Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbirlar Kutilayotgan natijalar
Kxf = T : A
Bu yerda: Kxf – xo‘jalik faolligi koeffitsiyenti; T – tushum; A – barcha aktivlarning o‘rtacha qiymati. Bu ko‘rsatkich bir so‘mlik foydalanilayotgan aktivlarga to‘g‘ri keluvchi tushumni ifodalaydi. Uning o‘sishi XYuS boshqa barcha moliyaviy ko‘rsatkichlarining ko‘payishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 217 Aktivlarga joylashtirilgan kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi ham muhim ahamiyatga ega. Uzluksiz ravishda doiraviy aylanadigan va daromadlarning olinishiga xizmat qiladigan aylanma aktivlarga moddiylashtirilgan kapital XYuS faoliyatida faol rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham aylanma aktivlarga qo‘yilgan (joylashtirilgan) tez aylanayotgan kapitalning barcha foydalanilayotgan kapitalga nisbati kapital noishlab chiqarish qobiliyatining oshganligini aks ettiradi. Buni formula yordamida quyidagicha ko‘rsatish mumkin: K отт = (A аа : K ф ) Bu yerda: K отт – kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi; A аа – aylanma aktivlar; K ф – barcha foydalanilayotgan kapitallar. XYuSning moliyaviy isloh qilish dasturini tuzish jarayonida har bir tadbirdan ma’lum bir samara olinishi ko‘zda tutilmog‘i lozim. Quyida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan eng muhim tadbirlar va XYuS (XYuS, korporatsiya va boshqalar) tomonidan buning natijasida erishilishi kutilayotgan natijalar ishlab chiqilgan: Tadbirlar Kutilayotgan natijalar XYuSning bozordagi holatini, uning moliya-xo‘jalik faoliyatini va boshqaruv samaradorligini tahlil qilish XYuS rivojlanishining asosiy ichki va tashqi muammolari va ularni hal etishning oqilona yo‘llarini qidirib topish, moliyaviy holat (ahvol)ni mustah- kamlash uchun rezervlardan foydalanishni ta’minlaydi XYuS taraqqiyotining moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish Kelajakda ishlab chiqarish-iqtisodiy faoliyatning eng yuqori samaradorligiga erishish imkonini beradigan taraqqiyotning o‘rta va uzoq muddatli mo‘ljallarini asoslashga xizmat qiladi Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash XYuS xodimlari malakasining hozirgi zamon va istiqbol talablariga muvofiq (mos) kelishi. Bu narsa XYuS moliyaviy holati va uzoq muddatli taraqqiyoti barqarorligining asosiy (eng muhim) omili hisoblanadi XYuS aktivlarini bozoriy baholash XYuS ustav kapitalini oshirish imkoniyatlarini amalga oshirish. Bu narsa kreditorlarning mumkin bo‘lishi mumkin bo‘lgan talablarini qondirishning minimal kafolatlari darajasini oshirishni va shu hisobidan kontragentlar bilan yuqori darajada barqarorlikni, firma qiymatining oshishini ta’minlaydi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling