Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
N = E x (U
1 + U 2 ) : 2 x B Bu yerda: N – aylanma mablag‘larning normativi; E – aylanma mablag‘larga bo‘lgan kunlik ehtiyoj; U 1 + U 2 – navbatdagi ikki mol yetkazib berish- larning kunlardagi uzunligi; B – aylanma mablag‘ birligining bahosi. Aylanma mablag‘larning har bir elementlari bo‘yicha normativning alohida hisoblanishi natijasida xususiy normativlar vujudga keladi. O‘z navbatida, barcha xususiy normativlarni qo‘shish natijasida yig‘ma (jamlangan) normativ hosil bo‘ladi. Xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning alohida turlari bo‘yicha zaxiralarning kunlik (kundagi) normasi quyidagi zaxiralar summalarini inobatga olib o‘rnatiladi (belgilanadi): • transport zaxirasi; • tayyorlov zaxirasi; • texnologik zaxira; • joriy zaxira; • sug‘urta zaxirasi. Transport zaxirasi yukning yo‘ldagi kunlari va shu yuk uchun hujjatlarni to‘lash va ularning harakatlanish kunlari sonini o‘z ichiga oladi. Tayyorlov zaxirasi qabul qilishni rasmiylashtirish, navlarga ajratish, ortish-tushirish, komplektatsiya qilish, moddiy resurslarni maxsus qayta tiklash va h.k.lar bog‘liq. Bu zaxira norma yoki haqiqatda sarflangan vaqt asosida o‘lchanadi. 260 Texnologik zaxira ishlab chiqarish texnologiyasiga bog‘liq va texnologik normalar asosida hisoblanadi. Asos sifatida joriy maksimal ombor zaxirasi olinadi, chunki u materiallarni navbatdagi ikki yetkazib berish intervali o‘rtasida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi. Maksimal joriy zaxira materiallarga bo‘lgan o‘rtacha kunlik ehtiyoj va navbatdagi ikki mol yetkazib berish intervali o‘rtasidagi uzunlikning (davomiylikning) ko‘paytmasiga teng. Mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish hajmining o‘sishi joriy ombor zaxirasining oshirilishini talab qiladi. Shuningdek, maksimal joriy zaxira ishlab chiqarishning bir maromdaligini (ritmligini) ta’minlash uchun har doim biroz o‘zgartirilishi kerak. Sug‘urta zaxirasi rezerv sifatida, odatda, joriy ombor zaxirasining 50% doirasida qabul qilinadi. Shunday qilib, zaxiraning kunlardagi normasi transport zaxirasi, tayyorlov zaxirasi, texnologik zaxira, joriy ombor zaxirasi va sug‘urta zaxiralarining summasiga teng bo‘lgan summalar yig‘indisidan iborat. Tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha aylanma mablag‘- larni norma (me’yor)lashtirish buyumlarning guruhlari bo‘yicha amalga oshiriladi va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling