Tanlov asosida Na’munaviy ochiq faoliyat ishlanma tayyorlash


Download 17.2 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi17.2 Kb.
#1830977
Bog'liq
GULJAMOL UZOQOVA


Maktabgacha ta’lim (3 yil ish stajiga ega masofaviy) talabalari uchun pedagogik amaliyot topshirig‘i

  1. Takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi bo‘yicha Noyabr oyining 4 ta hafta mavzusidan birini tanlab, KICHIK, O‘RTA, KATTA, TAYYORLOV GURUHLAR uchun (tanlov asosida) Na’munaviy ochiq faoliyat ishlanma tayyorlash.



Noyabr oyining ikkinchi haftasi
Gurux : O’rta guruhlar uchun
Oy mavzusi : Transport. Yo’l harakati qoidalari. Hayot xavfsizligi asoslari.
Hafta mavzusi : Svetafor
Maqsad : Bolalarga yo’l harakati qoidalarini bilishga va unga rioya qilishga o’rgatish. Yo’l harakati belgilari, svetafor, piyodalar o’tish chizig’i yo’llari haqida bilish ko’nikmalarini mustahkamlash.
Kerakli jihozlar : Mavzuga oid rasmlar, bukletlar, videolar va ko’rgazmalar.
Markazlar : O’yin va o’yinchoqlar, milliy markaz, tasviriy faoliyat burchagi.
Tarbiyachi : Aziz bolajonlar bugun sizlar bilan yo’l harakati qoidalari, chorrahadagi svetafor haqida suhbatlashamiz.
(Bolalarni mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlash uchun savol-javob o’tkazadi)
Tarbiyachi :

  1. Ko’cha yo’l harakati qoidalarini bilasizmi?

  2. Katta asfalt yo’llarda nimalar yuradi?

  3. Yo’l harakati qoidalarini kim tartibga soladi?

  4. Svetaforning nechta chirog’i bor?

Bolalar javoblari : Uchta. Qizil, sariq, yashil

Tarbiyachi : Barakalla bolajonlarim! O’zimning aqlli ko’zmunchoqlarim! Qani endi svetafor haqida she’r yodlaymiz.

Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda xo’r bo’lib aytadilar.
Tarbiyachi: Endi bolajonlar birgalikda katta doskada svetafor bo’yaymiz. Sizlar qaysi rangni bo’yashimni aytib turasizlar.
Bolalar : Xaaa!

Tarbiyachi katta doskaga svetaforni rasmini chizib uni bolalar bilan birgalikda bo’yaydi.
Bolalar bilan birgalikda legodan svetafor ranglarini ajratish o’yinini o’tkazadilar.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi bolalarni har biriga yashil, sariq, qizil kartochkalar bilan rag’batlantiradi.

Tarbiyachi : G.UZOQOVA
Ps : Mashg’ulotlarda qizil kartochka xech qachon o’z egasini topmagan.
Download 17.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling