Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O


Download 1.28 Mb.
bet11/70
Sana07.01.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1082690
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70
Bog'liq
Xolmatov T.X Informatika darslik

Nazorat uchun savol va mashqlar
? 1. IBM PC kompyuterning asosiy qurilmalarini sanab bering.
2 Monitor nima?
3. Klaviatura nima?
4. Modem nima?

  1. Skaner qanday maqsadda ishlatiladi?

  2. Mikroprotsessor nima?

  3. Multimedia qanday maqsadda ishlatiladi?

  4. Lokal tarmoqning vazifasi nimadan iborat?

  5. Mikroprotsessorning qanday turlarini bilasiz?

10. Tizimli dasturlar nima va u qanday maqsadda ishlatiladi?
! Berilgan mashqlarni bevosita kompyuterda bajaring va ularga batafsil javob yozing.

  • kompyuterning asosiy qurilmalari: tizimli qism, monitor, klaviatura;

  • kompyuterning qo’shimcha qurilmalari: printer, "sichqoncha", faks-modem, skaner, strimer, ovozli xarita, kompakt disk uchun disk yurituvchi;

  • xotira va uning turlari;

  • amaliy, tizimli va instrumental kompyuter dasturlari; ''"'

  • lokal va global kompyuter tarmoqlari.



Ill BOB
KOMPYUTERDA ISHLASH


1. IBM PC kompyutsrini yuklash va o’chirish
IBM PC kompyuteri quyidagi tartibda yuklanadi:

  • dastlab kompyuter kuchlanishni stablizator yordamida olsa, stablizator elektr tarmog’iga ulanadi;

  • zarurat bo’lsa, bosmaga chiqarish qurilmasi — printer ishga tushiriladi;

  • protsessorni yoqish, ya’ni kompyuter tizimli qismida joylashgan tugmacha bosiladi;

  • kompyuter monitorini yoqish lozim.

Natijada kompyuter ekranida kompyuterni ishga tushganligi haqida habar beruvchi operatsion tizimning quyidagi taklifnomasi paydo bo’ladi:
S:\> yoki A:\>
Foydalanuvchi kompyuter ekranida paydo bo’lgan taklifnomaning ko’rinishini o’zgartirgan ham bo’lishi mumkin. Taklifnomaning paydo bo’lishi operatsion tizimning biror buyruq olishga tayyor ekanligidan xabar beradi.
Eslatma. Kompyuter yuklangandan keyin ekranda Total COMMANDER qobiq dasturining darchalari yoki WINDOWS operatsion tizimi yorlig’i ekranda paydo bo’lishi ham mumkin.
IBM PC kompyuterini o’chirish quyidagi tartibda bajariladi:

  • bajarilayotgan dastur yoki buyruqni tamomlash;

  • magnitli disketni diskyurituvchidan olish;

  • agar yoqilgan bo’lsa, printerni o’chirish;

  • monitorni o’chirish;

  • tizimli qismni o’chirish;

— stablizatorni o’chirish lozim.
Kompyuter yoqilishi bilan u barcha qurilmalarni testdan o’tkazadi va operatsion tizimni, ya’ni kompyuterni boshqarish dasturini yuklaydi. Kompyuterni avtomatik tarzda dastlabki yuklash ikki holatda bajariladi:

  • kompyuter elektr tarmog’iga ulanganda;

  • kompyuter korpusidagi [Reset] tugmachasini bosganda.

Foydalanuvchi kompyuterni qayta yuklashni klaviatura qurilmasidan [Ctrl], [Alt] va [Del] tugmachalarini bir vaqtda bosish orqali amalga oshirishi mumkin. Kompyuter yuklanishida operativ xotiradagi ma’lumotlar tozalanadi, doimiy xotira (BIOS) dagi dastur kompyuter qurilmalarini nazoratdan o’tkazadi. Agar dastur xato topsa, bu haqda kompyuter ekraniga xabar chiqaradi.
Foydalanuvchi [F1] tugmachasini bosish orqali yuklash jarayonini davom ettirishi mumkin.
Kompyuterni diskyurituvchiga tizimli ( sistemli) disket qo’yib ham yuklash mumkin.
MS DOS operatsion tizimi yuklanish jarayonida ekranda

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling