Taqiqlangan buyumlar va moddalarni pochta orqali jo’natishning oldini olish. Skrin o’tkazish uslublari


Metallodetektorni qo‘llagan holda nazoratni amalga oshirish


Download 91.5 Kb.
bet7/11
Sana02.01.2022
Hajmi91.5 Kb.
#191214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
PAX 012-18 Sharapov J

Metallodetektorni qo‘llagan holda nazoratni amalga oshirish

Yozma xat-xabarlarda metall predmetlarni aniqlash uchun metallodetektorlardan foydalaniladi.Metallodetektorning talab etiladigan sezgirligini o‘rnatish uchun, unga ilova qilinadigan, tayyorlovchi zavodning normativ-texnik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq kalibrlash zarur.


Nazoratdan o‘tgan pochta, kuryerlik jo‘natmalarini rasmiylashtirish va ularni keyingi pochtaga berish uchun topshirish

Nazorat tugagandan keyin pochta aloqasi operatori, provayderi kelib tushgan pochtaga ilova qilingan hujjatlarga nazorat o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yadi va unda nazorat o‘tkazilgan joy, nazorat o‘tkazilgan sana va vaqt ko‘rsatiladi. Belgi ushbu nazoratni o‘tkazgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.

Pochta bo’limlari orqali taqiqlangan yoki shubhali jo’natmalar ajratilgan bo’lsa, kuryerlik jo‘natmalari pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan xabardor qilish sxemasiga muvofiq vakolatli organlarga topshirish uchun olib qo‘yiladi. Ilova qilingan hujjatlarda sana va vaqti ko‘rsatilgan holda “Olib qo‘yildi” deb belgi qo‘yiladi va uni qo‘ygan shaxs tomonidan imzo bilan tasdiqlanadi.Vakolatli organlardan, avval olib qo‘yilgan va tekshirish uchun topshirilgan ro‘yxatga olinadigan pochta, kuryerlik jo‘natmalari qaytarilgan holatda pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan alohida yukxat tuziladi, bu yukxat bo‘yicha pochta, kuryerlik jo‘natmalarini belgilangan joyga keyinchalik jo‘natish uchun topshirish amalga oshiriladi. Nazorat o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi yozuv yozilgan yukxat ikki nusxada tuziladi, yukxatning birinchi nusxasi pochta, kuryerlik jo‘natmalari bilan birga topshiriladi, yukxatning ikkinchi nusxasi pochta aloqasi operatori, provayderida qoladi. Oddiy pochta jo‘natmalari pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan avval tuzilgan ushbu pochta, kuryerlik jo‘natmalarini ajratish to‘g‘risidagi dalolatnomaning birinchi nusxasiga imzo qo‘yilib belgilangan joyga jo‘natish uchun topshiriladi.

Umumiy yukxatlarda nazorat o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar mavjud bo‘lmagan holatda butun pochta odatdagi tartibda qabul qilinadi, bunda pochtani jo‘natgan pochta aloqasi operatori, provayderining rahbari nomiga xabarnoma yuboriladi.Xabarnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: pochta, kuryerlik jo‘natmalarini qabul qilish raqami, joyi va sanasi, hujjat tuzilgan joyi va sanasi, qayerdan va qanday hujjatlar bilan kelib tushganligi ko‘rsatiladi, keyin tekshiruv vaqtida aniqlangan barcha kamchiliklar sanab o‘tiladi. Belgilar muhr (shtamp) izi va tekshiruvchi xodimning imzosi bilan tasdiqlanadi.




Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling