Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O


Download 1.28 Mb.
bet31/70
Sana07.01.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1082690
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70
Bog'liq
Xolmatov T.X Informatika darslik

6.4. Windows operatsion tizimini ishga tushirish va undan chitsish

Hozirgi zamonaviy kompyuterlar yuklanishi bilan Windows operatsion tizimi avtomatik ravishda ishga tushadi. Ishga tushayotgan vaqtda dastlab osmon tasviri, keyinchalik Windows OT belgisi hisoblangan deraza va undan so’ng agar parol kiritilgan bo’lsa, uni kiritish uchun mo’ljallangan oyna paydo bo’ladi. Parol kiritilib, [Enter] tugmachasi bosiladi. Natijada ekranda Windows OTning bosh oynasi paydo bo’ladi va u Windows OT ishchi stoli deb yuritiladi.


Windows OT dan chiqish uchun Pusk tugmachasining Zavershenie rabotg bandiga kirib, undan kompyuterni o’chirish bandi tanlanadi. Bunda yana kompyuterni qaytadan ishga tushirish, MS DOS OT rejimida ishga tushirish yoki kompyuter ishini vaqtincha to’xtatish kabi ishlarni bajarish mumkin. [Alt]—>[F4] tugmachalarini birgalikda bosib ham Windows OT dan chiqish mumkin, bunda chiqish haqidagi kompyuter so’roviga "OK" ni "sichqoncha" ko’rsatkichi orqali tanlab javob berish kerak bo’ladi.


6.5. Windows OT ishchi stoli

Windows OT ishga tushgandan so’ng ekranning chap quyi qismida Pusk tugmachasi, yuqori qismida ishchi stoli (desktop), ekranning quyi qatorida uzun bitta satr-topshirikdar jadvali paydo bo’ladi. Ishchi stol Windows OT ning fundamental tushunchasi hisoblanadi. Ishchi stolida tizim va amaliy dasturlarga mos keluvchi yorlikdarning turli ko’rinishlari hosil bo’ladi. Ishchi stolda kamida 6 tayerliklar mavjud bo’lib, ular "Moy kompyuter", "Moi dokumenti", "Korzina", "Portfel", "Setevoe okrujenie", "Soedinenie s internetom" va hokazolardan iborat.


Ishchi stolining chap yuqori burchagida Moy kompyuter(Mu Computer) yorlig’i joylashgan. Moy kompyuterdisklar bilan ishlash, disklarni tanlash, ularning mundarijasini ko’rish, operativ xotira haqida ma’lumot olish, fayl va kataloglar bilan ishlash, kompyuter va tashqi qurilmalarni sozlash kabi vazifalarni bajarishda qo’llaniladi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling