Taqriz uchun: O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 278.45 Kb.
bet6/17
Sana11.03.2023
Hajmi278.45 Kb.
#1260649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Keyingi nazorat - bu o‘tgan moliya davridagi zarur hisob va hisobot axborotlarining qonuniyligini, byudjet intizomiga rioya qilinganligini aniqlash va faoliyat natijalarini umumlashtirish uchun amalga oshiriladi. Bunda byudjet tashkiloti faoliyatini kompleks taftish qilinishi yoki moliyaviy audit o‘tkazilishi mumkin (1- chizma).
7 Mualliflar ishlanmasi
Moliyaning qiymat xarakteriga ega bo‘lishi moliyaviy nazoratni taqazo etadi. Bu moliyaning nazorat funksiyasidan kelib chiqadi va doimiy davlat boshqaruvini talab qiladi. Moliyaviy nazorat davlat boshqaruvining maxsus tizimidir. Uning usullari, ko‘rinishlari va o‘tkazish tartibi doimo takomillashib boradi.
Nazorat - funksiyasi orqali byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish mulklarni saqlanishi, tayinlanishi bo‘yicha sarflanishi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Moliyaviy nazorat - bu davlat tomonidan tashkil etilgan kuzatish tizimi bo‘lib unga davlat, mustaqil va jamoa tuzilmalari kiradi. Ular davlat hokimiyati organlari, korxona va tashkilotlar faoliyati samaradorligini, saloxiyati zahiralarini, davlat byudjeti xarajatlarini, qonun va me’yoriy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilishadi. Moliyaviy nazorat tizimiga: davlat nazorati, idoraviy nazorat, ichki xo‘jalik nazorati, jamoaviy nazorat va mustaqil auditorlik nazorati kiradi.
Davlat nazorati - tuzilmasi bir muncha murakkab bo‘lib, Davlat nazoratining subyektlari moliyaviy nazorat o‘tkazish huquqiga ega Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank va boshqalar kiradi. Nazorat obyektlari bo‘lib mulk shaklidan qat’iy nazar barcha korxona va tashkilotlar hisoblanadi.
Idoraviy nazorat - barcha vazirlik va qo‘mitalar boshqaruv tuzilmasiga kiruvchi nazorat va taftish bo‘limlari yoki ichki audit boshqarmalari hisoblanadi. Bu nazorat bo‘g‘inining obyektlariga barcha davlat korxona va tashkilotlari yoki 50 foizdan ortiq aksiyalari davlatga tegishshli aksiyadorlik jamiyatlari kiradi.
Mustaqil audit - mustaqil auditorlik firmalari va nodavlat sektori korxonalari hisoblanadi (2- chizma).
Zamonaviy axborot tizimi yangi turdagi nazorat usullarini yaratishni majbur etmoqda. Bular avtomatlashgan dasturiy taminotga ega nazorat usullari bo‘lib hozirgi kunda shiddat bilan rivojlanmoqda. Umuman olganda moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirish usullari aksariyat audit yoki taftishda bir xil ko‘rinishni kasb etadi.
Byudjet hisobi va nazoratining predmeti bu byudjet ijrosi jarayonida byudjet mablag‘lari va ularni manbalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir.
Byudjet hisobi va nazorati davlat byudjeti, davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalari byudjeti ijrosi bo‘yicha yuritiladi va byudjetlar ijrosi holati haqida ma‘lumotlarni shakllanishini ta‘minlaydi.





barcha vazirlik va


moliyaviy nazorat
o’tkazish huquqiga
ega davlat
tashkilotlari
tomonidan amalga
oshiriladi
qo’mitalar boshqaruv
tuzilmasiga kiruvchi
nazorat va taftish
bo’limlari tomonidan
amalga oshiriladi
tashkilot rahbariyati
tomonidan amalga
oshiriladi
tashkilot jamoasi
tomonidan amalga
oshiriladi
mustaqil auditorlik
firmalari va
tashkilotning ichki
auditori tomonidan
amalga oshiriladi



Download 278.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling