4.2. MS DOS OT ning asosiy buyrutslari
4.2.1. Disk (yoki katalog) mundarijasini ko’rish 4
DIR buyrug’i. Disk(yoki katalog) mundarijasi, ya’ni barcha fayllarning nomlari,
qo’shimcha nomi va tashkil qilingan sanasi haqidagi ma’lumotlarni olish uchun DIR buyrug’i qo’llaniladi.
Buyruq formati:
dir [disk yurituvchi:] [yo’l\] [ fayl nomi]
Masalan,
C:\>DIR — S disk mundarijasini ekranga chiqarish uchun;
C:\>DIR\Windows — Windows katalogidagi ma’lumotlarni ekranga chiqarish uchun.
Barcha chiqariluvchi ma’lumotlarni zimdan nazorat qilish maqsadida \R — maxsus ko’rsatkichi buyruq nihoyasida beriladi. Bu parametrning yordami shundan iboratki, ma’lumotlar bilan kompyuter ekrani to’lgandan keyin navbatdagi ma’lumotlar ekranga chiqmaydi. Foydalanuvchi navbatdagi ma’lumotlarni ko’rish uchun ixtiyoriy tugmachani bosadi. YW-maxsus ko’rsatkich yordamida DIR buyrug’i faqat fayllarning turi va nomini beradi xolos, bunda ma’lumotlar ustun ko’rinishda emas balki qator ko’rinishida bo’ladi.
4.2.2.Katalog yaratish
MD(MAKE DIRECTORY) buyrug’i. YAngi katalogai tashkil qilish uchun MD buyrug’i qo’llaniladi.
Buyruq formati:
MD [disk yurituvchi:] [yo’l\] katalog nomi
Masalan: C:\WORK>MD BAS—buyrug’i bajarilishi natijasida Work katalogi ichida Bas katalogi tashkil qilinadi.
4.2.3. Katalogni o’chirish
RD (Remove Directory) buyrug’i. Bo’sh katalogai o’chirish uchun RD buyrug’i qo’llaniladi. Buyruq formati: RD [ disk yurituvchi:] [yo’l\] katalog nomi
Masalan, C:\WORK>RD BAS buyrug’i BAS nomli (faqat bo’sh) katalogni o’chiradi.
4.2.4. Katalogga kirish
CD (Change Directory) buyrug’i. Katalogga kirish uchun CD
buyrug’i qo’llaniladi. Buyruq formati: CD [disk yurituvchi:] [yo’l\] katalog nomi
Masalan, quyidagi buyruq mos holda
C:\>CD DOS —DOS katalogiga kirish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |