Gaz analizatorini qo‘llagan holda nazoratni amalga oshirish
Portlovchi moddalarning gaz analizatori pochta, kuryerlik jo‘natmalarida portlovchi, yengil alangalanadigan moddalarning mavjudligini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Aniqlash tekshirilayotgan pochta, kuryerlik jo‘natmalarining ust qismidan yoki ichki hajmidan havoning namunasini tanlab olish va portlovchi, tez alanga oluvchi moddalar bug‘lariga xos bo‘lgan komponentlarning mavjudligi yuzasidan namunalarni tahlil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlar uchun portativ dreyfspektrometrik gaz analizatorlari qo‘llaniladi.
Pochta, kuryerlik jo‘natmalarida narkotik, yengil alangalanadigan moddalar, toksik sanoat moddalari mavjudligini aniqlashda shu maqsadlar uchun mo‘ljallangan ekspress-analizatorlar qo‘llanilishi kerak. Namunalarni tanlab olish zonasida jadal havo oqimlari (shamol, elvizak va hokazolar) mavjud bo‘lganda tekshirish joyini ulardan muhofaza qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |