10.5. Prezentatsiya va slaydlar tashkil etishda amallar bajarish
Power Point da yaratiladigan prezentatsiya va slaydlar ustida turli amallar bajarish mumkin. Masalan, yangi prezentatsiya va slaydlar tashkil etish, Power RotSHagi mavjud faylni ochish, tahrirlash, to’ldirish, xotirada saklash, ma’lum bir qismini o’chirish, diagramma, rasm va grafiklar qo’yish, MS Office dastur-lardan hujjatlar olib kelish va hokazo.
10.5.1. Mavjud faylni ochish
Uskunalar majmuasidan ochish tugmachasini bosing.
Fayl joylashgan diskdan papkani oching va kerakli fayl ustiga ko’rsatkichni keltirib, "sichqoncha" tugmachasini bosing.
Mavjud faylni ochishning ikkinchi uslubi «Fayl» bo’limidan «Otkr1t» buyrug’i beriladi, so’ngra disk, papka va fayllar ro’yxatidan kerakli fayl tanlanadi.
10.5.2. Faylni xotirada satslash
1. Papkalar ro’yxatidan fayl saklanayotgan disk va papkani tanlang, uni oching.
2. Uskunalar majmuasidagi (xotirada saqlash) tugmachasini bosing.
Kompyuter so’roviga faylga nom bering.
Soxranit tugmachasi ustiga "sichqoncha" ko’rsatkichini olib kelib, uning chap tugmachasini bosing.
10.5.3. Faylni nusxalash
Uskunalar majmuasidagi (ochish) tugmachasini bosing.
Fayl joylashgan diskdan papkani oching va faylni tanlang. Agar ro’yxatdan fayl topilmasa, qidiruv vositasidan foydalaning.
3. Ko’rsatkichni nusxa olinayotgan fayl ustiga keltirib, sichqoncha ning o’ng tugmachasini bosing.
Papkalar ro’yxatidan fayl ko’chirilayotgan disk va papkani tanlang va uni oching.
Papkalar ro’yxatidan "sichqoncha" o’ng tugmachasini bosing va «Vstavit» buyrug’ini bering.
Bir vaqtda bir nechta faylni nusxalash ham mumkin. Bunday holatda barcha fayllar ketma-ket ko’rsatkich yordamida ajratiladi va yuqoridagi tartibda ish tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |