Taqdimotlarni yaratish texnologiyalari. Power Point dasturi
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
power point
- Bu sahifa navigatsiya:
- MS Power Point dasturida taqdimotlar yaratish
Taqdimotlarni yaratish texnologiyalari. Power Point dasturi Reja: 1. Taqdimot haqida tushuncha 2. MS Power Point dasturi 3. MS Power Point dasturida taqdimotlar yaratish Kundalik hayotimizda biz ko’pchilik hodisalar bilan tanishamiz va bular inson ongida turlicha aks etishi bilan farqlanadi. Butun borliq atrofimizni o’rab turgan olamning ongimizdagi aksi bu axborot sanaladi. Inson hamisha ko’rganlarini eslab qolishga va yoddan chiqarmaslikka harakat qiladi. Buning uchun esa turli xil yo’llarni o’ylab topdi va rivojlantirdi. Hozirgi elektron hisoblash texnikalari rivojlangan davrda buning yo’li juda osonlashib qolgan. Elektron qurilmalar va shu maqsadga yo’naltirilgan vositalar bunda katta yordam beradi. Aynan shunday maqsaddagi ishlar uchun ham Microsoft Office kompaniyasi Power Point dasturini ishlab chiqargan.
Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bo’lib, ularni ekranda ko’rsatish, tarqatiladigan material, ma’ruza rejasi va konspekt shaklida bitta faylda saqlanadi, Prezentatsiya (taqdimot) - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Slayd - bu prezentatsiyani alohida kadri bo’lib, matnni, sarlavhalarini grafik va diagrammalarni o’z ichiga oladi. Slayd - ma`lum bir o’lchamga ega bo`lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elеmеntlari joylanadi. Ma’ruza konspekti - Power Pointda prezentatsiya ustida ishlash jarayonida yaratilgan ma’ruza konspekti. Chop etish vaqtida ma’ruza konspektining har bir betida slayd va tekstning mazmunini tushuntiruvchi kichiklashtirilgan tasvir chiqarilgan bo’ladi. Prezentatsiya strukturasi (tuzilishi) - faqatgina slayd sarlavhasini, shuningdek, grafik tasvirsiz asosiy matnni va maxsus shakllantirishni ichiga olgan hujjat. Microsoft Power Point (to'liq nomi — Microsoft Office Power Point, inglizcha: power pointpower point — ishonarli hisobot) — taqdimotlar yaratish va ularni tomosha qilishga mo'ljallangan dastur bo'lib, Microsoft Officening bir qismi hisoblanadi va Microsoft Windows, macOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. Bu dastur 1987 – yilda yaratilgan bo’lsa ham, shu kungacha hech qanday ahamiyatini yoqotmagan va hali hamon yetakchi o’rinlarni egallab kelmoqda. PowerPointda yaratilgan taqdimotlar proyektor yordamida katta ekranlarda yoki katta o'lchamli televizion ekranlarda ko'rishga mo'ljallangan. Microsoft Power Point — univеrsal, imkoniyatlari kеng bo`lgan, ko`rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animasiya effеktlari, ovoz, vidеorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini bеradi. MICROSOFT POWER POINT dan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi yoki u yangi ish boshlovchi bo’lsa, yoki tajribali bo’lishidan qat`iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi. Kompyuter texnologiyasining rivojlanib borishi taqdimot masalasini hal etish ham oson, ham tez va asosiysi, sarf-harajatni juda ham kam bo’lishini ta'minlaydi. Shunday dasturlar yaratildiki, saydlar tayyorlash uchun matn, grafik muharrirlari, elektron jadval, multimedia dasturlari va Internet xususiyatlarini bog’lagan holda, quyidagi imkoniyatlarni beradi: 1) matn, rasm chizma va jadvallarni slayd sahifasida belgilangan tartibda joylashtirish; 2) matn, rasm chizma va jadvallarni slayd sahifasida ixtiyoriy tartibda joylashtirish; 3) taqdimotdagi bir slayd bezagini qolgan barcha slaydlarga avtomatik o’tkazish; 4) taqdimotdagi har bir slaydni alohida ko’rinishda bezash; 5) taqdimotda multimediali slaydlar yaratish. Dastur tomonidan matn, rasm, grafik va jadvallarni slayd sahifasida belgilangan tartibda joylashtirish. Taqdimot qilish tеxnologiyasining samaradorligi ko`p jihatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va h.k.larga bog`liq ekanligini ham unutmaslik lozim.
Power Point yaratish fikri Berkli oliygohi talabasi Bob Gaskinsda paydo bo'ladi. 1984-yil Gaskins Forethought firmasiga qo'shildi va Dennis Ostin ismli dasturchini ishga yollaydi. Bob va Dennis harakatlarini birlashtirishadi va Presenter dasturini yaratishadi. Dennis dasturning original versiyasini Tom Rudkin bilan yaratadi. Keyinchalik Bob dastur nomini Power Point deb o'zgartirishga qaror qiladi.
1987-yil Power Point 1.0 Apple Macintosh tizimi uchun namoyish etiladi. U oq-qora formatda ishlagan. Keyinchalik Macintoshning rangli ko'rinishlari paydo bo'lgan va dasturning ham rangli versiyasi yaratilgan. PowerPointning ilk versiyalarida dastur tarkibiga ko'k jildli kitob shaklidagi yo'riqnoma kiritilgan, ammo bu biroz qimmatga tushishi munosabati bilan Forethought elektron yo'riqnomaga o'tishga qaror qiladi.
1987-yil Forethought va Power Point Microsoft tomonidan $ 14 mln.ga sotib olinadi. 1990-yil Microsoft Office paketi to'plamidagi Windows uchun versiyasi namoyish qilindi. 2002-yildan boshlab Office XP Power Pointning paydo bo'lishi bilan u Office paketidan alohida ham tarqatilishi mumkin edi.
Versiyalari Yil Versiya Nom Izoh 1990 2.0
PowerPoint 2.0 Windows 3.0 uchun MS Office 1.x tarkibida 1992 3.0
PowerPoint 3.0 Windows 3.1 uchun MS Office 3.0 tarkibida 1993 4.0
PowerPoint 4.0 MS Office 4.x tarkibida
7.0
PowerPoint Windows 95 uchun Office 95 tarkibida
8.0
PowerPoint 97 Office 97 tarkibida 1999 9.0
PowerPoint 2000 Office 2000 tarkibida 2001 10
PowerPoint 2002 Office XP tarkibida 2003 11
PowerPoint 2003 Office 2003 tarkibida 2007 12
PowerPoint 2007 Office 2007 tarkibida 2010 14
PowerPoint 2010 Office 2010 tarkibida 2013 15
PowerPoint 2013 Office 2013 tarkibida 2016 16
PowerPoint 2016 Office 2016 tarkibida 2018 17
PowerPoint 2019 Office 2019 tarkibida Taqdimotlar quyidagi (prefiks yordamida) ko'rinishlarda saqlanishi mumkin:
➢ .ppt(pptx) — PowerPoint taqdimoti ➢ .pps — faqatgina PowerPoint taqdimoti ➢ .pot — PowerPoint modeli PowerPoint 2007 o'zining macOS uchun ishlangan versiyasida (2008) Office Open XML formatini taqdim etdi. Shundan so'ng taqdimotlar .pptx, .ppsx, .potx ko'rinishiga ega bo'ldi. Taqdimotga audio fayl qo'shish uchun MPEG LAYER 3 18HB 11025 Hz stereo formatini ishlatish zarur.
MS Power Point dasturida taqdimotlar yaratish Power Point dasturiga kirish:
Dastur ishga tushirilgach, eskiz va shablonlardan iborat bo’lgan oyna hosil bo’ladi:
Hosil bo’lgan oynaning pastki qismida foydalanuvchi shu kungacha foydalangan hujjatlar to’plami aks etadi. Oynaning tepa qismida esa Power Point dasturining foydalanuvchiga takil etayotgan hujjat yara tiladigan dizaynlar eskizlari namoyon bo’lgan. Bulardan foydalanuvchi o’ziga maqul bo’lgan dizaynni tanlaydi va natijada Power Point dast urining quydagi ishchi sohasi namoyon bo’ladi.
Oynaning eng yuqori qismida dasturning nomi, joriy oyna raqami va oynani tartibga solib turish elementlari joylashadi Power Point taqdimotlar muxarririning menyusi oynani yuqori qismida joylashgan bo’lib u 10 bo’limdan iborat: Fayl, Pravka, Vid, Vstavka, Format, Servis, Tablitsa va Okno. Bu bo’limlar yordamida biz taqdimot, slayd va ularda joylashgan xar xil matn, rasm hamda boshqa istalgan obyektlar ustidan har xil amallarni bajarishimiz mumkin. Endi bu bo’limlar bilan yaqinroq tanishaylik:
Asosiy menyu (Главная) yordamida foydalanuvchilar slayd qo’shishlari, yozuvlarga ishlov berishlari, abzats va matn ko’rinishlari bilan ishlashlari mumkin:
Prezentatsiya avvalo, sarlavhali slayddan boshlanadi. Bunda taqdimot yaratuvchining ism-sharifi, tanlagan mavzusi va shu kabilar yoziladi. Masalan:
Asosiy menyudagi uskunalarning har biri bilan tanishib chiqamiz:
jadval, rasm, turli xil shakllar, formula, diagramma, ssilkalar va multimediyalar joylashtirish imkoniyatiga egamiz:
Jadval yaratish 1. Uskunalar panelidan Dobavit tablisu (Jadval kiritish) tugmasini bosamiz. 2. Qatorlar va ustunlar sonini kiritamiz. Murakkab jadvallarni yaratish: 1. Uskunalar panelidan Tablisi i granisi (Jadvallar va chegaralar) tugmasini bosamiz. 2. So'ngra Narisovat tablisu (Jadval chizish) tugmasi bosiladi. 3. Sichqonning ko'rsatkichi qalam shakliga o’tadi: 4. Jadval chizish uchun sichqonning chap tugmasini bosgan holda qalamni istalgan tomonga harakatlantiriladi. Shu yo'l bilan har xil turdagi jadvallarni chizish mumkin. 5. Jadvalning ortiqcha joylarini o'chirish uchun Lastik (o’chirg’ich) dan foydalanamiz.
Konstruktor rejimida esa slaydlarning dizayniga e’tibor qaratamiz:
Kompyuter internetga bog’langan bo’lsa, dizaynlardan foydalanish imkoniyati kengayadi:
Переходы bo’limidan har bir slayd uchun animatsiyalar tanlashimiz va ularning boshlanish va tugash vaqtlarini sozlashimiz mumkin:
Bu funksiyadan foydalanish taqdimotimizni qiziqarliroq bo’lishiga xizmat qiladi. Hozirgi kunda bu o’tishlarning turlari ko’payib bormoqda
Animatsiya menyusida slaydga joylashtirilgan ma’lumotlarga: jadval, rasm, shakllar, formula, diagramma va matnlarga animatsiyalar tanlashimiz mumkin. Namoyish vaqtida prezentatsiyaga bo’lgan diqqatni saqlab qolish uchun har bir obyektga har xil animatsiyalarni tanlashimiz maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Animatsiyalar 3 xil bo’ladi: 1. Kirish (obyektning kirib keladi) 2. Belgilash (slayd davomida e’tiborni o’ziga tortadi) 3. Chiqish (obyekt chiqib ketadi)
Slayddagi obyektlarning ketma-ketligini tartiblash uchun «Область анимации» parametri tanlanadi va oynaning o’ng tarafida quyidagi maydon hosil bo’ladi
«Слайд-шоу» - prezentatsiyamizni tekshirish va qanday namoyish bo’lishini ko’rishda yordam beradi. Bu jarayonda biz ishimizning natijasini ko’ra olamiz. Bu menyu quyidagi funksiyalarni o’z ichiga oladi:
Bu qatorda taqdimotni video tarzida yozib olish, onlayn translyatsiya qilish imkoniyatlari ham mavjud. Taqdimot yaratib bo’lingach uni saqlab qo’yish maqsadga muvoviq bo’lib, bu jarayon menyular qatoridagi «Файл» bo’limidan amalga oshiriladi. Bu bo’lim tanlangach boshqa oyna hosil bo’ladi. Bu yerdan «Сохранить» tugmasi bosiladi va quyidagi oyna hosil bo’ladi:
Bu oynaning o’ng tarafidan prezentatsiyani joylashtirish kerak bo’lgan papka tanlanadi va taqdimot uchun nom tanlanadi: So’ngra «Сохранить» tugmasi bosiladi va taqdimot tanlangan papkaga saqlanadi.
Power Point ekranining pastki chap burchagida ish rejimi va uning turlarini boshqaruvchi tugmachalar (piktogrammalar) guruhi joylashgan. Power Point dasturidagi bu tugmalarning vazifalari quyidagicha:
Tugmacha Rejim Vazifasi
Bu rejim tanlanganda ekranda faqat bitta slayd tasvirlanadi. Slaydlar rejimi har bir slaydni ketma ketlik bilan jihozlab, unga kerakli matnlarni kiritishda juda qulay
Slaydlarni saralash Slaydlarni saralash rejimida hamma slaydlar ekranda kichiklashtirilgan holatda ko’rinadi. Bu rejim slaydlarning o’rnini almashtirish uslubini o’rnatishda va namoyish vaqtini belgilashda qo’llaniladi. Bundan tashqari bu rejimda slaydlarning o’rnini almashtirish va slaydlarni kerakli joyga ko’chirish imkoniyati mavjud.
O’qish
Varaq belgilari rejimi ma’ruza uchun kerak bo’lgan belgilarni tayyorlashda va ko’rib chiqishda qo’llaniladi. 23 Ko’rgazma yaratilayotganda har bir varaqani boshqariluvchi matnlar bilan to’ldirish mumkin.
Namoyish Namoyish etish rejimi ko’rgazmaning oxirgi ko’rinishini qurish uchun mo’ljallangan. Bu rejimda slaydlar ekranga ketma ket chiqariladi. Namoyish etish tartibi ko’zlanayotgan maqsadga qarab o’rnatiladi. Yuqorida qayd etilganlarning barchasi namoyishdan avval tayyorlab qo’yiladi.
Power Pointga mansub yordamchi tugmalar: - taqdimotga yangi bo’sh slayd qo’shish ( ) Ushbu tugma tanlangandan keyin ekranda oyna orqali yangi slayd turini tanlashni bizga taklif etadi; - taqdimot slaydlarini shakllantirishda Power Point ning tashqi ko’rinishini (rangli jihozlanishini) o’zgartirish yordamchisini ( ) ishga tushirish; - taqdimotni struktura rejimida ko’rsatganda slaydlar sarlavhalari va barcha asosiy matnlarni ko’rsatish yoki ko’rsatmasligini ta’minlaydi; - taqdimotni struktura rejimida ko’rsatganda slaydlar sarlavhalari va barcha matnlarning jihozlanishini (tashqi ko’rinishini) ko’rsatish yoki ko’rsatmasligini ta’minlaydi; - tanlangan matn obyektning harflarini soyali (s tenyu) tashqi ko’rinishiga o’tkazish; - tanlangan matn obyektning harflarini bir qadamga kattalashtirish; - tanlangan matn obyektning harflarini bir qadamga kamaytirish; - slayd obyektlarining paydo bo’lishini aniqlaydigan animatsiya effektlarini sozlash muloqot oynasini ekranga chiqarish; - slayd obyektlarining ung tomondan kattalashib, avtomobil ovozi bilan paydo bo’lishi animatsiya effekti; - slayd obyektlarining chap tomondan kattalashib, hushtak ovozi bilan paydo bo’lishi animatsiya effekti; - slayd obyektlarining o’rtadan kattalashib fotokamera ovozi bilan paydo bo’lishi animatsiya effekti; - slayd obyektlarining o’rtadan, yorug’lantirib paydo bo’lishi animatsiya effekti; - slayd obyektlarining o’ng burchakdan harfma harf paydo bo’lishi animatsiya effekti; - slayd obyektlarining harfma harf, yozuv mashinasi ovozi bilan paydo bo’lishi animatsiya effekti; - slayd obyektlarining o’ng tomondan qarama qarshi paydo bo’lishi animatsiya effekti; - slayd obyektlarining yuqoridan so’zma so’z paydo bo’lishi animatsiya effekti. Prеzеntatsiyalarni turli ko’rinishlarda namoyish etish mumkin. Bu ko’rinishlar mеnyuning «Вид» qismidan tanlanadi. • «Слайды» – Prеzеntatsiyani slaydlar ko’rinishida ko’rsatish; • «Структура» – bu band tanlanganda prеzеntatsiya nеchta slayddan iborat bo’lsa ular ro’yxati nomlari va ularga tavsiflari bilan ko’rinadi; • «Сортировщик слайдов» - bu band tanlanganda esa prеzеntatsiya nеchta slayddan iborat bo’lsa, ularning hammasi kichik ko’rinishda tartiblanib, nomеrlab joylashtiriladi. Bu ko’rinish slaydlar joylarini almashtirish, ularni joylashtirishda qulay; • «Страницы заметок» - bu band tanlanganda prеzеntatsiyaning bir slaydi ekranning yarmiga va shu slayd uchun ma’lumot kiritish uchun joy bеriladi. Prеzеntatsiya haqidagi ma’lumotlarni eslash uchun qulay ko’rinish; • «Показ слайдов» – Slaydlarni birin kеtin, animatsiyalari bilan ko’rsatilish tartiblarini inobatga olib to’liq ekranda namoyish etadi. Prеzеntatsiya tayyor bo’lganda uni namoyish qilish uchun qo’llaniladi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling