Taqrizchilar: To‘raev H. H. – Arxeologiya va Buxoro tarixikafedrasi professori, tarix fanlari doktori Jamolova D. M


Ijtimoiy-madaniy sohadagi vakolatlar


Download 356.17 Kb.
bet80/85
Sana12.10.2023
Hajmi356.17 Kb.
#1700148
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Bog'liq
ma\'ruza davlatchilik

Ijtimoiy-madaniy sohadagi vakolatlar:

    1. Fan va texnikani rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish chora-tabirlarini amalga oshiradi.

    2. Fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnat qilish huquqini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi, ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtiradi.

    3. Sog‘liqni saqlash, xalq ta’limini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga ko‘maklashadi.

Vazirlar Mahkamasining majlislarida davlat boshqaruvi, xo‘jalik va ijtimoiy – madaniy qurilishning eng muhim masalalari hal etiladi. Majlislar yilning har choragida kamida bir marta o‘tkaziladi. Ularni tayyorlash va o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish tartibi to‘g‘risidagi” qarori bilan belgilanadi. Vazirlar Mahkamasi majlislarida muhokama etish uchun masalalar vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, konserinlar, uyushmalarning raxbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ular bo‘lmagan hollarda ularning birinchi o‘rinbosarlari tomonidan kiritiladi.
Davlat boshqaruvida sudlarning roli. Har bir davlatda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham odil sudlov organlari tizimi ma’muriy-hududiy tuzilmalarda tashkil etilgan hamda sudlar jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini rivojlantirish jarayonida korxona va tashkilot, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi huquqiy munosabat natijasida kelib chiqadigan masalalarni belgilangan hududiy birliklar miqyosida ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining xo‘jalik sudi bilan shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va xo‘jalik sudlaridan iborat”, deb belgilangan. 2000 yil 14 dekabrda qabo‘l qilingan “Sudlar to‘g‘risida”
gi qonunning yangi tahririga ko‘ra, yuqorida sanab o‘tilgan sud tizimiga o‘zgartirishlar kiritilib, sudlar ixtisoslashtirildi. YA’ni, jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari joriy etilgan.
O‘zbekistondagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishda sud organlarining ta’siri kuchli bo‘lib, bu jarayonni davlat nomidan kafolatlaydi. Sud organlari Konstitutsiya va qonunlarda belgilab berilgan fuqarolarni huquq va erkinliklarini millatlarning tengligi tamoyillari asosida amalda qo‘llanilishini nazorat qiladi. Shuningdek, sud organlari mamlakat ijtimoiy hayotidagi ishlab chiqarish muassasalarida, davlat idoralarida, jamoat birlashmalarida fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan huquqlarini mulk shaklidan qat’iy nazar himoya qilinishini ta’minlaydi. Sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Konstitutsiyaviy nazorat bo‘yicha sud organi hisoblanib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘radi. Bu sud huquqiy muhofazi qiluvchi qonunlarni, qonunchilik va ijro hokimiyatining boshqa hujjatlarini Konstitutsiyaga zid deb topish va ularni harakatdan to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan maxsus organ hisoblanadi. Konstitutsiyaviy sud quyidagi vakolatlarga ega:

  1. Oliy Majlis qabul qilgan hujjatlarni, Prezident farmonlarini, Hukumat va davlat hokimiyati mahalliy organlari qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomalarini va boshqa majburiyatlarini Konstitutsiyaga mosligini aniqlaydi.

  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining normalariga sharh beradi.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi.

  5. Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

  6. Konstitutsiyaviy sud Oliy Majlisda qonunchilik tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sudlov ishlarini yurgizish borasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Oliy sud qonunda ko‘rsatilgan protsessual shakl va tartibda umumiy yurisdiksiyali sudlar, shuningdek, harbiy sudlar faoliyati ustidan ham sudlov nazoratini amalga oshiradi. Undan tashqari Oliy sud, quyi sudlarning ma’lum ishlar bo‘yicha yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini tuzatish maqsadida ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning qonuniyligi va asosli ekanligini tekshirish yo‘li bilan ularning faoliyatini nazorat qiladi.
Oliy sud - Oliy sud raisi, uning o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, sudlov hay’atlari raislari, Oliy sud sudyalaridan iborat tarkibda ish olib boradi. Sud faoliyatining katta qismi sudlov hay’atlari zimmasida bo‘ladi. Oliy sudlov hay’tlari fuqarolik ishlari bo‘yicha, jinoyat ishlari bo‘yicha, harbiy ishlar bo‘yicha hay’atlar hisoblanib, ular tarkibi Respublika Oliy sudi Plenumi tomonidan tasdiqlanadi.
Oliy sud faoliyatini tashkil etish va unga rahbarlik qilish Oliy sud raisi zimmasiga yuklatilgan. Oliy sud raisi umumiy yurisdiksiyali sudlarning barcha hukm va boshqa qarorlariga qonunda belgilangan tartibda protest berish hamda ular ijrosini to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
Iqtisodiy sohada, turli mulk shakllariga ega tashkilotlar, idoralar, korxonalarni boshqarish jarayonida, shuningdek, tadbirkorlar orasida vujudga keladigan munosabatlarda yuzaga chiqqan bahslarni hal qilish Oliy xo‘jalik sudlari tizimi tomonidan amalga oshiriladi. Xo‘jalik sudlarining asosiy vazifalari – tashkilotlar va fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, qonunchilikni to‘g‘ri va bir xilda qo‘llash, iqtisodiy munosabatlarda qonuniylikni mustahkamlash va qonunchilikning huquqiy vositalaridan foydalanishga sharoit yaratishdan iborat.
Oliy xo‘jalik sudi faoliyatining asosiy tamoyillari – qonuniylik, xo‘jalik sudyalarining mustaqilligi, sud va qonun oldida hammaning tengligi, tomonlarning teng huquqliligi, ish yuritishda oshkoralik, sud muhokamasining bevosita va uzviy amalga oshirilishi hisoblanadi.
Sudning qonuniy kuchga kirgan huquqiy hujjatlari xo‘jalik sudining to‘xtami, qarori, ajrimi barcha davlat organlari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, hamda boshqa organlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan O‘zbekistonning barcha hududlarida bajarilishi shart hisoblanadi.
Vazirliklar va davlat boshqaruvining boshqa idoralari. O‘zbekistonda davlat boshqaruvining muhim tashkiliy-huquqiy shakllaridan bo‘lgan Vazirliklar davlat boshqaruvining ixtisoslashtirilgan markaziy organlari hisoblanadi. Davlat boshqaruvining bu tashkiliy – huquqiy shakli umumdavlat miqyosida faoliyat yuritadigan, qoidaga ko‘ra, ijtimoiy hayotning muayyan bir tarmog‘iga rahbarlik qiladigan ijro etuvchi – farmoish beruvchi organ hisoblanadi.
Vazirlikka hukumat a’zosi bo‘lgan mansabdor shaxs – Vazir boshchilik qiladi va u vazirlikka topshirilgan tarmoqning rivojlanishi hamda vazirlikning faoliyati uchun Vazirlar mahkamasi oldida shaxsan javobgar bo‘ladi. Vazirlik jamiyatdagi muayyan tarmoqning yakkaboshchilik asosida boshqariladigan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Vazir tarmoqning rivojlanishi va tarmoqqa doir davlat siyosati olib borishga shaxsan javobgar hisoblanadi. Vazirlik qoshida Vazir, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, vazirlik tizimiga kiruvchi rahbar xodimlardan iborat hay’at tuziladi.
Tarmoq rivojlanishining dolzarb masalalari hay’atning har oylik majlislarida muhokama etiladi. Muhokama natijalari bo‘yicha hay’at qorori Vazirning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Davlat qo‘mitalari ham davlat boshqaruvining markaziy iqtisoslashtirilgan organlariga kiradi. Davlat qo‘mitalari davlat boshqaruvining o‘ziga xos tashkiliy-huquqiy shaklini tashkil etsa –da, ularning tashkil topish, faoliyat yurgizish, bo‘ysunish, maqom hamda funksiyalari nuqtai nazaridan Vazirlik boshqaruvi bilan qator umumiyliklarga egadir.
Tarmoqlararo xususiyatga ega bo‘lgan davlat qo‘mitalarining faoliyatida asosan muvofiqlashtirish va tartibga solish funksiyalari keng o‘rin egallaydi. Davlat qo‘mitasiga rahbarlik uning raisi tomrnidan amalga oshiriladi. Qo‘mita raisi bosh vazirning taqdimiga muvofiq Prezident tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi. Davlat qo‘mitasining ichki faoliyatiga doir buyruq, yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar rais tomonidan chiqariladi va u qo‘mita tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Agentliklar, Qo‘mitalar, Markazlar va Inspeksiyalar –Respublika davlat boshqaruvining ijro etuvchi – farmoyish beruvchi faoliyati olib boradigan ixtisoslashgan funksional boshqaruvni amalga oshiradigan markaziy idoralaridir. Ushbu maxsus idoralar hukumat tomonidan xo‘jalik va madaniy tarmoqlarida tashkil etiladigan tashkiliy-huquqiy boshqaruv shakllari hisoblanadi. Mazkur markaziy boshqaruv idoralari mamlakat hayotining muhim bir tarmog‘i bo‘yicha davlat boshqaruvini olib boradilar va shu tarmoq bo‘yicha qabul qilingan qonunlar ijrosini ta’minlaydilar.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari.O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatining tashkil etish Konstitutsiya, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonun, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari “Ish tartibi” va boshqa meyoriy qonun hujjatlari asosida tashkil etiladi. Mahalliy ijroya hokimiyati deganda O‘zbekistonda tashkil etilgan viloyat, tuman, shahar hokimiyati tizimi tushuniladi. Mahalliy vakillik va ijro etuvchi mahkama hokimning rahbarligi ostida ishlaydi. Viloyat hokimlari, Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim muommolarini muhokama qilish uchun hokim huzurida Maslahat Kengashi tuziladi. Bu Kengash tarkibiga hokim, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, kotibiyat boshlig‘i kiradi. Maslahat Kengashi tarkibiga hokimning qaroriga muvofiq xalq deputatlari Kengashi a’zolari va boshqa tashkilotlardan bo‘lgan vakillar ham kirishi mumkin.
Konstitutsiyaga binoan, mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga quyidagilar kiradi:
-qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;
-hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
-mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, budjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish;
-mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish;
-atrof muhitni muhofaza qilish;
-fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;
-normativ hujjatlarni qabul qilish hamda Konstitutsiyaga va qonunlarga zid kelmaydigan vakolatlarni amalga oshirish.
Viloyat, tuman va shahar ijroya hokimiyatiga hokim boshchilik qiladi. Hokim Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi. Mahalliy ijroya hokimiyati organlari boshqarmalar, bo‘limlar va bo‘linmalardan iborat bo‘lib, ularning tuzilishi va tashkil etilish tartibi, faoliyat yuritish asoslari Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi. Hokimning faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishda hokimning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari faoliyatini tashkil etish o‘ta muhimdir.
Tuman tarkibidagi shahar va shaharchalarda Kengashlar tuzilmaydi. Shahar tartibidagi tuman hokimi shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shahar tarkibiga kiruvchi tuman hokimlari shahar hokimini rasmiy vakili hisoblanadi va unga hisob berib turadi. Tumanlar tarkibiga kiruvchi shahar hokimlarining tayinlanishi ham shu tartibda amalga oshiriladi.
Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari.1993 yil 2 sentabrda bo‘lib o‘tgan Oliy Kengashning o‘n ikkinchi chaqiriq uchunchi sessiyasida “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi bu hujjat qishloq, shaharcha va ovullar tarkibida tuziladigan fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining tuzilishi va ularning huquqiy holatini belgilab berdi.
Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda fuqarolarga ko‘maklashadilar. Ular o‘z hududlaridagi ijtimoiy-xo‘jalik vazifalarni hal etish, ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga Respublika rahbariyati va hukumatining qarorlarini bajarish maqsadida fuqarolarni birlashtiradi. Konstitutsiyada belgilab qo‘yilganidek, “shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga rais (oqsoqol)ni uning maslahatchilarini saylaydi. O‘zini-o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi”.
Fuqarolar yig‘inini rais (oqsoqol) tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki hokim bilan kelishilgan holda zaruratga qarab chaqiradi. Fuqarolar yig‘ini shuningdek, xalq deputatlari Kengashi, hokim tomonidan yoki shu hududda yashayotgan fuqarolarning uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin.
Yuqorida eslatilgan Qonunda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqol) va uning maslahatchilarini saylash tartibi belgilangan bo‘lib, ularni fuqarolarning yig‘ini (yig‘ilishi) tegishli tuman, shahar hokimi bilan kelishgan holda saylaydi.
Fuqarolar yig‘inlarda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan barcha aholining yarmidan ko‘prog‘i ishtirok etgan taqdirda yig‘inlar vakolatli deb hisoblanadi, vakillar yig‘ilishlari esa vakillarning kamida uchdan ikki qismi kelganda vakolatli hisoblanadi. Fuqarolar yig‘ini (yig‘ilishi)ni olib borish uchun rayosat saylanadi. Yig‘inni rais (oqsoqol) yoki uning maslahatchilaridan biri olib boradi. Barcha masalalar bo‘yicha qarorlar ochiq ovoz berish orqali va oddiy ko‘pchilik ovoz berish bilan qabul qilinadi.
O‘zini-o‘zi boshqarish organlari o‘z-o‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida qarorlar qabul qiladilar. Bu qarorlarni tegishli hududda yashaydigan barcha fuqarolar bajarishlari shart.
15 – Mavzu. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari
Reja:



  1. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi, hayotga joriy etilishi va uning ahamiyati.

  2. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish.

  3. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari;

  4. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar.


Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz Prezidentligiga saylangandan keyin “O‘zbekiston Respublikasini 2022–2026 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” nomli ulug‘vor va keng qamrovli chora-tadbirlardan iborat hujjat ishlab chiqqan edi. Mazkur strategiyani hayotga tatbiq etish davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh qilib, jamiyatimiz, xalqimizni butunlay o‘zgartirib yubordi
2022 yilning 11-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi tomonidan talabalari uchun “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”  ga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi. Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” mavzusidagi prezentaziyada:
Harakatlar strategiyasi doirasida, avvalo, inson huquqlarini ta’minlash, davlat tashkilotlarining faoliyati, mas’uliyati va shaffofligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish borasida ulkan tadbirlar amalga oshirildi.
Haqiqiy bozor iqtisodiyotini barpo etish maqsadida tashqi savdo, soliq va moliya siyosati liberallashtirildi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash tizimi yaratildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirish ta’minlandi.
Aholi turmush darajasini oshirish va kambag‘allikni kamaytirish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida tan olinib, yangi va munosib ish o‘rinlari yaratish, aholini malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash holati yaxshilandi.
Muxtasar aytganda, 2017–2021 yillar mobaynida amalga oshirilgan Harakatlar strategiyasi natijasida yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.
Natijada mamlakatimizda jamiyatimiz rivojining keyingi bosqichiga o‘tish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Ya’ni, xalqimiz turmush darajasini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoq va sohalarini transformatsiya qilish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari, manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlangani tog’risidagi ma’lumotlarni aytib o’tdi .
Taraqqiyot strategiyasi 2021 yilda o‘tkazilgan Prezident saylovida Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Inson qadri uchun”, “Davlat – inson uchun”, degan g‘oyalar hamda “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari”, tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, u o‘tgan davr mobaynida ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi va unda bildirilgan 17 ming 500 dan ortiq taklif va tavsiyalar e’tiborga olinganini ta’kidladi.
Dunyoda ikki yuz ellikdan ortiq davlat, minglab xalq va elat bor. Ular orasida O‘zbekiston deya atalmish go‘zal va betakror mamlakatning o‘z o‘rni va nufuzi, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li borligi qalbimizga iftixor bag‘ishlaydi. SHu bois ham Mustaqillik biz uchun benihoya qadrlidir. Qadrli narsa esa osonlikcha qo‘lga kiritilmasligini barchamiz yaxshi bilamiz.
Vatanimiz tarixi bir necha ming yillar bilan bo‘ylashadi. Bu diyor jahon tamaddunining tamal toshini qo‘ygan, ilm-fani, san’ati, madaniyati, ulkan madaniy-ma’naviy merosi, olimu fuzalolari bilan dong taratgan. SHu bois yaqin o‘tmishda qariyb bir asr davomidagi mustamlaka davri, ungacha ham haq-huquqlari poymol etib kelingan xalqimiz ruhini hech qanday kuch so‘ndirolmagan. SHu nuqtai nazardan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani, 1990-1991 yillarda Navro‘z bayrami qayta tiklangani, Ramazon va Qurbon hayitlari bayram kunlari deb e’lon qilingani xalqimizning asriy orzu va armonlari ro‘yobga chiqishi, milliy qadriyatlarimiz tiklanishi yo‘lidagi dastlabki yirik qadamlar bo‘ldi.
Milliy davlatchiligimizni barpo etish yo‘lidagi zalvorli qadam sifatida Mustaqillikning dastlabki yillarida dastlab uning kafolati bo‘lmish Konstitutsiya qabul qilinganini alohida ta’kidlash joiz. O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish bosh vazifa etib belgilanib, mamlakat siyosiy hayotida ko‘ppartiyaviylik muhiti qaror topdi, nodavlat tuzilmalar, jamoat tashkilotlari va o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyati takomillashtirildi, sud-huquq tizimida, ommaviy axborot vositalari, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.
Darhaqiqat, mamlakatimiz tarixida o‘chmas sahifa ochgan buyuk istiqlol tufayli O‘zbekiston o‘tgan davr mobaynida jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallab, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil ilgarilab bormoqda. Ayniqsa, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi bu o‘zgarishlarni yanada teranroq anglashimiz, idrok etishimizda muhim ahamiyat kasb etdi. Davlatimiz rahbarining har bir so‘zlari xalqimiz qalbida iftixor tuyg‘ularini yanada jo‘sh urdirdi. SHubhasiz, bundan ruhlangan xalqimiz davlatimizning har qarich erida yuksalish davri bo‘lishi uchun azmu qaror qilmoqdalar.
Muhtaram YUrtboshimiz nutqida ta’kidlaganidek, Milliy yuksalish deganda, biz mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning hayot darajasi va turmush sifatini har tomonlama yuqori bosqichga ko‘tarishni tushunamiz. Ilm-fan, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarida bo‘layotgan katta o‘zgarishlar hayotimizda muhim voqelikka aylanmoqda.
YUrtimizda ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha o‘ziga xos tizim shakllanmoqda. Bu borada 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirilayotgani, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “YOshlar – kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi dasturlar aholini yangicha fikrlash va ishlashga safarbar etishda muhim rol o‘ynamoqda. Buning natijasida, hatto mamlakatning eng chekka hududlari, markazlardan olisda joylashgan qishloqlarning ham me’moriy qiyofasi tubdan yangilanib, aholining turmush farovonligi yuksaltirilmoqda.
Sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, ilm-fan, ayniqsa, ta’lim-tarbiya sohalarida bo‘layotgan ulkan o‘zgarishlarning barchamiz guvohi bo‘lib turibmiz.
SHu o‘rinda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda umumta’lim maktablarida 11 yillik tizim tiklanganini, maktab ta’limini rivojlantirish masalasi buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanayotganini alohida ta’kidlash joiz. Ayniqsa, bugungi kunda mamlakatimizda oliy ta’lim sohasi ham jadal rivojlanmoqda. So‘nggi uch yilda 35 ta yangi oliy o‘quv yurti tashkil qilingani, ularning umumiy soni 112 taga etgani, e’tiborlisi, bularning 13 tasi nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari ekani sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin isbotidir.
Ertangi kelajagimiz bo‘lmish yoshlar kelgusida ana shu ulug‘vor ishlarning munosib davomchilaridir. SHu nuqtai nazardan, yangi o‘quv yilining ilk – “Mustaqillik” darslarida istiqlol yillarida, ayniqsa, keyingi uch yilda amalga oshirilgan islohotlar, Harakatlar strategiyasida belgilangan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ustuvor g‘oya, Prezidentimiz nutqi mazmun-mohiyati xususida o‘quvchi-yoshlarga keng tushunchalar berildi, ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Quvonarlisi, yoshlar YUrtboshimiz nutqining har bir satrida hayot borligini, har bir so‘zida O‘zbekistonimizning yuksak taraqqiyotiga qaratilgan aniq maqsad borligini teran anglab etdi.
SHu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, bundan keyin ham biz pedagoglar ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ustuvor g‘oya asosiy dasturilamalimizdir. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni albatta yaxshi ko‘radi. Vijdon, ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir.

Download 356.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling