Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
16-BOB. DAVLAT BYUDJETI 

16.1. Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va
ahamiyati 
 
Davlat byudjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir 
bosqichida paydo bo‘lgan. Davlat byudjeti tashkil etishga ehtiyoj, 
eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi 
bilan bevosita bog‘liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli 
bo‘lgan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy belgilari davlat 
faoliyati va davlat byudjetining taqsimlash mexanizmi sifatidagi 
mazmunini belgilab beradi. 
Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) 
munosabatlarning bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga 
mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning 
muayyan qismini to‘plash va uni jamiyat taraqqiyotining turli 
sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat, 
ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) mablag‘ bilan 
ta’minlash imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasi 
(instrumenti)dir.
Mohiyatiga ko‘ra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining 
tarkibiy qismi bo‘lib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir 
barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli bo‘lgan barcha 
funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o‘zida, davlat byudjeti faqat 
o‘ziga xos bo‘lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o‘z 
navbatida, 
davlat 
byudjetini 
moliya 
tizimining 
boshqa 
bo‘linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o‘rinni egallashga 
asos bo‘ladi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita 
davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda 
davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo‘lsa-da, 
uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy 
resurslarni asosiy taqsimlovchi sifatidagi roli faqat byudjetda katta 
kuch bilan namoyon bo‘ladi. 
Davlat byudjeti juda keng qamrovli va murakkab tushuncha 
bo‘lib, 
uni 
boshqarishda 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi, tegishli kodeks, qonun, farmon, qaror va 
qonunosti hujjatlari huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Ularning 


328 
ichida eng muhimlaridan biri “O‘zbekiston Respublikasining 
Davlat byudjeti Kodeksi” hisoblanadi”
63
.
Yagonalik (birlik) va yuqori darajada markazlashuv davlat 
byudjetining muhim xususiyatlaridandir. Turli ma’muriy-hududiy 
byudjetlar 
ko‘pligiga 
qaramasdan, 
ularning 
barchasi quyi 
bo‘g‘inlarning yuqori bo‘linmalarga ketma-ket bo‘ysunishiga rioya 
qilgan holda yagona davlat byudjetiga birlashadi. Bir vaqtning o‘zida 
davlat byudjeti resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda 
demokratizm prinsiplariga ham rioya qilinadi. Chunki davlat 
hokimiyatining 
barcha 
organlari o‘zlarining 
davlat 
byudjeti 
mablag‘lariga ega va o‘zlariga tegishli davlat byudjeti huquqlaridan 
foydalanadilar. Davlat byudjetiga xos ana shu xarakterli belgilar 
mablag‘lar bilan manyovr qilish va davlat byudjeti siyosatini oqilona 
tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. 
Moliya tizimining boshqa bo‘linmalaridan farqli holda, davlat 
byudjetida, ikki tushunchaning terminologik qo‘shilishi mavjud: 1) 
davlat byudjeti – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida; 2) davlat 
byudjeti – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida. Ayrim 
hollarda davlat byudjetining mohiyati faqat mamlakatning asosiy 
moliyaviy rejasi sifatida talqin etiladi. Buni to‘g‘ri deb e’tirof etib 
bo‘lmaydi. Chunki iqtisodiyotga tegishli bo‘lgan har qanday reja u 
yoki bu iqtisodiy kategoriyaning namoyon bo‘lish shakllaridan biri 
hisoblanadi. Shunga muvofiq ravishda, davlatning asosiy 
moliyaviy 
rejasi 
davlat 
byudjeti 
(umumdavlat 
moliyasi) 
kategoriyasining namoyon bo‘lish shaklidir. Ya’ni davlat byudjeti 
davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida iqtisodiy kategoriya va 
byudjetga xos bo‘lgan xususiyatlar majmuining namoyon 
bo‘lishidir. Iqtisodiy kategoriya va mamlakatning asosiy moliyaviy 
rejasi sifatida ularning “davlat byudjeti” deb bir xil nomlanishi 
predmetning mohiyatini o‘zgartirmaydi va davlat byudjetini iqtisodiy 
(moliyaviy) kategoriyalar tarkibidan chiqarishga asos bo‘la olmaydi.
Bundan kelib chiqadigan asosiy xulosa shuki, davlat byudjeti 
deyilganda, 
eng 
avvalo, 
ikki 
tushunchaning 
qo‘shilishini 
tushunmoq kerak: 1) davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni 
taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) 
munosabatlar (iqtisodiy kategoriya); 2) shu kategoriyaning 
namoyon bo‘lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi. 
63
Darslikning davlat byudjeti bilan bog‘liq boblarini tayyorlashda mazkur kodeks muhim manba sifatida ishlatildi.
329 
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning moliyaviy vositasi 
(instrumenti) sifatida davlat byudjeti boshqa xususiyatlarga ham 
ega. Agar moliya yordamida taqsimlash qiymatning shakllari 
o‘zgargan sharoitda va ko‘plab oldi-sotdilar natijasida amalga 
oshirilsa, yalpi ichki (milliy) mahsulotning davlat byudjeti orqali 
taqsimlanishi ma’lum darajada, almashuvdan ajralgan holda sodir 
bo‘ladi. Qiymatning davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy 
mahsulotning harakatidan to‘liq uziladi va sof qiymat xarakterini 
kasb etadi. Faqat davlat byudjetidan tashqarida, davlat byudjeti 
resurslari 
sarflanayotganda 
taqsimlash 
va 
almashuv 
operatsiyalarining qayta qo‘shilib ketishi sodir bo‘ladi. 
Moliya tizimining boshqa barcha bo‘linmalari va iqtisodiy 
(moliyaviy) kategoriyalar (baho, ish haqi, kredit va boshqalar) bilan 
chambarchas bog‘liqligi ham davlat byudjetiga xos xususiyatdir. 
Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda u orqali amalga 
oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining mazmunini ko‘rib chiqish 
alohida ahamiyat kasb etadi. 
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni davlat byudjeti orqali taqsimlash 
bir vaqtning o‘zida, o‘zaro bog‘langan va ma’lum darajada 
mustaqil bo‘lgan uch bosqichdan iborat bo‘ladi:
1) umumdavlat pul fondini shakllantirish (davlat byudjeti 
daromadlari); 
2) hududiy va ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan ko‘p sonli 
davlat byudjeti fondlarini yaratish; 
3) davlat byudjeti fondidan foydalanish (davlat byudjeti 
xarajatlari). 
Davlat byudjeti orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotni 
taqsimlashning bu bosqichlari bir vaqtning o‘zida va uzluksiz sodir 
bo‘lsada, bu ularning nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi. Bu 
bosqichlarni bo‘lish va ularni alohida-alohida ko‘rib chiqish orqali 
byudjetli taqsimlashning xarakteri, shakli va metodlari to‘g‘risida 
osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin. 
Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli pul 
mablag‘larining bir qismi davlatning qo‘lida to‘planishi (jamlanishi) 
sodir bo‘ladi. Ana shu asosda mablag‘larni oluvchi sifatida davlat 
bilan mablag‘larni to‘lovchilar o‘rtasida moliyaviy (byudjet) 
munosabatlar vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan, 
majburiylik xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash 
jarayonlarining xarakterli xususiyati shundaki, byudjetga tushuvchi 


352 
– byudjetga daromadlarni undirishda soliq organlarining 
huquq va majburiyatlari. 
Yuqorida bayon etilgan choralarni ishlab chiqish va amalga 
oshirishda 
davlat 
va 
byudjetga 
daromadlarni 
to‘lovchilar 
o‘rtasidagi manfaatlarning oqilonaligini ta’minlashga katta e’tibor 
bermoq lozim
68


Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling