Tan olingan mamlakatmiz. Biror mamlakat ikkinchi mamlakatni tan olishi
Download 16.32 Kb.
|
Tashqi siyosat
faoliyat yuritishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy siyosat Har bir davlat boshqa davlat bilan diplomatik aloqalarni yo`lga qo`ygach, qonuniy ravishda eksport va import faoliyatini ham amalga oshiradi. Agar qaysidir davlatda boshqa mamlakat bilan savdo aloqalarida eksport hajmi importnikidan ustunlik qilsa, bu holat savdo profitsiti, buning aksi esa savdo defitsiti deyiladi. Ikki mamlakat o`rtasidagi savdo aloqalarida bir taraf bir necha yil davomida savdo defitsiti holatida bo`lsa, bu o`sha mamlakatdagi pulning inflatsiyaga uchrashini keltirib chiqarishi mumkin. Biror mamlakatdagi pulning qadrsizlanishi (inflatsiya) o`sha mamlakatda qaysidir mamlakatdan import hajmi balansdan ortib ketishi va bu tufayli xorijiy mamlakat savdoda o`z pul birligi yoki xalqaro valyutani talab etishidan ham kelib chiqadi. Bugunda dunyo mamlakatlari pul birliklari orasida dollar, yevro, funt sterling, yapon iyenasi, shveysar franki va xitoy yuani xalqaro (rezerv) valyuta maqomiga egadirlar. Ushbu valyuta yoki oltin zapaslariga ega mamlakat xalqaro iqtisodiy inqirozlar sharoitida o`z moliyaviy resursiga ega bo`ladi. XXI asrda xalqaro iqtisodiy inqirozlar davlatlar iqtisodiyotlaridagi keragidan ortiq miqyosdagi ishlab chiqarish yoki biror yoqilg`i turiga bog`lanib qolish tufayli ham kelib chiqishi mumkin. Bunday vaziyatlarda davlatlar o`rtasida investitsiya almashinuvlari qisqaradi. Biror davlat ikkinchi bir davlatga investitsiya kiritishi uchun o`sha mamlakatda qulay investitsion muhit yaratilganligiga ishonch hosil qila olishi zarur. Bunda o`sha mamlakatda ishlab chiqarishning rivojlanganligi va demokratik institutlar mavqeyi chuqur o`rganiladi. U yoki bu mamlakatda demokratik institutlarning rivojlanganlik darajasiga ko`ra davlatlar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlar taraqqiy etishiga sharoit tug`iladi. Agar bu munosabatlar sovuqlashsa bir mamlakat ikkinchi mamlakatning qaysidir mahsulotiga embargo joriy etishi mumkin. Xalqaro iqtisodiy siyosat tilida embargo tushunchasi ostida biror mamlakatdagi biror mahsulotning xalqaro bozorlarga chiqishiga taqiq qo`yilishi tushuniladi. Bu turli siyosiy vaziyatlar bilan bog`liq bo`ladi va agar o`z natijasini bermasa, iqtisodiy sanksiyalar chorasi ishga tushiriladi. Download 16.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling