Taqdimod ishi mavzu: bul algebrasi qonunlari


Download 1.07 Mb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1531803
1   2   3
Bog'liq
taqdimod ishi 26

Mantiqiy algebra
Agar raqamli sxemalar yordamida muayyan boshqarish yoki hisoblash qonunlarining bajarilishiga erishmoqchi bo‘lsalar, unda o‘ylangan narsalarni
“amalga oshirish” mumkin bo‘lgan sxemalarni topish talab etiladi. Sodda
(oddiy) vazifalarga mo‘ljallangan sxemalarni tanlab olish yo‘li bilan topish mumkin. Biroq sxemaga qo‘yiladigan talablar qancha yuqori bo‘lsa, uni tanlab olish yo‘li orqali topish ehtimoli shuncha kam. Hatto uzoq muddat davom etgan urinishlardan keyin mos sxemani topishga erishilsa ham, u odatda ortiqcha funksional bo‘lib, uni qo‘llash iqtisodiy jihatdan maqsadga nomuvofiq bo‘lib chiqadi. Tanlash orqali sodda, ammo ideal mos tushadigan sxemani topishning iloji yo‘q.

Mantiqiy algebrada faqat ikkita konstanta bor: 0 va 1.

  • Mantiqiy algebrada faqat ikkita konstanta bor: 0 va 1.
  • Bu konstantalar 0 va 1 mantiqiy holatlariga muvofiq keladilar.
  • 0 yoki 1 qiymatlaridan birini olishi mumkin bo‘lgan har qanday kattalik o‘zgaruvchan kattalik deb hisoblanadi. Sxemaning kirish kattaliklari, masalan A, B, C, o‘zgaruvchan kattaliklar bo‘ladilar, chunki ular 1 yoki 0 mantiqiy holatlariga ega bo‘lishlari mumkin. SHuningdek sxemaning chiqish kattaliklari ham o‘zgaruvchan kattaliklardir. (A va B) ko‘rinishidagi, ikki o‘zgaruvchan kattalikdan tashkil topgan ifodalar ham o‘zgaruvchan kattalik bo‘ladilar, chunki ular ham faqat 0 yoki 1 ga teng bo‘la oladilar.
  • Mantiqiy algebraning o‘zgaruvchan qiymatlari bo‘lib 0 yoki 1 holatlarini olishi mumkin bo‘lgan kattaliklar hisoblanadilar.

Mantiqiy algebra qonunlari Mantiqiy algebraning asosiy qonunlari doimiy kattaliklar ustida bajariladigan mantiqiy operasiyalar uchun amal qiladigan aksioma deb nomlanadigan qoidalardir.

Mantiqiy algebra aksiomalari va o’zaro o’xshashliklari. Aksiomalar. Mantiqiy operasiya uchun o‘zgaruvchan kattalikning konstanta bilan yoki o‘zgaruvchan kattalikning o‘z-o‘zi bilan yoki invertirlangan qiymati bilan bajarilish qoidalari aksiomalar deb nomlanadi.

  • Mantiqiy algebra aksiomalari va o’zaro o’xshashliklari. Aksiomalar. Mantiqiy operasiya uchun o‘zgaruvchan kattalikning konstanta bilan yoki o‘zgaruvchan kattalikning o‘z-o‘zi bilan yoki invertirlangan qiymati bilan bajarilish qoidalari aksiomalar deb nomlanadi.
  • Ma’lum o‘zgaruvchan kattalikni A deb belgilaymiz. A uchun to‘g‘ri bo‘lgan barcha narsa har qanday boshqa o‘zgaruvchan kattalik uchun ham to‘g‘ri.
  • A inversiyasini taqdim etish uchun normal-tutashgan kontakt qo‘llangan. Bosh uzgich ochiq bo‘lsa, u tutashgan (yopiq). Bosh uzgich tutashganida esa u ochiladi. SHunday qilib, A^A bo‘lganida oldinma-ketin ulangan (yoqilgan) kalitlardan biri doim ochiq bo‘lib, liniyada uzilish mavjud (0).

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling