Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O


Download 1.28 Mb.
bet61/70
Sana07.01.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1082690
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70
Bog'liq
Xolmatov T.X Informatika darslik

"Formatirovanie" uskunalar majmuasida quyidagi tugmachalar joylashgan:
— shriftlarni va uning o’lchamlarini tanlash (jirniy, kursiv va podchyorknutiy);

  • matnli ma’lumotlarni tartiblash;

  • yacheykadagi sonli ma’lumotlar foizini hisoblash;

  • sonlarning anikligini oshirish yoki kamaytirish va hokazo. Excel elektron jadvalida ma’lumotlarni qayta ishlashni quyidagi misollarda karab o’tamiz.

1-misol. Talabalarning oylik stipendiyasini hisoblash to’g’risida ma’lumotli jadval tayyorlash.
Dastlab, Excel dasturi ishga tushiriladi va ekranda paydo bo’lgan jadvalga ma’lumotlar kiritiladi.



Jadvalning ma’lum bir yacheykalari oldindan berilgan ma’lumotlar bilan to’ldiriladi, qolgan yacheykalari esa shu ma’lumotlar ustida amallar bajarish natijasida to’ldiriladi. Berilgan ma’lumotlar jadvalga klaviatura tugmachalari orqali kiritiladi va diskda ixtiyoriy nom bilan sakdanadi. Jadvaldagi sonli ma’lumotlar ustida hisoblashlar bajarish kerak bo’lsa, formulalar yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun Excel ning matematik va statistik funktsiyalaridan foydalaniladi.


YAcheykaga formula kiritilgandan keyin [Enter] tugmachasi bosiladi va hisoblashlar bajariladi. Natijada ekranda quyidagi yakuniy jadval hosil bo’ladi.



2-misol. Tashkilot xodimlarining 2000-2003 yillarda sarf qilingan xizmat safari xarajatlarini hisoblash jadvali tuzilsin.

Jadval oldindan ma’lum bo’lgan ma’lumotlar bilan to’ldiriladi.


Tashkilot xodimlarining 2000-2003 yillarda sarf qilingan xizmat safari xarajatlarini hisoblaymiz va quyidagi yakuniy jadvalni hosil qilamiz.



Ba’zan tuzilgan jadvaldagi ma’lumotlarni diagramma asosida tasvirlash va tahlil qilishga to’g’ri keladi(yuqoridagi jadvalga qarang). Diagrammalar jadvaldagi sonli ma’lumotlar asosida tuziladi va u quyidagi tartibda hosil qilinadi: dastlab diagramma hosil qilish uchun jadvalning qaysi yacheykalaridan sonlarni olish belgilanadi. Keyin uskunalar majmuasidan diagramma hosil qilish belgisi tanlanadi va ekranda diagrammalar turi paydo bo’ladi. So’ngra diagramma turi tanlanadi va Gotovo tugmachasi bosiladi. Natijada ekranda tanlangan diagramma hosil qilinadi. Umuman olganda, tuzilgan jadval asosida diagramma hosil qilish uchun diagrammaning turini tanlash va buning uchun qaysi yacheykalardan sonlarni olish muhim ahamiyatta ega. Masalan, tashkilot xizmat safarlari xarajatlari asosida tuzilgan jadval asosida diagramma hosil qilish uchun har bir bo’limning 2000-2003 yillarda o’rtacha qancha xarajat sarf qilinganligini doiraviy diagrammada tasvirlash maqsadga muvofiq. Har bir bo’limning 2000-2003 yillar davomida(har bir yilda) qancha xarajat sarf qilganligini ustunli diagrammada tasvirlash va uni tahlil qilish qulaylik tug’diradi. Diagrammadagi ma’lumotlarni tahlil qilish uchun unga sarlavha va tushintirishlar yoziladi.





Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling