Taqdimotni tayyorlash va taqdim etish usuli va vositalari Reja


Xato 4. Taqdimot faqat sizning tavsiyangizni tasdiqlovchi dalillarni o’z ichiga olishi


Download 18.13 Kb.
bet4/6
Sana31.01.2024
Hajmi18.13 Kb.
#1818104
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Taqdimotni tayyorlash va taqdim etish usuli va vositalari Reja-fayllar.org

Xato 4. Taqdimot faqat sizning tavsiyangizni tasdiqlovchi dalillarni o’z ichiga olishi. Empirik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, agar prezentatsiyada o’zimizni tavsiyamizga qarshi boshqa fakt va dalillarni ham ko’rsatsak va ularni ehtiyotkorona birma-bir rad qilsak, auditoriya tomonidan o’zimizga va takliflarimizga nisbatan ko’proq ishonch paydo bo’ladi. Advokatlar buni “momaqaldiroqni o’g’irlash” deb atashadi: agar biror e’tirozni birinchi bo’lib o’zingiz bildirsangiz, auditoriyadagi tinglovchilaringizning xuddi shu e’tirozi nisbatan kamroq kuchga ega bo’ladi.
Xato 5. Ma’lumotlarni o’zingiz uchun mantiqiy bo’lgan tartibda taqdim etilishi. Odatda taqdimotchilar materiallarni o’zlari uchun mantiqiy bo’lgan tartibda joylashtiradilar. Masalan, oldin kirish qismi, keyin loyiha haqida ma’lumotlar, keyin amalga oshirilayotgan o’zgarishlar va hokazo. Bu tinglovchilar uchun juda zerikarli bo’lishi mumkin. Shuning uchun prezentatsiyani hammaga qiziq bo’lgan muammo bilan boshlash zarur, keyin yechimi bo’yicha o’z takliflaringizni berganingiz ma’qul. Slaydlarda keyingi qadamni aniqlash uchun ushbu savolga javob berib ko’ring: “Prezentatsiyamni hozir tugatsam, auditoriyadan berilgan taqdimot haqida birinchi e’tiroz nima bo’lishi mumkin?”. Birinchi e’tirozga keyingi slaydda javob berib, savolni yana qaytarish mumkin. Shu tarzda taqdimotni ketma-ketligini o’zingizga yoqqan holda emas, auditoriya eshitishni xohlagan ketma-ketlikda tayyorlasa bo’ladi.
Xato 6. Taqdimotni professional ko’rinishga keltirish uchun rang, tovush va klipartlardan foydalanilishi. PowerPointda ishlatiladigan qo’shimcha vizual bezaklarning foydalanilishi sizni professionallik darajangizni yuqoriroq ko’rsatishi mumkin. Ammo, bu sizning auditoriya bilan muloqotingizga zarar yetkazadi. Ilmiy tadqiqotlar ham quyidagi xulosaga kelishgan: har qanday qo’shilgan rang, tovush yoki rasm sizning slaydingizdagi xabarni to’g’ridan-to’g’ri kuchaytirmaydi. Aksincha, bu sizning tinglovchilaringizni ushbu xabardan chalg’itadi.

Download 18.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling