Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Davlat byudjetining xarajatlari
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
16.3. Davlat byudjetining xarajatlari Davlat byudjetining xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya bo‘lgan davlat byudjetining ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, unga tegishli bo‘lgan umumiy xususiyatlarga egadir. Ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog‘langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. Shu bilan birgalikda davlat byudjetining xarajatlari bir butunning o‘ziga xos qismi bo‘lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag‘laridan foydalanish va tegishli fondlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy-buyumlashgan shakli turli sohalarga yo‘naltirilayotgan davlat byudjeti mablag‘larining harakatidan iborat. Davlat byudjetining xarajatlari xarajatlarning konkret turlari orqali namoyon bo‘ladi. Davlat byudjeti xarajatlari turlarining xilma-xilligi esa, o‘z navbatida, quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funksiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; davlat byudjetining milliy iqtisodiyot bilan bog‘langanligi; iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; davlat byudjeti mablag‘larining namoyon bo‘lish shakllari va h.k. Jamiyatning iqtisodiy hayotida davlat byudjeti xarajatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga ko‘ra turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Ular o‘zlarining iqtisodiy mazmuni, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari, ijtimoiy mo‘ljallanganligi bo‘yicha va ma’lum maqsadlariga ko‘ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin. Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat byudjetining xarajatlari kapital va joriy xarajatlarga bo‘linadi. 68 Davlat byudjeti daromadlariga oid ushbu paragrafda ko‘tarilgan masalalarning aksariyati, ma’lum ma’noda biroz takrorlashlar bo‘lishiga qaramasdan, darslikning 17-bobi doirasida batafsilroq ko‘rib chiqiladi. 337 Lekin ishlab chiqarish munosabatlari har doim buyumlashgan tarzda vujudga keladi. Bu munosabatlarning buyumlashgan qatlami yalpi ichki (milliy) mahsulot hisoblanadiki, u taqsimlash jarayonida qiymat shaklida ishtirok etadi. Byudjetli taqsimlash munosabatlariga, ichki jihatdan, qator iqtisodiy qonunlarning ta’siri ostida bo‘lgan moliyaviy aloqalarning keng doirasi xarakterlidir. Davlat byudjeti ko‘p sonli va bo‘lingan taqsimlash aktlarining majmui orqali yalpi ichki (milliy) mahsulot harakatining asosiy yo‘nalishlarida namoyon bo‘ladi. Aynan davlat byudjeti iste’mol va jamg‘arish fondlarining shakllanishiga, iste’mol fondining qismlarga ajralishiga, sof daromadning davlat va subyektlar o‘rtasida bo‘linishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Davlat byudjetining turli belgilari va xususiyatlarining yuqorida bayon qilingan tavsiflariga tayangan holda uning mohiyatini aniqlab beruvchi quyidagi ta’rifni berish mumkin: mamlakatning Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling