Taqdimoti mavzu: jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklarda hamshiralik parvarishi
Download 6.5 Kb.
|
jinsiy yo\'l bilan yuqa
- Bu sahifa navigatsiya:
- TASNIFI Jinsiy aloqa orqali yuqadigan infektsion kasalliklarga (venerik) quyidagilar kiradi: Bakterial infektsiyalar
- Protozoal infektsiyalar
- DAVOLASH VA OLDINI OLISH
Davolash ishi yunalishi D-2407 C guruh talabasi Sattorova Muhsinabonuni Urologiya fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI Mavzu: JINSIY YO’L BILAN YUQADIGAN KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK PARVARISHI JINSIY YO’L BILAN YUQADIGAN INFEKTSIYALAR — TASHXISLASH, DAVOLASH, OLDINI OLISH, ASORATLARI Jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar (JYYK) yoki jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalar (JYYI) — ushbu atamalar ostida jinsiy aloqa orqali yuqadigan infektsion kasalliklar tushuniladi. Mahalliy tibbiyotda faqat jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalar odatda venerik kasalliklar guruhiga (sifilis, gonoreya, donovanoz, yumshoq shankr) ajratiladi. Boshqa JYYKlar ko’pincha boshqa usullar bilan yuqadi: parenteral (OIV, gepatit B, gepatit C), bevosita aloqa (qo’tir), vertikal (xlamidioz). TASNIFI Jinsiy aloqa orqali yuqadigan infektsion kasalliklarga (venerik) quyidagilar kiradi: Bakterial infektsiyalar: chov granulyomasi (donovanoz), yumshoq shankr, sifilis, venerik limfogranulyoma, xlamidioz, gonoreya, mikoplazmoz, ureaplazmoz; Virusli infeksiyalar: OIV, genital gerpes, inson papillomavirusi tomonidan chaqiriladigan o’tkir uchli kondiloma, gepatit B, sitomegalovirus (inson gerpesvirusi tip 5), kontagioz mollyusk, Kaposhi sarkomasi (Gerpes tip 8); Protozoal infektsiyalar: trixomoniaz; Zamburug’li infektsiyalar: kandidoz (molochnitsa); Parazitar kasalliklar: ftiriaz, qo’tir; YUQISH YO’LLARI JYYIning asosiy xususiyati patogenlarning atrof-muhit sharoitiga nisbatan yuqori sezuvchanligi bo’lib, qo’zg’atuvchilar bilan infektsiyalanish uchun to’g’ridan-to’g’ri aloqa zarur bo’ladi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti » 2006-2011 yillarda jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalarni oldini olish va ularga qarshi kurashish bo’yicha global strategiya»da «xavfsiz jinsiy xatti-harakatlar» tushunchasini ta’kidlaydi, unda: Erkak va ayol prezervativlarni to’g’ri va tizimli ishlatish Mahalliy bakteritsid moddalarni to’g’ri ishlatish; Sindromli yoki laboratoriya diagnostikasi yordamida muntazam tekshiruvlardan o’tib turish; Infektsiya tashxislanganda (yoki unga shubha bo’lganda) maxsus davolashni o’tash; Jinsiy tiyilish; Jinsiy sheriklarni xabardor qilish; Gepatit B va odam papillomavirusi kabi onkogen viruslarga qarshi vaktsina olish. TASHXIS Tashxilash bemorni ko’rikdan o’tkazish, klinik alomatlarni aniqlash (siyish paytida og’riq, jinsiy az’olardan ajralma chiqishi), surtmalar olish va qon namunalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. Ba’zi kasalliklarda (o’tkir uchli kondiloma) jismoniy alomatlar (og’riq, ajralma) umuman kuzatilmasligi mumkin. Barcha instrumental tekshirish usullari xatolarga ega, shuning uchun tashxis odatda bir necha turdagi tadqiqotlarga asoslanadi. Namunalar laboratoriya tahlilini o’rganish uchun quyidagi usullar qo’llaniladi: Surtma mikroskopiyasi (to’g’ridan-to’g’ri va lyuminestsent); Bakteriyalarni sun’iy o’stirish usuli (namunani ozuqa sirtiga surtish, keyin ularning dorilarga qarshiligini tahlil qilish); Patogenga antigenlarni aniqlash (IFT — immuno-ferment tahlillar va TIF — to’g’ridan-to’g’ri immunoflyuorestsentsiya usullari yordamida); Patogen DNKsini aniqlash (PZR — polimeraza zanjiri reaktsiyasi usuli yordamida); Qonda antitanalarni aniqlash (organizmning patogenga bo’lgan immunitetini). DAVOLASH VA OLDINI OLISH JYYKni davolash uchun infektsiya qo’zg’atuvchisiga qarab antibiotiklar, antivirus yoki antiparazitar vositalar qo’llaniladi. O’tkir qirrali kondilomalar radioto’lqin yoki boshqa usullar bilan yo’q qilinadi. Genital gerpesni davolashda mahalliy terapiya qo’llaniladi. Yagona va sog’lom jufti bo’lmagan jinsiy faol shaxslar himoyalangan jinsiy aloqa qoidalarini yodda tutishlari kerak (prezervativ), biroq u ham infektsiyaning oldini olish uchun 100% kafolat bermaydi. Barcha jinsiy faol shaxslarga yiliga bir marta sifilis, OIV, gepatit B uchun tekshiruvlardan o’tib turish tavsiya etiladi, hatto kasallik alomatlari kuzatilmasa ham. Download 6.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling