Taqdimotlar yaratish
Slayda rasmlar joylashtirish
Download 0.61 Mb.
|
2-amaliy mashg'ulot. Taqdimot yaratish.
Slayda rasmlar joylashtirish.PowerPoint da rasmlar chizish uchun “Risovaniye” panelidan foydalaniladi (10-rasm). Agar sichqoncha ko‘rsatkichini istagan asboblar paneliga tug’irlab, o‘ng tomonidagi tugmachani bossak, u ekranda aks etadi. PowerPoint dagi asosiy rasm chizish usullari quyidagicha: - qandaydir shaklni chizish uchun asboblar panelidan kerakli tugmachani bosib rasm chizish asboblari tanlab olinadi; - bir xil bir necha ob’yektlarni chizish uchun yoki tayyor ob’yektlar ustida bir xil amallarni bajarish uchun sichqoncha chap tugmasi ikki marta bosiladi; - hosil qilingan shakl ustida qandaydir amal bajarish uchun, avval uni qoraytirish kerak (sichqoncha bilan belgilab); - boshqa ob’yektlar bilan butunlay yoki qisman to‘silgan ob’yektni qoraytirish uchun birinchi plandagi ob’yekt qoraytiriladi, so‘ngra “Tab” tugmacha bosib turiladi; - ellips asbobi bilan “aylana”, “Pryamougolnik” bilan “kvadrat”, “Duga” bilan “aylana dugasi”ni chizish uchun rasm chizish jarayonida “Shift” tugmachasini bosib turish kerak; - “Liniya” asbobi bilan chizilgan chiziq gorizontal yoki vertikal bo‘lishi uchun “Shift” tugmachasini bosilgan holda ushlab turiladi; - birorta ob’yektlarni qoraytirish uchun “Shift”ni bosilgan holda ushlab turib sichqoncha bilan ketma-ket chiqillatiladi. Barcha ob’yektlarni qoraytirish uchun “Ctrl + A” tugmachalari bosiladi. 10-rasm.
Bu panel orqali hosil qilingan ob’yektlarni har birining xossalari mavjud bo‘lib, ular shu ob’yekt ustiga kelib sichqonchaning o‘ng tugmasini bosganda hosil bo’lgan menyudan “Format avtofiguri” qismini tanlaganda chiqadi va u orqali biz shu avtofigura uchun barcha xossalarni uzgartirish imkoniga ega bo‘lamiz. Slaydlarga rasmlarni joylashtirish uchun esa panelidagi “Dobavit kartinku” tugmasiga sichqoncha ko‘rsatkichi olib borilib, bir marta bosiladi: 11-rasm.
Ekranda quyidagi oyna hosil bo‘ladi: 12-rasm.
Bundan “Kolleksiya kartinok” qismi tanlanib, hosil bo’lgan oyna orqali kerakli rasmni qo‘yish mumkin (13-rasm). 13-rasm.
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling