4.2.5. Fayl yoki katalog nusxasini olish
COPY buyrug’i. Fayllar yoki kataloglar nusxasini olish uchun COPY buyrug’i qo’llaniladi.
Masalan:
A:\>COPY *.* C: — buyrug’i A diskdagi barcha fayllarni C diskka nusxalash uchun;
C:\>COPY PAPERS A: — buyrug’i PAPERS katalogini S diskdan A diskka nusxalash uchun qo’llanilgan;
COPY buyrug’idan bir nechta fayllarni birlashtirish va natijada yangi bitta fayl tashkil qilish uchun ham foydalanish mumkin, u holda birlashtiruvchi fayllar orasiga "+" belgi qo’yiladi. Masalan, copy A1+A2+A3 A4 — buyrug’i Al, A2 va A3 fayllarni birlashtirib, yangi A4 faylini tashkil etadi.
4.2.6. Faylni qayta nomlash
REN (Rename) buyrug’i. Fayllarni qayta nomlash uchun REN buyrug’i qo’llaniladi. Buyruq formati: Ren 1-fayl nomi 2-fayl nomi
Bunday vaqtda dastlab faylning eski nomi, so’ngra esa yangi nomi beriladi. Masalan,
C:\>WORK>REN NTI.TXT NTI.DOC buyrug’i NTI.TXT fayliga NTI.DOC yangi nomini beradi.
4.2.7. Faylni o’chirish
DEL (Delete) buyrug’i. Fayllarni o’chirish uchun DEL buyrug’i qo’llaniladi.
Buyruq formati:
Del fayl nomi
Masalan,
C:\>DEL WORK — buyrug’i WORK katalogidagi barcha fayllarni o’chirish uchun;
C:\>DEL NTI.BAS — buyrug’i NTI.BAS faylini o’chirish uchun xizmat qiladi.
4.2.8. O’chirilgan faylni tiklash
QU buyrug’i. Bexosdan o’chirilgan fayl yoki fayllarning eski nusxasini tiklashda QU buyrug’i qo’llaniladi. Masalan,
C:\>QU NTI.DOC— buyrug’i NTI.DOC nomli faylni mazkur katalogda qayta tiklash uchun qo’llaniladi ;
C:\>QU *.TXT — buyrug’i mazkur katalogdagi barcha qo’shimcha .TXT nomli fayllarni qayta tiklash uchun qo’llaniladi, bu holda barcha fayllar nomining bosh harflari so’raladi.
Bexosdan o’chirilgan faylni qayta tiklashda ekranda quyidagi savol paydo bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |