- Xan imperiyasining qoshni xalqlar bilan munosabatlarda avvalgi davrdan meros bolib qolgan oykumena egotsentrik (egotsentrizmga oid, ota manmanlik. Ozini dunyoga ustun deb bilish) konsepsiyasi katta rol oynagan.
- Ushbu rasmiy tashqi siyosiy doktrinaga daosizm falsafasiga oid asarlarda oz aksini topgan ozgacha konsepsiya qarshi turganki, unga kora Orta imperiya-ning boshqa xalqlarga nisbatan ustunligi inkor qilingan. Xan imperiyasining, uning tarkib topgan kunidan boshlab, eng muhim tashqi siyosiy vazifasi chegaralarni kochmanchi Syunnu qabilalarning muntazam bosqinlaridan himoya qilish edi. Miloddan avvalgi III asrning oxiriga kelib imperiyaning shimoliy chegaralarida ushbu qabilalarning qudratli birlashmasi vujudga keldi.
- Tinchlik va qarindoshchilikka asoslangan shartnoma deb malum bolgan va miloddan avvalgi 198 yilda tuzilgan shartnomaga binoan Lyu Ban shanyuy (syunnu qabilalarining oliy sardori) Modega nisbatan olpon tolovchi ekanligini faktik jihatdan tan oldi. Miloddan avvalgi 195 yilda Lyu Banning olimidan song Mode, vaziyatni ozi uchun qulay deb xisoblab, yana bir marotaba nazarini Xitoyga qaratdi. Modomiki, Xitoyga hujum qilishga rasmiy baxonasi bolmagan Mode igvo qilmoqchi boldi va miloddan avvalgi 192 yilda Lyu Banning beva xotini imperatritsa Lyuyxouga nikoh taklifi bilan maktub yubordi. Konfutsianlik ahloqiga binoan beva xukmdor ayolga nikoh taklifi bilan murojaat qilish rasm odat bolib qolgan odob qoidalarining qopol tarzda buzilishi edi. Lyuyxou darhol shanyuy Modega qimmatbaxo sovgalar yubordi. Shu bilan bir qatorda nikoh togrisidagi taklifiga rad javobini berdi.Xan imperiyasi Buyuk ipak yoli boylab joylashgan Sharqiy Turkiston vohasining shahar-davlatlarida oz tasirini va xukmronligini yoyish uchun turli diplomatik va harbiy usullardan foydalangan. Ushbu siyosatni amalga oshirishdagi muhim bosqich sifatida Xan imperiyasining usun qabilalari bilan ittifoq tuzishi namoyon boldi. Miloddan avvalgi 115 yilda usunlar xuzuriga Chjan San boshchiligidagi elchilik yuborildi. Ushbu elchilik Xan davridagi Xitoy davlatining Markaziy va Orta Osiyoning, hamda Orta Sharqning boshqa mamlakatlari bilan savo va diplomatik aloqalarini rivojlanishida katta rol oynadi. Biroq Buyuk ipak yolini egallash Udi uchun uning imperiya sarhadlarini 10 ming li miqdorida kengaytirish va xokimiyatini butun dunyo boylab yoyish goyasini amalga oshirishdagi muhim bosqichi edi xolos. Harbiy yonalishdagi faol tashqi siyosat bilan bir qatorda Udi janubiy va shimoliy-sharqiy yonalishlar boyicha keng istilochilik harakatlarini olib bordi. Shu bilan birga, yillar davomida Udi tomonidan olib borilgan urushlar davlat zahiralarini va hazinani quritdi. Imperiyaning chekka hududlardagi qabilalarni Xanlarga qarshi chiqishlari kengaydi. Udi vafotidan song yirik istilochilik yurishlari deyarli olib borilmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |