“Tamoyil” (lot. “oqhmbhohtl” – boshlang‘ich)


Uchinchi daraja. Tizim holatini o‘rganadigan diagnostika


Download 1.96 Mb.
bet4/6
Sana20.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1038139
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzuг

Uchinchi daraja. Tizim holatini o‘rganadigan diagnostika. Bu darajadagi diagnostika pedagogik jarayonning yaxlit tizimli hodisa sifatida individual jihatlarining vazifalarini, shuningdek, bu jarayonning rivojlanishini aniqlash imkonini beradi. Ushbu diagnostika darajasi eng to‘liq hisoblanadi. Tizim holatini o‘rganuvchi diagnostika yordamida alohida komponentlar orasidagi o‘zaro aloqalarning to‘liq tavsiri o‘rganiladi. Tizim tarkibiy elementlarining muayyan vazifani bajarishdagi ishtiroki, ularning o‘zaro munosabatlari tahlil qilinadi. Mazkur diagnostika maqsadni qabul qilishdan toki yakuniy natijaga erishishgacha bo‘lgan pedagogik vaziyatlar zanjirining rivojlanish tarixini ob’ektiv o‘rganishga imkon beradi.
M.E.Inkov muammoni tizimli ravishda o‘rganar ekan, dastlab e’tiborni kasbiy kompetentsiyalarni tashxislash mazmunini yoritishda ustuvor xarakter kasb etuvchi tayanch tushunchalarni sharhlashga qaratadi. Muallif kasbiy kompetentsiyalarni tashxislash quyidagi tayanch tushunchalar orqali ifodalanadi: boshqaruv-pedagogik tashxislash; tashkiliy-metodik tashxislash, tezkor tashxislash. M.E.Inkovning ishida mazmunan mazkur tushunchalar quyidagicha yoritilgan:
Boshqaruv xarakteridagi pedagogik tashxislash – o‘quv-tarbiya jarayonining didaktik va metodik imkoniyatini, pedagoglar va o‘quv muassasalari rahbarlarining kasbiy malakasini pedagogik tashxislashning funktsional hamda tuzilmaviy jihatdan o‘zaro bog‘langan tarkibiy qismlarining mazmuni.
Tashkiliy-metodik tashxislash – o‘qituvchilarning metodik kompetentligi va kasbiy tayyorgarligini, pedagogik jarayonni tashkil etishning o‘ziga xosligini pedagogik tashxislashning funktsional va tuzilmaviy jihatdan o‘zaro bog‘langan tarkibiy qismlarining mazmuni.
Attestatsion tashxislash – ta’lim sifatini boshqarishga qaratilgan umumiy tizimda o‘qituvchilar faoliyatini kompleks ekspert baholash xususiy hodisa bo‘lib, o‘qitishning tegishli sohasida pedagogik faoliyatni tegishli muassasa ustavi, davlat ta’lim standartlari, mahalliy va xalqaro tajribalarga muvofiq kelishini anglatuvchi qobiliyati sifatida e’tirof etilishini ta’minlaydi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling