Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O


-rasm. Microsoft Power Pointni yuklash


Download 1.28 Mb.
bet64/70
Sana07.01.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1082690
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70
Bog'liq
Xolmatov T.X Informatika darslik

1-rasm. Microsoft Power Pointni yuklash

2-rasm. Microsoft Power Point ish stoli
Natijada, kompyuter ekranida dastlab, MS Power Point zarvarag’i, so’ngra Power Point ish stoli paydo bo’ladi(2-rasm).
Power Point ish stolining yuqori qatorida dastlab, sarlavha satri (birinchi qator), so’ngra menyu satri (ikkinchi qator), uskunalar majmuasi (3,4,5 va hokazo qatorlar) joylashgan(3-rasm).

3-rasm. Microsoft Power Point uskunalar majmuasi.
Boshqa Office dasturlaridagi kabi, uskunalar majmuasida Power Point menyu buyrukdarining deyarli barchasiga mos hamda yana bir qancha amallarni bajarishga mo’ljallangan maxsus jihozlar joylashgan. Mazkur jihozlar ustidagi belgilar ularni bajarishi mumkin bo’lgan amallarni ko’rsatib turadi. Biz ularning ayrimlari xususida to’xtalib o’tamiz:

  • yangi slaydlar tashkil etish;

  • faylni ochish;

  • faylni xotirada sakdash;

  • natijani chop etish qurilmasi a chiqarish;

  • faylni sahifalar bo’yicha ko’zdan kechirish;

  • imlo xatolarni aniqlash;

  • biror qismini qirqib olish;

  • ajratilgan qismni nusxalash;

  • ajratib olingan qismni o’rniga qo’yish;

  • oldingi holatga qaytish;

  • keyingi holatga o’tish;

  • shriftni tanlash;

  • 100% — sahifani ekranda ko’rish, masshtabini tanlash;

  • sahifani formatlash;

  • shakllar bilan ishlash va hokazo.

Uskunalar panelida, yangi jihozlar kiritish yoki keraksizini olib tashlash uchun, "sichqoncha" ko’rsatkichi uskunalar joylashgan qatorga keltiriladi va "sichqoncha" o’ng tugmachasi bosiladi, natijada ekranda to’rt burchakli ma’lumotli soha paydo bo’ladi. Siz uning yordamida funktsional tavsifli yangi jihozlar o’rnatishingiz yoki keraksizini olib tashlashingiz mumkin.
Dasturdan chiqish uchun [Alt]—>[F4] tugmachalari birgalikda bosiladi yoki «Fayl» bo’limiga kirib, «Vixod» buyrug’i beriladi. Ish stoli oynasini yopish uchun ko’rsatkichni ekranning yuqori o’ng qismi ustida joylashgan [x] belgi ustiga keltirib, "sichqoncha" chap tugmachasi bosiladi.
Dasturdan chiqishda yoki oynani yopishda hujjatga ayrim o’zgartirishlar kiritilgan bo’lib, u xotirada saklanmagan bo’lsa, ekranda hujjatdagi o’zgarishni saklash lozimligi yoki yo’kdigi haqida so’rov chiqadi. Foydalanuvchi o’zgarishlarni saklash uchun tegishli javobni («Da» — saklash uchun, «Net» — saklamaslik uchun, «Otmena» — ishni davom etirish uchun) beradi.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling