Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
 
 
 
 
 
 
281 
 
13-BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING 
BAHO SIYOSATI VA BAHOLARNI 
SHAKLLANTIRISH ASOSLARI, MARKETING 
STRATEGIYASINING MOLIYAVIY JIHATLARI 

13.1. Baholarni shakllantirishning obyektiv asoslari 
 
 
Baho 
mohiyat 
jihatidan 
qiymatning 
puldagi 
ifodasi 
hisoblanadi. Tarmoq ichidagi raqobat natijasida tovarning 
individual qiymati uning ijtimoiy qiymatiga aylanadi va uning 
miqdori mehnatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari darajasi bilan 
aniqlanadi. Bozor qiymati, ijtimoiy qiymatdan farqli o‘laroq, 
faqatgina tovarni ishlab chiqarish darajasi bilan emas, balki uni 
sotish shartlari bilan ham belgilanadi. 
Bozor sharoitida mehnatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari va 
ijtimoiy foydalilik taqqoslanadi, ijtimoiy ishlab chiqarishning hajmi 
va tarkibiy tuzilmasining ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq (mos) kelishi 
aniqlanadi. Faqat ijtimoiy ehtiyoj va ijtimoiy foydalilik doirasi-
dagina xarajatlar ijtimoiy zarur deb e’tirof etilishi mumkin. Shu 
munosabat bilan qiymat hosil bo‘lishining iqtisodiy chegaralarini 
shakllantirish ijtimoiy foydalilikning funksiyasiga aylanadi. 
Demak, bahoning asosi sifatida maydonga chiqadigan 
ijtimoiy zaruriy xarajatlar va qiymat murakkab jarayon natijasida 
vujudga keladi, o‘zlariga turli-tuman sharoit va jarayonlarning
ta’sirini sinab ko‘radi. Shunga mos ravishda bahoning modeli ham 
oddiy yoki bir xil bo‘lishi mumkin emas. 
Tovarlar har doim qiymat va iste’mol qiymatining o‘zaro 
yaxlitligidan iborat. Tovarning iste’mol qiymatini tovarning 
qandaydir bir ehtiyojni qondirish qobiliyati sifatida tushunish qabul 
qilingan. Bozor sharoitida ishlab chiqarish sotib oluvchilarning 
talablarini qondirish maqsadida iste’mol va buning natijasida tovar 
ishlab chiqaruvchi tomonidan foyda olish uchun amalga oshiriladi. 
Demak, past iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan tovarlar past 
qiymatga ega bo‘ladi va aksincha, yuqori darajadagi iste’mol 
qiymati qiymatning ham yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi. 
Shuning uchun ham bahoni aniqlashda faqat tegishli ne’matni 
ishlab chiqarish xarajatlarini inobatga olib qolmasdan, balki 


304 
• O‘rnatilishi (belgilanishi)ga qarab baholarning qanday turlari 
mavjud? 
• Qanday baholar qat’iy baholar deyiladi? 
• Joriy baholar deyilganda nima tushuniladi? 
• O‘zgaruvchan (“harakatchan”) baholar qanday baholardan 
iborat? 
• Almashtiriluvchi (“sakrovchi”) baholar qanday buyumlarga 
nisbatan o‘rnatiladi?
• Vaqt omiliga ko‘ra baholarning qanday tur (ko‘rinish)lari 
bo‘lishi mumkin? 
• Qanday baholarga doimiy baholar deyiladi? 
• Mavsumiy baholar qanday o‘rnatiladi? 
• Qanday mahsulotlarning bahosi bosqichli baholarda 
belgilanadi? 
• Baholar xususida ma’lumotlarni olish usuliga muvofiq 
baholar qanday farqlanadi? 
• Qanday baholarga ma’lumotnomaviy baholar deyiladi? 
• Qayerlarda e’lon qilingan baholar preyskurant baholar deb 
ataladi? 
• Qanday baholar hisob-kitobli baholardir?
• Bozor turi (ko‘rinishi)ga bog‘liq ravishda baholarning qanday 
turlari mavjud? 
• Qanday baholarga auksion baholar deyiladi? 
• Birja kotirovkalari deb nimaga aytiladi? 
• Qanday baholar savdolar baholaridan iborat?
• Xududiy bozorlarga bog‘liqligini nazarda tutib baholarning 
turlari qanday farqlanadi? 
• Yagona (yaxlit) baholar qayerlarda amal qiladi? 
• Mintaqaviy baholar qayerlarda shakllanadi? 
• Qanday baholar mahalliy baholar deyiladi? 
• Bozorda davlatning ta’sirchanligi, tartibga solish va raqobat 
darajasining xarakteri bo‘yicha baholarning qanday turlari 
mavjud? 
• Qanday baho bozor baholari deyiladi? 
• Qat’iy baholar qanday baholardan iborat? 
• Qanday baholar tartibga solinadigan baholar deb ataladi? 
• Qanday buyumlarning bahosiga prestij (nufuzli) baholar 
deyiladi? 
289 
yoki bir va auksionlar bahosi; ishlab chiqarish-texnikaviy 
maqsadlarga mo‘ljallangan buyumlar bo‘yicha – jahondagi 
yetakchi ishlab chiqaruvchilarning baholariga muvofiq; xalq 
iste’mol tovarlari bo‘yicha – yetakchi yirik kataloglarda e’lon 
qilingan baholarda aniqlanadi. 
Amaliyotda ichki firmaviy (transfert) baholar degan 
tushuncha ham mavjud. Bunday baholar bir firmaning bo‘linmalari 
yoki bir assotsiatsiya tarkibida bo‘lgan bir necha firmalar o‘rtasida 
mahsulotlar sotilganda qo‘llaniladi. 
Baholarning 
yana 
bir 
turi 
bor. 
Ularning 
nomi 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling