Taqriz uchun: O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish inspeksiyasi va uning xududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati


Download 278.45 Kb.
bet14/17
Sana11.03.2023
Hajmi278.45 Kb.
#1260649
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Документ Microsoft Word

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish inspeksiyasi va uning xududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati. Nazorat-taftish inspeksiyasi va uning xududiy bo‘linmalari:

  • byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishi;

  • byudjet tizimi byudjetlarining xarajatlari ijrosi;

  • byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘lari hisobidan to‘lovlarni amalga oshirishning navbatliligi, muddatlariga rioya etilishi va to‘ liqligi;

  • davlat investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan manbalardan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi;

  • O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik muassasalari tomonidan chet el valyutasidagi mablag‘lardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanilishi;

  • pensiyalar va nafaqalar to‘g‘ri tayinlanishi, hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi;

  • tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining faoliyati;

  • byudjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi;

  • O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlardan (qarzlardan) maqsadli foydalanilishi;

  • insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi;

  • davlat xaridlari bo‘yicha tender (tanlov) savdolarining to‘g‘ri o‘tkazilishi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati. Davlat soliq xizmati organlari davlat moliyaviy nazoratini soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
2022-yil 1-martdan boshlab Xalq ta’limi vazirligi (4 ta), Maktabgacha ta’lim vazirligi (4 ta) va Sog‘liqni saqlash vazirligi (4 ta) tizimidagi tashkilotlarning shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan Moliya vazirligi markaziy apparatida 12 ta shtat birligidan iborat Ichki audit xizmatlari bilan ishlash boshqarmasi tashkil qilinmoqda.
Quyidagilar Ichki audit xizmatlari bilan ishlash boshqarmasining asosiy vazifalari etib belgilanadi:
ichki audit milliy standartlari va boshqa uslubiy hujjatlarni hamda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
Inspeksiya va ichki audit xizmatlari xodimlarining malakasini doimiy oshirib borish ishlarini va ularni sertifikatlashni tashkil etish;
masofaviy audit tadbirlari ko‘lami va sifatini oshirish, shuningdek, ichki audit xizmatlariga xavflarni aniqlash va ularning oldini olishda uslubiy ko‘maklashish;
ichki audit xizmatlari faoliyatini o‘rganish va ularning natijalarini tahlil qilish asosida hisobotlar tayyorlash va e’lon qilib borish.

Download 278.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling