Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Xo‘jalik yurituvchi subyektni isloh qilish tizimida
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
9.3. Xo‘jalik yurituvchi subyektni isloh qilish tizimida
moliyaviy zaxiralar Har qanday XYuSning barcha salohiyatidan birdaniga va birvarakayiga to‘la foydalanish amalga oshishi qiyin hodisa. Amaliyotda biror korxona yoki tashkilotning barcha imkoniyatlaridan 100% foydanayotganga o‘xshash tasavvur tug‘ilishi mumkin. Lekin bunday tasavvur noto‘g‘ri va aslida hali ishlatilmayotgan zaxira imkoniyatlar mavjud bo‘lishi mumkin. XYuSlarning taraqqiyotini belgilaydigan omillarning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladigan foydalanilmagan potensial imkoniyatlar ular ishlab chiqarish-iqtisodiy va moliyaviy faoliyatining zaxiralari (rezervlari) bo‘lib hisoblanadi. Moliyaviy zaxiralarni qidirib topishning asosiy usuli moliyaviy tahlil hisoblanadi. Aynan moliyaviy tahlil asosida moliyaviy rezervlarni qidirib topish bo‘yicha XYuSning siyosati ishlab chiqiladi. Faoliyat ko‘rsatish sharoitlaridan qat’iy nazar zaxiralarni qidirib topish va ulardan foydalanish XYuS xodimlari uchun doimiy faoliyatga aylanmog‘i lozim. Xorijiy (Yaponiyadagi sifat to‘garaklari, AQSh va Germaniyadagi yangiliklar to‘g‘risidagi takliflarni rag‘batlantirish va boshqalar) va mamlakatimizdagi ilg‘or kompaniyalarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qayerda rezervlarni izlash va ulardan foydalanish uzluksiz davom etayotgan, yangiliklar keng joriy etilayotgan bo‘lsa, o‘sha yerda investitsiyalar o‘sadi, XYuSning moliyaviy ahvoli mustahkamlanadi, iqtisodiy taraqqiyot sur’atlari oshadi. Moliyaviy zaxiralarni shakllantirish omillari tizimi juda kengdir. Muhimlik darajasiga qarab, moliyaviy zaxiralarni shakllantirish darajalari va omillari quyidagi chizmada aks ettirilgan: Moliyaviy, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalaridagi eng muhim rezerv bu xodimlarning malakasini oshirishdir. Rivojlanayotgan intellektual inqilob, “bilimlar iqtisodiyoti”ga o‘tish va xodimlarning intellektini shakllantirish sharoitida qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarida ularning moddiylashuvi iqtisodiy o‘sishning strategik omiliga aylanadi. 218 Mol-mulkni inventarizatsiya qilish va XYuS mulkiy kompleksini restrukturizatsiya qilishni amalga oshirish Noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish, XYuS mol-mulkidan oqilona foydalanish, ulardan foydalanishning moliyaviy samaradorligini oshiradi Erga egalik huquqini amalga oshirish Barcha mulkiy kompleksga egalik huquqini to‘laqonli amalga oshirish hisobidan XYuSning investitsion jozibadorligini oshirish. Bu narsa faoliyatning huquqiy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlaydi XYuS ustavini qayta ko‘rib chiqish va menejment bilan shartnomani aniqlashtirish Rahbarlar su’istemolliklari imkoniyatlarini cheklash, ishtirokchi (ta’sischi)lar oldidagi ularning javobgarliklari va XYuS faoliyatining natijalaridan ularning manfaatdorligini kuchaytirish, shu asosda boshqaruv qarorlarining sifatini oshirishi mumkin Moliyaviy hisobotning xalqaro andozalaridan foydalanishga o‘tish XYuS faoliyatining “oydinlik” darajasini oshirish va investitsion jozibadorlikning yanada yuqoriroq darajasini ta’minlaydi Byudjetlar tizimidan foydalanish asosida XYuSning asoslangan biznes-rejasini ishlab chiqish. Qarziy mablag‘larni jalb qilishning joriy va istiqboldagi rejalarini tuzish XYuS xo‘jalik-moliya faoliyatida aniq asoslangan mo‘ljallarning mavjudligi. Bu narsa XYuS joriy va istiqboldagi rivojlanishining eng muhim muammo- larini yechishga moliyaviy resurslar va kuchlarning kontsentratsiya qilinishiga imkon beradi. Taraqqiyot bashoratlarini bozor muhitining asosiy parametrlari bilan bog‘liqlikda ishlab chiqish Kelajakka ishonchni shakllantiradi. Bu narsa esa, o‘z navbatida, iqtisodiy o‘sishni rahbatlantiradi va uning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi, faoliyatning barcha sohalarida rezervlarni qidirib topish va ularni amalga oshirish mumkin. Harakat (amal)dagi XYuSda investitsion-biznes loyihani ishlab chiqish Ishlab chiqarish siklining alohida joylarida taraqqiyotning asosiy proporsiyalarini asoslash va quvvatlardagi nomuvofiqlilikka barham berish. XYuSning umumiy ishlab chiqarish imkoniyatlarini ancha oshirishga xizmat qiladi Aktivlarning tarkibi va tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish Yuqori talabga ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga muvofiqligini ta’minlash maqsadida XYuSning ishlab chiqarish apparati samaradorligini oshirish. Aktivlarni ularning “ballast” qismidan tozalash va keraksiz aktivlarni sotishga yordam beradi XYuSni moliyaviy isloh qilish rejasining barcha bo‘linmalari kapitalni shakllantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish, XYuS faoliyatida kapitallashtirishning oqilona darajasiga erishish borasidagi yagona asoslangan konsepsiyaga bo‘ysunishi va o‘zaro muvofiqlashtirilishi kerak. Bu isloh qilish jarayonida ancha yuqori samaraga erishishga asos bo‘lib xizmat qiladi. 215 Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling