PowerPoint ning grafiklar kutubxonasi “ClipArt Gallery”dan rasmlarni qo‘yishda foydalanish mumkin. PowerPoint rasmlar kategoriyalarga bo‘linadi. “ClipArt Gallery” kutubxonasidan qo‘yilgan rasm slaydni ancha diqqatga sazovor qiladi. Rasmlar bilan birgalikda oldin boshqa dasturlar tomonidan yaratilgan illyustratsiyalar, shuningdek, skanerlangan fotosuratlarni ham joylashtirish mumkin. PowerPoint boshqa muharrirlardagi rasmlarni ham bemalol ekranga chiqaradi.
Agar uzimiz hosil qilgan yoki biror faylda turgan rasmni slaydga joylashtirmoqchi bo‘lsak, menyuning “Vstavka” bo‘limidan “Risunok” bandi va bu banddan “Iz fayla…” qism bandi tanlanadi. Hosil bo’lgan oynadan kerakli faylni tanlab, sichqonchaning chap tugmasi ikki marta bosilsa, shu rasm matnda quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |