Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O


Download 1.28 Mb.
bet34/70
Sana07.01.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1082690
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70
Bog'liq
Xolmatov T.X Informatika darslik

6.8. "Sichtsoncha"ning ishlatilishi


"Sichqoncha"-bu kompyuterni ekrandan boshqaruvchi qurilma bo’lib hisoblanadi. Windows muhitida "sichqoncha"siz ishlash birmuncha noqulayliklar tuvdiradi, chunki foydalanuvchi har bir buyruqni bajarish uchun qaysi tugmachalar majmuasi ishlatilishini yoddan bilishi talab qilinadi. SHuning uchun hozirgi paytda Windows muhitida ishlayotganda "sichqoncha" asosiy kurilma bo’lib hisoblanadi. "Sichqoncha"ning chap tugmachasi kiritilgan buyruqni bajarishi va oyna tugmachalarini bosish uchun xizmat qiladi. "Sichqoncha"ning o’ng tugmachasi esa oyna va tugmachalarning parametrlarini o’zgartirish, ularni sozlash uchun xizmat qiladi.


6.9. Disketni formatlash

Disketlarni birinchi marta ishlatishdan oldin u bilan operatsion tizim uchun muloqatga imkoniyat yaratilishi lozim. Buning uchun disketni formatlash kerak bo’ladi.


Disketni formatlashdan asosiy maqsad:

— disketni tozalash va uning yaroqsiz qismlarini belgilash;
— vinchesterni ishlatishga tayyorlash.
W indows OT da A: disketni formatlash uchun uning ishchi stolidagi Moy kompyuter yorlig’iga kiriladi va yuqoridagi belgida sichqonchaning o’ng tugmachasi bosiladi. Ekranda paydo bo’lgan buyruqlar to’plamidan Formatirovat buyrug’i tanlanadi va muloqat oynasidan formatlash o’lchami (1.44 MB(3,5) yoki 720 KB(3,5)) va usuli tanlanadi hamda Nachat tugmachasi bosiladi.
Disketni formatlashda tezlikda(disk mundarijasini tozalash) yoki to’liq (buzilgan sektorlarni sozlaydi) formatlash usullaridan birini tanlash mumkin.


6.10. Windows Commander dacmypuda ishlash

Keyingi yillarda Peter Norton Computing tomonidan yaratilgan Norton Commander (NC) qobiq dasturi o’rnida Windows Commander dasturi ommaviy ravishda keng miqyosda qo’llanila boshladi. CHunki bu dastur yordamida Windows muhitida foydalanuvchilar osonlikcha fayl va kataloglar yaratish, qayta nomlash, nusxa olish, o’chirish kabi bir qator ishlarni tez bajara oladilar.


Umuman olganda Windows Commander dasturi yordamida:
fayl yoki katalog yaratish, qayta nomlash, ko’chirish va o’chirish;

  • diskdagi katalog mundarijasini yatstsol ko’rish;

  • diskdagi katalog daraxtini ko’rish, kerakli kataloglarga o’tish;

  • katalog yaratish, tsayta nomlash, ko’chirish va o’chirshi;

  • fayllarni arxivlash va arxivdan chitsarish;

  • fayl va kataloglarni yaratilgan sanasi, alifbo buyicha, kengaytmasi bo’yicha saralash;.

  • matnli yoki arxivlangan fayllarni ko’rish;

matnli va grafikli fayllarni tahrir tsilish, diskka yozish;
ma’lumotlar bazasi va elektron jadvallar bilan ishlash;
tugmachalar majmuasi yordamida NC dasturidagi kabi bir qator ishlarni bajarish mumkin.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling