Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O
Download 1.28 Mb.
|
Xolmatov T.X Informatika darslik
4.2.22 Fayllarni arxivlash
Fayllar nusxasini kichik hajmda saklab qolish arxivlash deb tushuniladi. Arxivlangan fayl mundarijaga ega bo’lib, bunda quyidagi ma’lumotlar yoziladi. faylning nomi; fayl joylashgan katalog; faylning oxirgi vaqti va sanasi; faylning hajmi (diskda va arxivda); faylning tsiklik kodi. Fayllarni arxivlash uchun maxsus arxivlovchi dasturlardan foydalaniladi. Hozirgi paytda keng tarqalgan arxivlovchi dasturlar quyidagilar hisoblanadi: ARJ, ZIP, LHA, RAR, UC2, ACE va hokazo. Buyerda biz arj dasturini ko’rib chiqamiz. arj dasturi tuzgan arxivlangan faylning qo’shimcha nomi arj. Arxivlash uchun beriladigan buyruqning umumiy ko’rinishi: arj buyruq options arxiv fayl nomi [katalog\] [fayllarning nomi] Buyerda: buyruq-bajariladigan ishning mazmunini aniklaydi va harf bilan belgilanadi. Masalan a-fayllarni arxivga joylaydi,ye-fayllarni arxivdan tiklaydi. options-qo’shimcha imkoniyatlar, « » yoki «/» belgi bilan boshlanadi; arxiv fayl nomi-arxivlangan faylning nomi; katalog-arxivlash uchun joylashgan katalogning nomi; fayllarning nomi - arxivlash kerak bo’lgan fayllarning nomi. arj dasturini ishlatish bo’yicha misollar: arj a test-test.arj fayliga joriy katalogdagi barcha fayllarni arxivlaydi; arj a doc *.doc a:\ *.doc -doc.arj fayliga joriy katalogdagi va A diskdagi .doc kengaytmali barcha fayllarni arxivlaydi. arj e archive, arj— archive.arj faylidan hamma fayllarni joriy katalogga tiklaydi. Nazarot uchun savol va mashqlar ? 1. MS DOS OT qaysi firma tokonidan yaratilgan? Fayllarni nusxalash uchun MS DOS OT da qanday buyruq qo’llaniladi? Katalog mundarijasini ko’rish uchun MS DOS OT ning qanday buyrug’i mavjud? MS DOS OT da yangi katalog qanday tashkil etiladi? MS DOS OT da fayl nomini o’zgartirish uchun qanday buyruq qo’llaniladi? Faylni o’chirish uchun MS DOS OTning qanday buyrug’i mavjud? "STUDENT" nomli katalog tashkil eting. Katalog ichida "Tarjimai hol", "Anketa ma’lumotlari" aks etgan ikkita matnli fayl tashkil eting. 8. Bir nechta ma’lumotli fayllar tashkil eting va ularni birlashtiring. 9. Kompyuterda joriy vaqtni o’zgartiring. 10. YAngi fayl tashkil eting, uning nomini o’zgartiring hamda diskdan uni o’chiring. ■11. Disketni formatlash jarayonini mustaqil bajaring. ! Berilgan mashqlarni bevosita kompyuterda bajaring va ularga batafsil javob yozing: operatsion tizim nima; MS DOS OT bilan muloqat; kirillcha shriftdan lotincha shriftga o’tish va aksincha; yangi fayl yaratish; faylni o’chirish; faylni qayta nomlash; fayl nusxasini olish; bir nechta faylni birlashtirish; faylni katalogga joylashtirish; diskdan faylni qidirish; fayl mazmunini ekranga chiqarish; fayl matnini chop qilish; bexosdan o’chirilgan faylni tiklash; katalog yaratish; katalogga kirish; katalogdan chiqish; katalog nusxasini olish; . katalogni qayta nomlash; katalogni o’chirish; kompyuter ekranini ma’lumotdan tozalash; diskni formatlash; — joriy kun, oy va yil haqida ma’lumot olish va uni kompyuterga o’rnatish; joriy vaqt (soat, minut, sekund) haqida ma’lumot olish va uni kompyuterga o’rnatish; joriy diskni almashtirish; disketni o’qish holatini tekshirish; disket nusxasini olish; MS DOS taklifnomasi ko’rinishini o’zgartirish; operatsion tizim versiyasi haqida ma’lumot odish va hokazo. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling