Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Xorijiy davlatlarning hukumatlari, banklari va firmalariga


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Xorijiy davlatlarning hukumatlari, banklari va firmalariga 
bog‘langan kreditlar – xorijiy davlatlarning hukumatlari, banklari va 
firmalari mablag‘lari hisobidan kreditor mamlakatdan tovarlar, ishlar va 
xizmatlar sotib olish uchun qaytarilish va tiklanish asosida mablag‘larni jalb 
qilish shakli.
Ts 
Tsessionariy – qayta sug‘urtalashda riskni o‘ziga qabul qiluvchi 
sug‘urtalovchi. 
 

Egri (bilvosita) soliqlar – xo‘jalik aktlari va aylanmalari hamda 
moliyaviy operatsiyalardan kelib chiqadi. Bu soliqlarning tarkibiga 
qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, bojxona bojlari, qimmatbaho qog‘ozlar 
bo‘yicha operatsiyalardan olinadigan soliq va boshqalar kiradi. Ular baho 
yoki tarifga ustama (qo‘shimcha) tarzida (ko‘rinishida) o‘rnatilib, soliq 
to‘lovchilarning daromadlari bilan belgilanadigan (aniqlanadigan) to‘g‘ri 
(bevosita) soliqlardan farq qiladi. 
Egri (bilvosita) soliqqa tortish – daromadlar sarf qilinayotgan 
paytda to‘lanadigan soliqlar tizimini o‘z ichiga olib, daromadlar bilan emas, 
balki xarajatlar bilan bog‘liqdir. Masalan, sotuvdan olinadigan soliq (sotuv 
solig‘i), aktsizlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i va h.q. Egri (bilvosita) soliqqa 
tortishda mahsulotni ishlab chiqaruvchi yoki xizmatni ko‘rsatuvchi ularni 
tarkibida ustama (qo‘shimcha) bo‘lgan bahoda (tarifda) sotadi va 
tushumdan ma’lum bir soliq summasini davlat ixtiyoriga o‘tkazadi. Shunday 
qilib, amalda u soliqlar yig‘uvchi, sotib oluvchi esa egri (bilvosita) soliqni 
to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi. Shunga mos ravishda egri (bilvosita) soliqqa 
tortishda shu soliqni to‘lashi kerak bo‘lgan va shu soliqqa tortilishi lozim 
bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar turlicha shaxslardir. 
 
 


782 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling