Tanishtiruv amaliyoti hisoboti
Download 1.41 Mb.
|
Alimova Mahliyo hisobot (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olmaliq-2021
- 1Tayyorlash jarayonlari
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali «Konchilik ishi va metallurgiya» fakulteti «Konchilik ishi» kafedrasi TANISHTIRUV AMALIYOTI HISOBOTI Amaliyot joyi: ____________________________________________________ Korxonadan amaliyot rahbari:_____________________________________ _______________________________________________________________ OTM dan amaliyot rahbari: ________________________________________ _______________________________________________________________ Bajardi: ________________________________________________________ Qabul qildi: _____________________________________________________ Hisobotga qo‘yilgan baho___________________________________________ Hisobot himoyasiga qo‘yilgan baho: __________________________________ Olmaliq-2021 Reja: I.Kirish
“Olmaliq KMK” AJ 2-Mis boyitish fabrikasi to‘g’risida umumiy ma’lumot . 2-Mis boyitish fabrikasida qo`llaniladigan maydalagich,tegirmon va boshqa uskunalar haqida ma’lumotlar. 2-Mis boyitish fabrikasida qo’llaniladigan boyitish usullari. III. Xavfsizlik qoidalari IV. Xulosa. Kirish
Foydali qazilmalar asosan 3 turga bo'linadi va ular quyidagicha bo'ladi: rudali, rudasiz va yoqilg’ilar. Ruda deb shunday foydali qazilmalarga aytiladiki, hozirgi zamon texnika va bo'yitishning texnologik jarayonlarida ulardan olinadigan qimmatbaho komponentlar miqdori iqtisodiy tomondan foyda keltirish uchun yetarli darajada bo'lishi kerak. Foydali qazilmalarning tarkibi asosan qimmatbaho komponentlardan, foydali yo'ldosh komponentlardan, zararli qo'shimchalardan va chiqindilardan iborat. Qimmatbaho komponent deb foydali qazilmalar tarkibidagi alohida kimyoviy element yoki mineralga aytiladiki, u element qayta ishlash va boytitish jarayonlarida kerak bo'lsin va xalq xo'jaligida ham foydali bo'lsin. Foydali qo'shimcha deb foydali qazilmalar tarkibida ozroq miqdorda uchraydigan alohida kimyoviy element yoki tabiiy birikmaga aytilib, ular asosiy qimmatbaho komponent bilan birga ajratib olinadi va asosiy komponentni boyitadigan qo'shimcha hisoblanadi. Yo'ldosh komponent deb foydali qazilmalar tarkibida oz miqdorda uchraydigan alohida qimmatbaho kimyoviy element yoki minerall bo'lib, foydali qazilmalarni boyitilganda bir yo'la mustaqil ajralishi va boyitilishiga aytiladi. Zararli qo'shimcha – alohida kimyoviy element yoki tabiiy birikmalar bo'lib, foydali qazilmalar tarkibidagi asosiy qimmatbaho komponentlarni sifatiga salbiy ta'sir qiladi. Chiqindi deb mahsulotlar tarkibidan foydali komponentlar va boyitmalarni ajratib olgandan keyin qoladigan keraksiz mahsulotga aytiladi.6 3. Ruda – minerallardan tashkil topgan bo’lib, tarkibida har xil minerallar, ma'danlar yoki birikmalari bo'lgan tog jinsi. Foydali qazilmalar albatta qazilib olinib boyitish fabrikalari yoki gidrometallurgiya zavodlariga boyitish, ya'ni, tarkibidagi bizga kerak bo’ladigan mahsulotni, qimmatbaho komponentni ajratib olish uchun tashib boriladi. Demak, foydali qazilmalar boyitish jarayonlari ketma-ketlikda quyidagi 3 ta asosiy katta qismga bo’linadi: 1) tayyorlash jarayonlari. 2) asosiy (boyitish) jarayonlar. 3) yordamchi jarayonlar . Bu uchta jarayonlarni birgalikda boyitish texnologiyasi deb ayta olishimiz mumkin. 1Tayyorlash jarayonlarini o’rganishdan maksad minerall zarrachalarining yuza qismini qoplab turuvchi puch tog jinslaridan ochib berish va dastlabki xom ashyoni boyitishga tayyorlashdan iborat. Bu jarayonlar har-xil prnitsipda ishlaydigan q’alvirlarda, maydalagichlar va tegirmonlarda amalga oshiriladi. Boyitishning asosiy jarayonlarda deganda esa boyitishga tayyor bo'lgan xomashyo zarrachalarini har xil usullar yordamida ularning tarkibi, fizik–kimyoviy xossalariga qarab boyitib ajratib olish tushuniladi. Tayyorlash jarayonlar ham o'z navbatida quyidagilarga bo'linadi: 1) maydalash. 2) g’alvirlash. 3) yanchish 4) klassifikatsiya, sinflarga ajratish – tasniflash. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling