchun qulay bo‘lsa, iste’molni ham rag‘batlantiradi. Bahoning rag‘batlantiruvchi funksiyasi bozorni tartibga solishning 282 tovarning sifati orqali namoyon bo‘ladigan uning iste’mol qiymatini, uning foydaliligini ham hisobga olmoq lozim. Bundan baho bozor mexanizmining pulda ifodalangan muhim elementidir, degan xulosa kelib chiqadi. Baho yordamida mol yetkazib beruvchi va iste’molchi foydalanayotgan resurslarning hajmi ifodalanadi, ular bir resurs bilan ta’minlanadi, bir vaqtning o‘zida ikkinchi resursni oladi, buning natijasida resurslarning foydaliligi oshadi. Shunday qilib, baho kerakli mahsulot yoki xizmatga ega bo‘lish uchun kishi berishi lozim bo‘lgan resurslarning miqdoridir. Bahoning ijtimoiy zaruriy mehnat xarajatlariga yaqinlashishini ta’minlovchi modeli ana shundan iborat. Yuqorida bayon qilingan holatlarga asoslanib vujudga keltirilgan baho o‘ziga tegishli bo‘lgan funksiyalarni bozor iqtisodiyotida yaxshi bajaradi. Eng avvalo, baho yordamida barcha tovarlarning yoki tovar birligining hajm, dona va og‘irlik birliklaridagi qiymati pul birliklarida o‘lchanadi. Pulli ekvivalentning mavjud ekanligi bahoga miqdor va son shakllaridagi tovar qiymatini ifodalovchi yoki o‘lchovchi sifatida maydonga chiqishga imkon beradi. Bir vaqtning o‘zida baho pulda ifodalangan turli tovar qiymatlarining o‘lchovchisi hamdir. Ko‘rilayotgan ana shu sifatda baho umumiqtisodiy samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri sanaladi, xo‘jalik qarorlarini qabul qilish uchun mo‘ljal, bashorat- lashning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Yuqoridagilarning barchasi bahoning o‘lchov(chilik) funksiyasidan darak beradi. Ma’lum ma’noda, bahoning hisob-nazorat funksiyasi uning o‘lchov(chilik) funksiyasining o‘ziga xos bo‘lgan “qo‘shni”si hisoblanadi va qisman uning tarkibiga kiradi. Baho, milliy boylikning buyumlashgan va moddiy o‘lchamlarini qiymat va demak, moliyaviy o‘lchamlarga aylantirib, qiymatning fuqa- rolarda, ularning oilalarida, XYuSlarda, tarmoqlarda, umuman iqtisodiyotda, qishloq, shahar, tuman, viloyat va mamlakat bo‘yicha saqlanishi, jamg‘arilishi va harakat etishi ustidan hisob va nazoratni olib borishning instrumenti bo‘lib xizmat qiladi. Bahoning Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling