Taqdimot slaydlarini san’atkorona jihozlash.
Prezentatsiya tayyorlashning asosiy bosqichi - bu san’atkorona jihozlashdir, chunki grafik qiyofadagi ma’lumotlar matnlilarga nisbatan ko‘rkamroq bo‘ladi, ikkinchidan, grafik qiyofa prezentatsiyaning asosiy belgilarini ajratib ko‘rsatadi yoki ma’ruzalarning murakkab holatlarini tushunishni osonlashtiradi. Umuman, prezentatsiya samaradorligi ishi tinglovchilarda yaxshi taassurot qoldiradi.
PowerPoint foydalanuvchilariga mutaxassislar tomonidan tayyorlangan ko‘p miqdordagi dizayn qoliplarini berish, format menyusidagi “Primenit” shablon dizayna komandasi yordamida bajariladi. Komanda chaqirilgach, bir nomli dialog darcha ochiladi - dizayn qolipida sichqoncha tugmasi ikki marta bosilsa, oldindan ko‘rish darchasida uning tasvirini ko‘ramiz. U yoki bu qolipni tanlash uchun unda sichqoncha tugmasi shu qolip ustiga ikki marta bosiladi.
Ranglar bilan birga PowerPoint zamon bilan baravar qadam tashlashga ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda turish uchun audio va videokliplarni prezentatsiyalar tarkibiga kiritish imkonini beradi. Bunday imkoniyatlar bilan tanishish uchun maxsus apparatura - video va audio kartalar, yaxshi displey va yuqori sifatli akustik tizim, audio va videofayllar kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |