Taqdimot mavzu: Qadimgi Sharqd xalqaro munosabatlar va diplomatiya


Duta (elchi) atamasining braxmanlarda tilga olinishi elchilik xizmati Hindistonda davlatchilik taraqqiyotining ilk bosqichida (mil. avv. I ming yillikning birinchi choragi) vujudga kelgan deb soz yuri


Download 75.74 Kb.
bet5/7
Sana03.11.2023
Hajmi75.74 Kb.
#1742162
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
qadimgi sharqda

Duta (elchi) atamasining braxmanlarda tilga olinishi elchilik xizmati Hindistonda davlatchilik taraqqiyotining ilk bosqichida (mil. avv. I ming yillikning birinchi choragi) vujudga kelgan deb soz yuritishga imkon berardi.

  • Duta (elchi) atamasining braxmanlarda tilga olinishi elchilik xizmati Hindistonda davlatchilik taraqqiyotining ilk bosqichida (mil. avv. I ming yillikning birinchi choragi) vujudga kelgan deb soz yuritishga imkon berardi.
  • Kautilyaning Artxashastrasida maxsus bob elchining vazifalariga bagishlangan. Shu yerda, jumladan, elchilarning turkumlari keltirilgan - muxtor, cheklangan vakolatlarga ega va chopar (maktublar etkazuvchi).Elchilik xizmatini bajargan amaldorlar boshqa, doimiy vazifalarga ham ega bolgan-ki, ularning mamuriy apparatdagi orni va mansablarining nomlari aynan shu orqali belgilangan. Elchining mahalliy aholi bilan aloqa qilishi podsho farmoniga kora man etilishi yoki cheklanishi mumkin edi. Siyosiy asarlarda elchiga koproq sukut qilish va eshitish qatiyan tavsiya etiladi. Elchi ozga mamlakatga jonab ketar ekan, sayohati uchun zarur bolganlarning barchasini - otlarni, aravalarni, pullarni puxtalik bilan tayyorlagan. Uzoqda joylashgan mamlakatlarga elchiliklar juda kam yuborilgan. Manbalarda asosan Hindiston ichkarisida mavjud bolgan davlatlarga yuborilgan elchiliklar haqida gap yuritiladi. Hindiston hududida koplab kichik davlatlarning mavjud bolishi elchiliklar sonining shunga mos bolishini talab qilardi. Tobe davlatlar oliy xukmdor poytaxtida doimiy vakillariga ega bolishgan. Elchilik xizmatining tashkil qilinishi Qadimgi Hindiston davlatlarining rivojlanish darajasiga mos bolgan. Maxsus diplomatik muassasa, aftidan, shakllanmagan bolsa ham, elchilik vazifalarini podsho nomidan ish olib borgan oliy mansabdor shaxslar yoki batafsil korsatmalar olgan oddiy amaldorlar bajargan. Elchilardan nomalarni (maktublarni, xatlarni ) etkazib berish niqobi ostida raqibni yoki uning eng qudratli amaldorini yoq qilish maqsadida ham foydalanilgan.
  • Shuningdek, elchilar dushmanning joylashuvi, kuchlari, zahiralari haqida malumotlar toplagan. Artxashastrada turli hil nomalarning (maktublar va xatlarning), shu jumladan, diplomatik tusdagi yozishmalarning formulyarlari berilgan.

Download 75.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling