Tanishtirish metodikasi fanining


Download 0.53 Mb.
bet58/72
Sana30.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1404559
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72
Bog'liq
bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi (3)

O'simliklar hayotidagi o'zgarishlar. Mart oyida dalalar «ko'klam libosini kiyadi». Boychechak, chuchmoma, sovrinjon, gunafshalar ochila boshlaydi. Yovvoyi ildizli o'simliklar, lolalarning ko'pgina turlari, giatsintlar, har turli narsislar barg chiqara boshlaydi.

Toshkentning tepalik va yon bag'irlari ertangi gulsapsar, lola, nilufar singari gullar bilan qoplanadi. Bu gullar ko'p yil yashasa ham, yog'ingarchilikdan keyingina gullaydi. Yozda ularning tanalari quriydi, yer ostida esa ildizlari saqlanib qoladi.
Ochiq va baland joylarda oq qaldirmoq, boychechak, itgunafsha, qoqio't, kapalakgul, gunafsha, bo'tako'z singari bir yillik o'simliklar ham gullaydi.
Daraxtlar shira chiqara boshlaydi. Qor erishi bilan daraxt ildizlari yerdagi namlikni o'ziga tortadi. O'simlik to'qimalari suvga to'ladi, suv olish bilan birga ozuqa moddasi bo'lgan uglevodni ham oladi. Uglevod barg to'qimalari orqali ildizga borib, kunlar isiy boshlashi bilan ildizdan

kurtakka qarab yo'naladi. Kurtak bo'rtadi va ochiladi. Ozuqaning shunday harakati orqali o'simlik
«uyg'onadi». Suvning ildizdan daraxtga ta'siri shoxshabba orqali bo'ladi, yozda suv shoxlar orqali ildizga boradi va parlanadi.
Mart oyida qo'ziqorinlar paydo bo'ladi. Ular O'zbekiston sharoitida uch haftagina o'sadilar, biroq seryomg'ir bahorda qo'ziqorinlar aprelmay oylarida ham o'sishni davom ettiradi.
Mart oyida ko'lmak suvlarda lempa, elodeya, qo'ytikan, perolistnik va boshqa suv o'simliklari o'sadi.
Aprel oyida deyarli barcha daraxtlar barg chiqaradi. Eman va shumtol singari daraxtlar hamma daraxtlardan keyin ko'karadi.
Yog'ochli daraxtlar gullay boshlaydi, yong'oq, eman, tol singari daraxtlar gulto'da chiqara boshlaydilar, zarang daraxtining gullari kul rang va ko'ksariq tusda bo'ladi, shumtol daraxtida esa mayda gul kosalari ichida o'tiradi, akatsiyada — cho'p shaklidagi oq, xushbo'y gullar ochiladi, gledichiya daraxtida, ko'rimsiz, mayda sariq gulchalar paydo bo'ladi.
Aprel oyida nastarin, jasmin, buldonej singari buta o'simliklari gullaydi. Daraxtlarning uyg'onishi obhavoning isishiga bog'liq bo'ladi.
Martning oxiri va aprel oyining birinchi yarmida danakli o'simliklardan birinchi bo'lib: shaftoli, olcha, tog'olcha, olxo'ri gullaydi. Keyinchalik aprel oyining yarmida mevasining ichida urug'i boigan daraxtlardan: olma, nok, behi gullaydi.
Bahorda harorat bir me'vonda ko'tarilganda danakli daraxtlar bilan urug' daraxtlarning gullashi deyarli oldinmaketin, ayrim hollarda esa, bir vaqtning o'zida gullaydi.
O'rik, shaftoli singari daraxtlar awal gullab, keyin barg chiqaradi. Olcha, tog'olcha, olma, nok, olxo'ri, behi singari daraxtlar esa awal barg chiqarib, keyin gullaydi. Obhavo sharoitining qulay kelishi daraxtlarning ko'plab gullashiga imkon beradi va hosildorlikni oshiradi.
Bolalar bilan gullarning har turli rangi va tuzilishi bilan tanishtirish maqsadida mevali boqqa ekskursiyalar o'tkaziladi. Bolalar o'rik, shaftoli, olcha daraxtlarining gullarini hajmiga, barglarining rangiga qarab tezda ajrata olib, eslarida saqlab qolish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Ana shu vaqtda sahrolarda lolaqizg'aldoq va lolalar chamandek ochiladi.
Aprel oyining oxirida va ko'pincha may oyining boshlarida jiyda daraxti kumushsimon barglar bilan qoplanadi. U kuchli xushbo'y hid taratuvchi sariq gullar chiqaradi.
May oyida buldonej, uzum, jiyda gullaydi, olcha, gilos, qulupnay pishadi. Suv havzalarida mayda suv o'simliklarining ko'payishi davom etadi va suv yashil yoki sariq tusga kiradi.


    1. Download 0.53 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling