Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Davlat byudjeti daromadlarining


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Davlat byudjeti daromadlarining davlat byudjeti kategoriya-
larining ko‘rinishlaridan biri sifatida ajratilishi ularning umumiy 
iqtisodiy asoslari va xarakterli belgilarini yaxshiroq tushunishga 
imkon yaratadi. Davlat byudjeti daromadlari davlatning subyektlar 
(xo‘jaliklar va aholi) bilan o‘zaro munosabatlarining aniq 
chegaralangan, aniqlangan qismini ifoda etadi. Bu munosabatlar 
xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan, ular umumiy belgilarga ega va 
umumlashtirilgan, abstrakt holda ishlab chiqarish (byudjet) 
munosabatlarining alohida elementi sifatida maydonga chiqadi. 
Davlat byudjeti daromadlari o‘zlarining iqtisodiy tabiatiga ko‘ra 
obyektiv bo‘lib, ular davlatning subyektlar (xo‘jaliklar va aholi) bilan 
barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ularning obyektiv zarurligi davlatning 
o‘ziga xos funksiyalarga ega bo‘lgan mavjudligi bilan belgilanadi.
Keng ma’noda daromadlar moliya fanining emas, balki iqtisod 
ilmining kategoriyasi hisoblanadi. Ular taqsimlash obyekti 
(masalan, korxonaning yalpi yoki sof daromadi) yoki taqsimlash 
natijasi (masalan, aholining oxirgi daromadlari) bo‘lishi mumkin. 
Davlat byudjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan 
iboratki, ular taqsimlash natijasi (byudjetga to‘lovlar) va yanada 
taqsimlash obyekti (davlat byudjeti ichidagi fondlarni shakllantirish 
va moliyalashtirish) sifatida maydonga chiqadi. Demak, davlat 


330 
mablag‘lar ajratib olingan bo‘lib, ular qat’iy chegaralanmagan. 
Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga – umumdavlat 
ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan. Davlat pul fondining 
alohidaligiga 
aniq 
maqsadlarga 
mo‘ljallangan 
fondlarni 
kristallizatsiya qilish boshlanganda barham beriladi. 
Davlat byudjeti fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan 
foydalaniladi:
1) byudjetga to‘lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar); 
2) davlat byudjetining daromadlari. 
Bu tushunchalar bir xil ma’noni anglatadi. Chunki ularning 
ikkalasi ham davlat va mablag‘ to‘lovchilar o‘rtasida vujudga 
keladigan bir xildagi taqsimlash munosabatlarini ifoda etadi. Bu 
yerda faqat ma’no jihatidan emas, balki miqdoriy jihatdan ham bir 
xillikka erishilgan. Zero, ularning har ikkalasi ham milliy 
daromadning yagona qismiga tegishlidir. Biroq bu tushunchalarning 
ikkiyoqlamalik xaraktyerga egaligini ham unutmaslik lozim. 
Davlat byudjetiga to‘lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va 
boshqalar), eng avvalo, to‘lovchilarning xarajatlaridan iborat 
bo‘lib, ularning daromadlaridan chegirilsada, bir vaqtning o‘zida 
ular 
davlat 
byudjetida 
davlatning 
daromadlari 
sifatida 
gavdalanadi. Ana shundan taqsimlash munosabatlariga kirishgan 
ishtirokchilar (tomonlar) o‘rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli 
jihatlar vujudga keladi. Davlat davlat byudjetining daromadlarini 
oshirishdan manfaatdor bo‘lsa, bu narsa u yoki bu darajada 
to‘lovchilarning (yuridik va jismoniy shaxslarning) manfaatdorligini 
(qiziquvchanligini) pasaytiradi. 
Shunday qilib, “byudjetga to‘lovlar” va “davlat byudjetining 
daromadlari” tushunchalari yuqorida ko‘rsatilgan umumiylikka ega 
bo‘lsalar-da, bir vaqtning o‘zida, ular o‘rtasida obyektiv farqlar 
ham mavjud. Byudjetga to‘lovlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki 
to‘lovchilar moliyasining tarkibiy elementlaridan hisoblanadi va 
boshqa taqsimlash munosabatlari bilan o‘zaro organik bog‘liqlikda 
ko‘riladi; davlat byudjetida ular daromadlar shaklini oladi va davlat 
byudjetining 
subyektlar 
(xo‘jaliklar) 
bilan 
davlat 
byudjeti 
munosabatlari keng sohalarining boshqa elementlari bilan o‘zaro 
bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Bu holda, taqsimlanayotgan milliy 
daromadning yagona qismi ikki xil iqtisodiy mazmun kasb etadi va 
moliya tizimining turli bo‘linmalarida turlicha ko‘rinishga ega 
bo‘ladi. 
327 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling