Taqriz uchun: O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Smeta ijrosi (rejalashtirish)ga qat‘iy amal qilish


Download 278.45 Kb.
bet11/17
Sana11.03.2023
Hajmi278.45 Kb.
#1260649
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Smeta ijrosi (rejalashtirish)ga qat‘iy amal qilish. Ma‘lumki, byudjet tashkilotlarini byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlash, ularning byudjetdan tashqari daromalari va xarajatlari, shuningdek mazkur mablag‘lardan foydalanish qat’iy rejalashtirilgan holda tuzilgan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. Bu esa, buxgalteriya hisobini asosiy funktsiyalaridan biri bo‘lgan nazorat yordamida byudjet hisobining oldiga xarajatlar smetasi ijrosini nazorat qilish vazifasini yuklaydi. Bundan tashqari byudjet tashkilotlari tomonidan tuzilayotgan hisobotlarga byudjet tashkilotining kelasi moliya yili uchun byudjetdan mablag‘larni rejalashtirishda zarur bo‘ladigan moliyaviy axborotlar olish imkonini beruvchi ma‘lumotlarni berish vazifasini ham yuklaydi.

  • Hisob ishlari byudjet tasnifi bilan bog‘lanishi. Mazkur omil shuni anglatadiki, byudjet tashkilotlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish qat‘iy ravishda byudjet tasnifiga bog‘langan holda olib borilishi lozim. Aks holda byudjet ijrosi ma’lumotlarini dastlabki rejalashtirish (smeta) ko‘rsatkichlari bilan solishtirish imkoni yo‘qoladi. Shuning uchun ham byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag‘larni ijrosi jarayonida byudjet tasnifi albatta qo‘llaniladi, shuningdek ko‘pgina hisobotlar shakllarida byudjet tasnifi albatta aks ettirilgan.

  • Byudjet jarayonida g‘aznachilik organlarining nazorati. Ma‘lumki, byudjet jarayoni davlat byudjeti loyihasini tuzish, uni ijrosini ta‘minlash va nazorat qilish, shuningdek byudjet ijrosini muntazam tahlil qilish bilan bog‘liq kompleks chora- tadbirlarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.

    Bu esa, byudjet ijrosi bilan bog‘liq ma’lumotlarni (axborotlarni) jamlash, tahlil qilish va nazoratga olishning yaxlit tizimini yaratish zaruriyatini vujudga keltiradi. Ya‘ni, har bir byudjet tashkiloti tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarning albatta jamlanishi, ularning tizimli tahlil qilinishi va nazoratga olinishi byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish jarayonida bevosita o‘zini ta’sirini ko‘rsatadi. Davlat byudjetining g‘aznachilik ijrosi mexanizmini joriy qilinishi, ya’ni barcha byudjet tashkilotlarining byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini g‘azna hisobvaraqlarida jamlanishi, byudjet tashkilotlari tomonidan g‘aznachilik bo‘linmalari orqali to‘lovlarini amalga oshirilishi ham byudjet tashkilotlarida o‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘lgan buxgalteriya hisobi tizimini yaratish lozimligini shart qilib qo‘yadi.

      1. 5.Byudjet nazoratining shakllari, turlari va usullari hamda nazorat organlarining vakolatlari

    Davlat moliyaviy nazorati taftish, tekshirish (shu jumladan byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish) va o‘rganish shaklida amalga oshiriladi.
    Davlat moliyaviy nazoratining turlari quyidagi:

    • dastlabki nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar g‘aznachilik bo‘linmalari va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladigan;

    • joriy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g‘aznachilik bo‘linmalari, moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan;

    • yakuniy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan so‘ng Byudjet Kodeksining 171-moddasida ko‘rsatilgan davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlardir (1- chizma).

    Davlat moliyaviy nazoratining usullari quyidagilardir:

    1. hujjatlarni tekshirish hajmiga qarab:

    • yoppasiga nazorat — tekshirilayotgan davr uchun barcha buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni nazorat qilish;

    • tanlov asosidagi nazorat — muayyan davr uchun buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarning ayrim qismlarini nazorat qilish;

    1. nazoratning maqsadga yo‘naltirilganligi va predmetiga qarab:

    • kompleks nazorat — moliyaviy nazorat obyektining muayyan davr uchun moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining barcha yo‘nalishlarini nazorat qilish;

    • bobli nazorat — moliyaviy nazorat obyektining muayyan davr uchun ayrim masalalar bo‘yicha faoliyatini nazorat qilish;

    • muqobil nazorat — operatsiyalar yagonaligi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va turli moliyaviy nazorat obyektlarida turgan hujjatlarni solishtirishni o‘z ichiga olgan tekshirish.


    Download 278.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling