Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
-BOB. ASOSIY VA AYLANMA KAPITAL DOIRAVIY
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
11-BOB. ASOSIY VA AYLANMA KAPITAL DOIRAVIY AYLANISHINING MOLIYAVIY JIHATLARI 11.1. Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va samaradorligi Umumlashtirilgan ko‘rinishda asosiy kapital mehnat vositalariga (binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari, mashinalar, dastgohlar, transport vositalari va foydali foydalanish muddati 12 oydan oshadigan boshqa vositalar) sarflangan (joylashtirilgan) kapital qiymatining bir qismidir. XYuSning buxgalteriya balansida asosiy kapital aylanmadan tashqaridagi aktivlar sifatida aks ettiriladi. Uning asosini asosiy vositalar tashkil etadi. Bu aktiv- larning boshqa elementlari, ya’ni nomoddiy aktivlar, tugallanmagan qurilish, moddiy boyliklarga daromadli qo‘yish (joylashtirish), uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, bevosita yoki bilvosita asosiy kapitalni kengaytirilgan, ilmiy-sig‘imli ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Mehnat va mahsulotni yaratish jarayonida asosiy kapital ishlab chiqarish omili va ishlab chiqarishning moddiy-texnikaviy asosi shaklida amal qiladigan unumli kapitalning qismi sifatida maydonga chiqadi. Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi unga tegishli bo‘lgan qiymatning quyidagi uch funksional shakllarida harakat qilishini anglatadi: • pulli; • unumli; • tovarli. Asosiy kapital qiymatining bu shakllarda amal qilishi foyda olishni va mehnat vositalarining takror ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Kapitalning doiraviy aylanishi davomida aylanma kapitaldan farqli o‘laroq asosiy kapital o‘zining iste’mol shaklini birdaniga yo‘qotmaydi, ya’ni davomli muddatda eskiradi. Yangidan yaratilayotgan mahsulotga u o‘zining qiymatini asta-sekinlik bilan, eskirish darajasiga qarab o‘tkazadi va to‘liq qayta tiklanganga qadar ko‘plab ishlab chiqarish sikllari davomida uni tiklab boradi. 242 Bu jarayon amortizatsiya deb ataladi va u o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq ravishda har oyda hisoblanadi. Ma’naviy eskirishini inobatga olgan holda mehnat vositalari boshlang‘ich qiymatini to‘liq tiklash vaqti amortizatsiya davri deb ataladi. Bu davr tugaganidan so‘ng asosiy kapitalga avanslashtirilgan pulli qiymat o‘z aylanishini tugatadi va yana mehnat vositasiga aylanadi. Bu fursatga yetgunga qadar o‘tkazilayotgan qiymat asta-sekinlik bilan va uzluksiz ravishda amortizatsiya fondi ko‘rinishida jamg‘arilib boriladi hamda shundan keyin u iste’mol qilingan kapitalni yangidan qayta tiklash uchun ishlatiladi. Ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapitalni buyumlashgan shakli sifatida asosiy fondlar – uzoq vaqt davomida natural- iste’molli shaklda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan moddiy boyliklar yig‘indisi – maydonga chiqadi. Iqtisodiy mo‘ljallanganligiga ko‘ra asosiy fondlar quyidagilarga bo‘linadi: • asosiy ishlab chiqarish fondlari; • noishlab chiqarish asosiy fondlari. Ishlab chiqarish jarayonida buyumlashgan-natural shaklda ishtirok etadigan va ko‘plab ishlab chiqarish sikllari davomida o‘zining qiymatini tayyor mahsulotga qismlarga bo‘lib o‘tkazuvchi mehnat vositalariga asosiy ishlab chiqarish fondlari deyiladi. Noishlab chiqarish asosiy fondlarining tarkibiga XYuSning balansida bo‘lgan va noishlab chiqarish maqsadlari uchun foydalanishga mo‘ljallangan XYuSning mulklari kiradi. Ular bo‘yicha amortizatsiya hisoblanmaydi. Bu fondlarning qiymati ularning eskirishi munosabati bilan XYuSning foydasi hisobidan takror ishlab chiqariladi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibiy tuzilmasi tarmoq, texnologik, ishlab chiqarish va xizmat qilish muddati (yoshi) jihatidan turli tuzilmalarga bo‘linishi mumkin. Tarmoq tuzilmasi alohida olingan tarmoqdagi asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining butun iqtisodiyot bo‘yicha shu fondlar qiymatidagi salmog‘ini xarakterlaydi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining texnologik tuzilmasi alohida guruh ichidagi ular turli ko‘rinishlarining salmog‘ini ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasi ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan mehnat vositalari turli ko‘rinishlarining nisbatidan iborat bo‘lib, investitsiyalarning texnologik ilg‘orligi va ularning oqilona 255 XYuS moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligini ta’minlashda va moliyaviy tahlilda sof aylanma kapitalni monitoring qilish muhim rol o‘ynaydi. Umumiy ko‘rinishda sof aylanma kapital aylanma aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar o‘rtasidagi farqdan iborat. Qisqa muddatli passivlarning tarkibiy tuzilmasiga kelgusi davr daro-madlari ham kiritilib, ular XYuSning o‘z pul mablag‘lari bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham sof aylanma kapitalni quyidagicha aniqlash mumkin: Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling