Taqrizchilar: To‘raev H. H. – Arxeologiya va Buxoro tarixikafedrasi professori, tarix fanlari doktori Jamolova D. M
Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi
Download 356.17 Kb.
|
ma\'ruza davlatchilik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oliy majlis va uning faoliyati.
Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi. Jahon davlatchilik va demokratik taraqqiyoti tajribasidan ma’lumki, huquqiy davlat qurishni maqsad qilib qo‘ygan har bir jamiyatda davlat hokimiyatini tashkil etish hokimiyatlar bo‘linishi nazariyasiga asoslanishi kerak. Chunki bunday prinsip yuz berishi mumkin bo‘lgan suiste’mollikni oldini olishning ishonchli vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurayotgan O‘zbekiston ham o‘z davlat organlari idoralari tizimini hokimiyatlar bo‘linishi asosida tashkil etgan.
Huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan bo‘lgan hokimiyatlar bo‘linishi nazariyasi O‘zbekiston Konstitutsiyasining 11 moddasida “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish prinsiplariga asoslanadi”, deb mustahkamlab qo‘yilgan. Hokimiyatlarga bo‘linish prinsipining amalga oshirilishida “bir-birini tiyib turish va o‘zaro muvozanatda ushlash” tizimining samarali ishlashi juda muhim bo‘lib, bu tizimning xuquqiy asoslari Asosiy Qonunda mustahkamlangan. Unda hokimiyatning har bir tarmog‘i vakolatiga kiruvchi masalalar doirasi aniq chegaralanib, ko‘rsatib berilgan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni – Oliy majlis, ijro etuvchi hokimiyatni – Vazirlar mahkamasi, sud hokimiyatini – sudlar amalga oshiradi. Ta’kidlash lozimki, ilmiy doiralar va kundalik hayotda ommaviy axborot vositalari haqida ba’zan mustaqil to‘rtinchi hokimiyat tarmog‘i sifatida fikr yuritiladi. Ammo, ommaviy axborot vositalarini bunday ifoda etish qandaydir rasmiy hokimiyatni bildirmaydi. Shunga qaramasdan, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirishda o‘ta muhim rol o‘ynaydi va ulkan ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasidagi davlat idoralari davlat hokimiyatini amalga oshirishning yagona tizimini tashkil etadi. O‘zbekiston fuqarolari davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini amalga oshirar ekan, saylovlar va o‘z vakillari orqali davlat organlarini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Konstitutsiyaga muvofiq (99 modda), “Viloyatlar, tumanlar va shaharlar(tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar”. Oliy majlis va uning faoliyati. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga saylov to‘g‘risidagi” Qonun loyihasi 1993 yil 4 sentabrda matbuotda e’lon qilindi. Respublikadagi ko‘plab yetakchi olimlar, huquqshunoslar, mutaxassislar uning muhokamasida ishtirok etdilar. Natijada mazkur Qonun loyihasiga bir qancha o‘zgartirishlar kiritildi. 1993 yil 28 dekabrdagi Oliy kengashning o‘n to‘rtinchi sessiyasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Oliy majlisga birinchi saylovlar 1994 yil 25 dekabrda bo‘lib o‘tdi. Birinchi turda 205 ta deputat, qolgan ikki turda (1995 yil 8 va 22 yanvar) 45 ta deputat (jami 250 ta) saylandi. Oliy majlis - O‘zbekiston Respublikasining oliy vakillik va qonun chiqaruvchi organi hisoblanadi. U ikki palatadan iborat bo‘lib, quyi palata –Qonunchilik palatasi, yuqori palata – Senat deb nomlanadi. Qonunchilik palatasi saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida saylanadigan 120 nafar deputatdan iborat. Qonunchilik palatasini ishi palata barcha deputatlarning professional doimiy faoliyat ko‘rsatishiga asoslanadi. Qonunchilik palatasining vakolat muddati – besh yil. Vakolat muddati tugagach, u yangi Qonunchilik palatasi ishi boshlaguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turadi. O‘zbekiston Respublikasining saylov kuniga qadar 25 yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan Respublika fuqarosi Qonunchilik palatasining deputati bo‘lishi mumkin. Senat – hududiy vakillik palatasi hisoblanib, senatorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – 6 kishidan saylanadi. Yuqori palataning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Download 356.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling