“Tamoyil” (lot. “oqhmbhohtl” – boshlang‘ich)


Tashxis muddatining aniq belgilanishi


Download 1.96 Mb.
bet2/6
Sana20.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1038139
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzuг

3.Tashxis muddatining aniq belgilanishi. Pedagogik jarayonda tashxis muddatlarini to‘g‘ri, oqilona belgilash va ularning aniqligiga erishish olingan natijalarning ishonchli, haqqoniy bo‘lishiga yordam beradi. Qolaversa, o‘qituvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishgan yoki erishmaganligini aniq belgilanishini ta’minlaydi. Tashxis muddatining aniqligi natijalarni haqqoniy va ishonch bo‘lishiga yordam beradi.
4.Tashxis jarayonining izchilligi va davomiyligi. Pedagogik
jarayonining izchil, davomiy bo‘lishi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentlik sifatlarini o‘zlashtirishda o‘quvchilar duch kelayotgan to‘siq va muammolarni aniqlash, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etib borish imkonini beradi.
5.Shaxsiy xususiyatlarni inobatga olish va ko‘p omillik. Pedagogik tashxislashda o‘rganilayotgan sub’ekt (o‘quvchi, o‘quvchilar sinfi) yoki ob’ektga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarga tayanib ish ko‘rish, ularni sinchiklab, puxta o‘rganish, tahlil qilish zarurligini anglatadi. Ko‘p omillik esa tashxislanayotgan o‘quvchini shaxs sifatida rivojlantirish yoki jarayon (ta’lim, tarbiya jarayoni)ning sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan omillarni aniqlash, tizimlashtirish, o‘quvchilarning mavjud bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarning asosli, to‘g‘ri bo‘lishiga yordam beradi.
6.Tashxis metodikasining amaliyotga mosligi. Pedagogik, psixologik jarayonlarda metodikaning shakllantirilishi va uning amaliy qiymatga ega bo‘lishi tashxislashning samarali bo‘lganligidan dalolat beradi. SHu sababli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashxis metodikasining amaliyotga mos kelishiga e’tibor qaratish to‘g‘ridir.
7.Tashxis shakli, metodi, vosita va texnologiyalarning o‘zaro birligi. Ma’lumki, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarda faoliyat muayyan shakl, metod, vosita va texnologiyalar yordamida tashkil etiladi. Kutilgan natijani qo‘lga kiritishda ularning to‘g‘ri tanlanganligi muhim bo‘lsa, ular o‘rtasida o‘zaro birlikni qaror toptirish ham shunchalik muhimdir.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling