Tanlangan texnologik ishlab chiqarish jarayonining bayoni
Tanlangan texnologik ishlab chiqarish jarayonining bayoni
Download 1.44 Mb.
|
Nh3
6. Tanlangan texnologik ishlab chiqarish jarayonining bayoni
6.1. Jarayoning fizik – kimyoviy asoslari Azot – vodorod bilan bir necha xil birikma hosil qiladi, ulardan eng muhimi ammiakdir. Ammiak – odatdagi sharoitda o’ziga hos o’tkir hidli, rangsiz gaz bo’lib havodan deyarli ikki marta engil. Bosim oshirilganda yoki sovutilganda u osongina rangsiz suyuqlikka aylanadi. Atmosfera bosimida (– 33,50C) gacha sovutilsa (– 77,80C) da qotadigan tiniq suyuqlik hosil bo’ladi. Suyuq ammiak po’lat balonlarda 6 – 7 atmosfera bosim ostida saqlanadi. Bir litr ammiak normal sharoitda 0,77 gr keladi. Ammiak suvda juda yaxshi eriydi. Ammiakning konsentratsiyali eritmasida 25% H2 bo’lib, zichligi 0,91 gr/sm3 ga teng. Ammiakning suvdagi eritmasini novshatil spirt deb ham ataladi. Haroratning ko’tarilishi bilan ammiakning eruvchanligi kamayadi. Eritma qizdirilganda ammiak ajralib chiqadi. Ammiak kimyoviy jihatdan ancha aktiv birikmadir. Reaksiyalarda qaytaruvchi xossalarini namoyon qiladi. Ammiak kislorodda oqimtir yengilroq alanga berib yonadi. Bunda suv va erkin azot hosil bo’ladi. 4NH3 + 3O2 → 2N2+6H2 O Boshqa sharoitda ammiakning oksidlanishi davom etib azot oksidlari hosil bo’lishi mumkin. Ammiakning suvdagi eritmasi miqdoriy reaksiyaga ega, bu hol unda gidroksil ionlari borligidan darak beradi. NH3 + H2O ↔ NH4OH Ammiakning muhim kimyoviy xossasi uni kislotalar bilan ta’sirlashib ammoniy tuzlarini hosil qilishidir. NH3 + HCl → NH4Cl NH3 + H3PO4 → (NH4) 2HPO4 Ammoniy tuzlari suvda oson erib ionlarga batamom, ajraladi. Ammiak va ammoniy tuzlari amalda keng miqyosda ishlatiladi. Suyuq ammiakdan sovitish moslamalarida sovituvchi agent sifatida, sun’iy tuz tayyorlashda ishlatiladi. Ammiakning suvdagi eritmalaridan kimyo sanoatning turli sohalarida oson uchuvchan kuchsiz asos sifatida shuningdek, meditsinada turli ehtiyojlar uchun foydalaniladi. Hozirgi vaqtda olinayotgan ammiakning asosiy qismi nitrat kislota va mineral o’g’itlar tayyorlash uchun ketadi. Suyuq ammiak va uning suvdagi eritmalari suyuq azotli o’g’itlar sifatida ishlatiladi.
Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling