Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalarini ajratish
Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan boshqa pochta, kuryerlik jo‘natmalaridan maxsus ajratilgan joyga alohida olib qo‘yilishi kerak, bu yerda ular vakolatli organlarning vakillari kelgunga qadar va ular xavf tug‘dirmasligi tasdiqlanmaguncha saqlanadi. Ushbu joyga bino ichidagi turli joylaridan qulay kelish yo‘li belgilanishi lozim va ushbu yo‘l o‘tish uchun to‘siqlarsiz bo‘sh holatda ta’minlab turilishi kerak. Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalarini ajratish vositalari sifatida maxsus konteynyerlar, seyflar, temir javonlar, qutichalar, zich berkitiladigan sig‘imlar va boshqa shu kabilar bo‘lishi mumkin.Tarkibida portlovchi moddalar yoki portlovchi qurilmalarning mavjudligi belgilariga ega pochta, kuryerlik jo‘natmalari ajratilmaydi. Vakolatli organlarning vakillari kelgunga qadar bunday shubhali pochta, kuryerlik jo‘natmasi bilan har qanday harakatlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |