Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O


Download 1.28 Mb.
bet12/70
Sana07.01.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1082690
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   70
Bog'liq
Xolmatov T.X Informatika darslik

Starting MS DOS ...
xabari paydo bo’ladi. Xotiradan DOSning IO.SYS va MSDOS.SYS fayllari o’qiladi, so’ngra konfiguratsiya buyruklari CONFIG.SYS va AUTOEXEC.BAT fayllaridan o’qiladi va ekranda DOS ning taklifnomasi C:\> paydo bo’ladi.


3.2. Kompyuterga ma’lumotlarni kiritish. Klaviatura bilan ishlash

Odatda, ma’lumotlar IBM PC shaxsiy kompyuteriga klaviatura qurilmasi orqali kiritiladi. Klaviatura qurilmasi yuqori registrida joylashgan bosh harf va boshqa simvollarni kiritish uchun [Shift] tugmachasi (klavishi)dan foydalaniladi. Masalan, kichik "p" harfi kiritilishi lozim bo’lsa, u holda klaviatura qurilmasidan "N" harfi yozilgan tugmacha bosiladi. Agar katta "N" harfi kiritilishi lozim bo’lsa, u holda ["Shift"] tugmachasini bosib turgan holda "N" harfi yozilgan tugmachani bosish kerak.


[Caps Lock] tugmachasi [Shift] tugmachasini bosib turish o’ng’aysizlik tug’dirganda ishlatiladi, ya’ni katta harflarni kiritish holatini fiksirlaydi. [Caps Lock] tugmachasini qayta bosish fikirlash holatidan dastlabki rejimga o’tish uchun xizmat qiladi. Caps Lock holatida [Shift] tugmachasini bosib turib kerakli ma’lumotlarni terish o’z navbatida kichik harflarni kiritish imkoniyatini beradi. Ba’zan [Caps Lock] tugmachasidan kirill alifbosiga o’tishda ham foydalaniladi. Alohida son yoki harf yozilgan tugmachalardan farqlash o’laroq, klaviatura qurilmasida maxsus tugmachalar ham mavjudki, ularning ayrimlari xususida to’xtalib o’tamiz:

  • [Enter] tugmachasi qator nihoyasida bosiladi;

  • [Del] (delete-o’chirish) tugmachasi kursor ostida joylashgan simvollarni o’chirishda ishlatiladi;

  • [Ins] tugmachasidan ikki rejimda simvollarni kiritish uchun, ya’ni mavjud simvolni surib yoki o’rniga yangi simvolni almashtirib kiritishda qo’llaniladi;

  • [—>], [ ], [↑], [↓] tugmachalari kursorni mos holda suradi.

  • [Ctrl] va [C] tugmachalari qandaydir harakatdan chiqishda, masalan dastur bajarilishini to’xtatishda ishlatiladi;

[Ctrl] va [Alt] tugmachalari ayrim tugmachalar vazifasini, ya’ni bajaruvchi funktsiyasini bir qadar o’zgartirishda foydalaniladi.
DOS tizimida foydalanuvchi ba’zan maxsus tugmachalar majmuasi (kombinatsiyasi) bilan ish yuritishga to’g’ri keladi. Biz ularning ayrimlari xususida to’xtalib o’tamiz:
[Ctrl]-[Break] amalda bajarilayotgan buyruq yoki dasturni
ishlashini tugallash uchun ishlatiladi;
[CtrI]-[Alt]-[Del] DOS ni qayta ishga tushirish uchun ishlatiladi;
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling