Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Davlat byudjetining daromadlari
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
16.2. Davlat byudjetining daromadlari Davlat byudjetining daromadlari 66 mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo‘lib, ular oraliq (tranzit) xaraktyerga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan daromadlar va jamg‘armalarning bir qismini byudjetga o‘tkazilishi natijasida vujudga keladi. Davlat byudjeti daromadlarining moddiy- buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag‘lari tashkil etadi. Bu moliyaviy (byudjet) kategoriyaning namoyon bo‘lish shakli byudjetga borib tushuvchi turli soliqlar, to‘lovlar, yig‘imlar, bojlar va ajratmalardan iborat. Miqdoriy jihatdan davlat byudjetining daromadlari yaratilgan yalpi ichki (milliy) mahsulotda (milliy daromadda) davlatning ulushini ko‘rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog‘i mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti (milliy daromadi)ning umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq davlat byudjetida mablag‘larni yig‘ish miqdori va ularni undirishning shakl va usullari aniqlanadi. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jarayonining quyidagi prinsiplarga asoslanishi maqsadga muvofiqdir: 66 “Davlat byudjetining daromadlari” iborasi byudjetga undirilayotgan soliqlar, to‘lovlar, bojlar, ajratmalar va boshqa shunga o‘xshash barcha daromadlarni o‘z ichiga oladi. 368 • Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlari bilan uzviy bog‘langanmi? • Hozirgi sharoitda davlat byudjeti xarajatlarining konkret tarkibi va ularning tuzilmasi qanday? • Byudjetdan moliyalashtirishning mazmunini aytib bering. • Byudjetdan moliyalashtirishning umumiy prinsiplarini aytib bering. • Amaliyotda byudjetdan moliyalashtirishning qanday shakllaridan foydalanilmoqda? • “Davlat byudjetining xarajatlari” va “Davlat xarajatlari” iboralari bir xil ma’noni anglatadimi? • Davlat byudjeti defitsitini qanday tushunasiz? • Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelishining eng umumiy sabablarini bilasizmi? • Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelganda unga nisbatan strategik yondashuv (strategiya) nimalarga alohida e’tibor berishni taqozo etadi? • Davlat byudjeti defitsiti darajasini kamaytirish yoki unga barham berish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora- tadbirlarning asosiy yo‘nalishlarini aytib bering. • Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning asosiy manbalarini aytib bering. • Davlatning ichki va tashqi qarzlarini qanday tushunasiz? • Davlat ichki qarzlarining tarkibini tushuntirib bering. • Davlat tashqi qarzlari tarkibiga nimalar kiradi? • Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalari qanday guruhlardan tashkil topadi? • Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning ichki manba- larini aytib bering. • Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning tashqi man- balari nimalardan iborat? • Mamlakatning qarz majburiyatlari qanday shakllarda bo‘lishi mumkin? • “Davlat byudjeti defitsiti”, “Davlat byudjeti kamomadi”, “Davlat byudjeti taqchilligi”, “Davlat byudjeti yetishmovchiligi” iboralarining ma’nosi bir xilmi? 353 Davlat byudjetining kapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yo‘naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga: a) tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun mo‘ljallangan xarajatlar; b) yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun davlat byudjeti kreditlari sifatida beriladigan mablag‘lar; d) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar; e) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo‘lgan mulk miqdorini oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar; f) davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar. Davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot byudjeti shakllantirilishi mumkin. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling