Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

K
мм
 = O‘
ам
: J
аа
 
Bu yerda: K
мм
- moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti; 
O‘
ам
- o‘z aylanma mablag‘lari; 
J
аа
joriy aylanma aktivlar. 
Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti XYuSga tegishli bo‘lgan 
aylanma mablag‘larning qancha qismi o‘z kapitali hisobidan 
shakllantirilganligini ko‘rsatadi. Agar uning darajasi 1ga teng yoki 
undan katta bo‘lsa, u holda bu absolyut moliyaviy barqarorlikni 
anglatadi. Koeffitsiyentning darajasi 1dan qancha past bo‘lsa, 
XYuS moliyaviy holati shuncha beqarordir. Bu koeffitsiyentning 
kritik darajasi 0,1ga teng. 
O‘z kapitalining manyovrlilik koeffitsiyenti XYuS o‘z 
aylanma mablag‘larining o‘z kapitali summasiga nisbati orqali 
ifodalanadi: 
K
м
 = O‘
ам
 : O‘
к
 
 
 
Bu yerda: K
м
- o‘z kapitalining manyovrlilik koeffitsiyenti; 
O‘
ам
- o‘z aylanma mablag‘lari; 
O‘
к
o‘z kapitali. 
Bu koeffitsiyent o‘z kapitalining qancha qismi joriy faoliyatni 
moliyalashtirishda 
foydalanilayotganligi 
va 
qancha 
qismi 
kapitallashtirilganligini ko‘rsatadi. Uning 0,5ga teng bo‘lgan 
darajasi optimal hisoblanadi 
Zarur bo‘lgan hollarda XYuSning moliyaviy barqarorligini 
xarakterlaydigan boshqa ko‘rsatkichlardan ham foydalanish 
mumkin. 
XYuS 
moliyaviy 
barqarorligini 
oshirishning 
omillari 
quyidagilardan iborat: 
• asosiy va aylanma mablag‘larning mazmunini optimal-
lashtirish: innovatsion texnologiyalar sotib olishni ko‘paytirish, 
tugallanmagan ishlab chiqarishni qisqartirish, mahsulot tannarxini 
pasaytirish; 
333 
maqsadli taqsimlanishini rag‘batlantirishi ham kerak. Shunday 
qilib, davlat tomonidan o‘rnatilgan tartib natijasida vujudga kelgan 
byudjetga to‘lovlarning turli shakllari davlatning qonunlarida, 
moliyaviy boshqaruv organlarining normativ hujjatlarida o‘z 
ifodasini topgan obyektiv omillarga ma’lum darajada bog‘liq 
bo‘ladi. 
Ikkinchi bosqichda, yuqorida qayd etilganidek, hududiy va 
ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan turli fondlarning shakllanishi 
yuz beradi, ya’ni umumdavlat pul fondini taqsimlashning 
murakkab jarayoni amalga oshiriladi. Tashqi tomondan u barcha 
ijtimoiy bo‘linmalardan ajralgan ichki davlat byudjeti jarayonidek 
ko‘rinadi. Haqiqatda esa bu taqsimlash ijtimoiy munosabatlarning 
barcha sohalarini qamrab oladi. Bu bosqichda jamiyatdagi barcha 
subyektlarning manfaatlari o‘zaro to‘qnash keladi. Mamlakatdagi 
har bir ma’muriy-hududiy birlik o‘z byudjetiga ega bo‘lganligi 
uchun bu bosqichda ana shu byudjetlarning (ya’ni hududlarga 
mo‘ljallangan fondlarning) umumiy hajmini to‘g‘ri aniqlash alohida 
ahamiyat kasb etadi. U yoki bu davlat byudjetining xarajatlari 
joylarda olingan daromadlarning hajmi bilan mos kelmasligi 
oqibatida ularni qo‘shimcha mablag‘lar bilan ta’minlash zaruriyati 
vujudga keladi, barcha quyi byudjetlarni balanslashtirish zarurati 
paydo bo‘ladi. Shunday qilib, murakkab taqsimlash jarayoni sodir 
bo‘ladiki, unda mamlakat ma’muriy-hududiy bo‘linmalarining 
barchasi ishtirok etib, ularning ayrimlari o‘z mablag‘larini berishsa, 
boshqalari esa davlat byudjeti mexanizmi orqali bu mablag‘larni 
oladi. 
Sirtdan qaralganda, davlat byudjeti mablag‘larini hududlararo 
taqsimlash byudjetlarning yuqori va quyi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi 
munosabatlardek 
ko‘rinadi. 
Chunki 
bu 
jarayon 
yuqori 
byudjetlarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Biroq o‘z 
daromadlari 
hisobidan 
quyi 
bo‘g‘inlarning 
davlat 
byudjeti 
munosabatlarini tartibga soluvchi har bir davlat byudjeti bo‘linmasi 
amalda bu munosabatlarning tarkibiga yuqorida ko‘rsatilgan 
balanslashtirish sodir bo‘layotgan ko‘plab ma’muriy-hududiy 
birliklarni kiritadi. Ular esa, o‘z navbatida, byudjetlararo 
munosabatlarni tartibga solishda xo‘jalik yurituvchi subyektlar va 
aholidan tushgan mablag‘larni sarflaydi. Demak, bu jarayonda 
ham turli subyektlar o‘rtasida murakkab va ko‘p tomonlama 
taqsimlash munosabatlari vujudga keladi. 


332 
byudjetining daromadlari aniq ifodalangan davlat byudjeti 
kategoriyasi bo‘lib, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish 
taqsimlashning davlat byudjeti mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti daromadlarining turli ko‘rinishlarini (qo‘shilgan 
qiymat solig‘i, aksizlar, daromad solig‘i va boshqalar) davlat byudjeti 
kategoriyalarining navbatdagi ko‘rinishlari sifatida talqin qilish uchun 
asoslar yetarli emas. Chunki mazmuniga ko‘ra iqtisodiy 
kategoriyalar obyektiv bo‘lib, ular iqtisodiy qonunlarning harakatini 
ifodalasa, ularning namoyon bo‘lish shakli esa, ma’lum darajada
subyektiv bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham daromadlarning har 
bir ko‘rinishiga tegishli bo‘lgan xususiyatlar obyektiv harakatdagi 
(amaldagi) 
iqtisodiy 
kategoriyaning 
– 
davlat 
byudjeti 
daromadlarining namoyon bo‘lish, ifodalanish shaklidir. Bu 
xulosaning to‘g‘riligini ko‘p yillik amaliyot ham tasdiqlaydi.
Davlat bor ekan, davlat byudjetiga to‘lovlar ham mavjud 
bo‘ladi. Lekin byudjetga to‘lovlarning shakli ma’lum bir bosqichda 
jamiyatning oldiga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq ravishda o‘zgarib 
boradi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida byudjetga 
to‘lovlarning u yoki bu turi hal qiluvchi rol o‘ynashi, vaqt o‘tishi 
bilan esa ular o‘z ahamiyatini yo‘qotib, boshqa to‘lovlar bilan 
almashtirilishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, davlat byudjeti 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling